Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.86K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Kasblar_tanlovi
#Qandolatchilik

23-may kuni Ohangaron shahrida qandolatchilik tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

📣 Murosasiz kechgan musobaqada 1-o'rinni 1-sektor Yoshlik mahallasidan Risqulova Hafizaxon egalladi va hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Hakamlar hay'atini mushkul vaziyatga solgan jarayondan Hafizaxon o'z bilimdonligi va pazandaligi bilan yuqori balni qo'lga kiritdi.

Viloyat bosqichida hamshahrimizga omad tilaymiz
!

@ohangaronshahar
#ta’lim

"Men O'zbekistonning baxtli bolasiman''

Ohangaron shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4-sinflar ishtirokida "Men O'zbekistonning baxtli bolasiman'' shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.

✳️ Bayram tadbirida o'quvchilar tomonidan ustoz, ona vatanni madh etuvchi she'r, kuy va qo'shiqlar ijro etildi.

❇️ Sinf rahbarlari X. Mirzafarova hamda D. Turg'unovalar kechagina maktabga qadam qo'ygan ziyrak, aqlli, o'ktam o'quvchilarini bugun boshlang'ich ta'limni tugatganligi bilan tabriklab, ular bilan xayrlashar ekanlar, cheksiz olqish ila ularga oydin yo`l tiladilar.

Tadbir yakunida maktab rahbari F.Mashkurova tomonidan boshlang'ich sinfni a'lo baholarga bitirgan hamda namunali xulqi bilan o'rnak bo'ladigan o'quvchilarga Maqtov yorliqlari topshirildi

Yulduz Xalkuziyeva

@ohangaronshahar
#jarayon


Respublikamizning turli hududlarida bo‘lgani kabi shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida ham "Ilmga intiling, ilmni qadrlang" shiori ostida ma’rifat soatlari bo‘lib o‘tmoqda.


📣 Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizdagi 3-umumta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchilarni sana munosabati bilan muborakbod etdi.

Shuningdek, shahar rahbari ta’lim dargohida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tajribali ustoz-muallimlarga tashakkurnomalar, a’lochi va bilimdon bitiruvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etdi.


@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumta'lim maktabida  “Ilmni qadrlang, ilmga intiling”  shiori ostida  “So'ngi  qo'ng'iroq” tadbiri o'tkazildi.

📣 Tadbirga Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari Karimov Zufar Alimjonovich, Ohangaron shahar hokimligi bosh mutaxassisi Oloviddin Imonov, Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mahmudov Farruxbeklar kelishdi.

Tadbirni Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari Karimov Zufar  Alimjonovich ochib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining bitiruvchilarga  yo‘llagan  tabriklarini  o‘qib  eshittirdi.


💥Maktab direktori N.M.Boymirzayeva o'quvchilarni yil davomida erishgan yutuqlari bilan tabriklab, faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirladi. 

Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar so'zga chiqib, maktab ma'muriyatiga hamda ustozlarga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

@Ohangaronim_hayoti
#jarayon

Shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizdagi "BAZAAR WHOLESALE" MCHJda  bo‘lib,  u yerda korxona xodimlari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali kambag‘allikka barham berish xususida suhbatlashdi.

Shuningdek,  hunarmandlik, tadbirkorlikni  rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator tavsiyalarini berib o‘tgan shahar rahbari quyosh panellarining afzalliklari xususida to‘xtaldi.

Endilikda xonadoniga quyosh paneli o‘rnatish istagidagi fuqarolarga hokimlik mutasaddilari ko‘mak berishini ma’lum qildi.

@ohangaronshahar