Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
40.9K photos
2.67K videos
69 files
9.3K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi  "Kasblar tanlovi" doirasidagi erkaklar sartaroshligi musobaqasining Ohangaron shahar bosqichi
19-may
kuni boʻlib oʻtdi.
Unda sektor bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar ishtirok etishib,
1-o‘rinni Vatan  MFYdan Samatov Xolmurod,
2-o‘rinni Bo'ston MFYdan Yo'ldoshev Tohir,
3-o‘rinni  Orzu MFYdan  Tolipov Shahzod qo‘lga kiritishdi.

Musobaqalar yakkalik tarzda (18-30 yosh toifasida) o’tkazildi.

@ohangaronshahar
GULISTON MFYDAN FAROG'AT VILOYAT BOSQICHIGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITDI.

⚡️ Besh tashabbus olimpiadasining "Kasblar tanlovi" doirasida Ohangaron shahrida "tikuvchilik" tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkazilgan tanlov qizg'in tarzda o'tdi.

Tanlov natijalariga ko'ra:

Guliston MFY yoshi Sharopova Farog'at mutloq g'olib deb topildi va viloyat bosqichiga Ohangaron shanini himoya qilish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
2-o'rinni Iloq mfydan Mamataliyeva Sarvinoz
3-o'rinni Xonobod mfydan Saidkarimova Munisxon egallashdi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov "No‘g‘oyqo‘rg‘on" MFY fuqarolari bilan uchrashdi.


📣 Uchrashuvda shahar hokimi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash dolzarb masala ekanini mahalla ahliga tushuntirib, tomorqachilik, hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish zarurligi xususida ta’kidladi.


"No‘g‘oyqo‘rg‘on" MFY fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan shahar rahbariga yuzlandi. Shuningdek, mahalla ahlini qiynayotgan muammolar tinglanib, tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.


📘 Yig‘ilish so‘ngida xonadonlarga quyosh paneli o‘rnatish, bu orqali elektr energiyasini tejash zarurligi aytilib, yashash manziliga quyosh panelini o‘rnatish istagidagi shaxslarga bir qator imtiyozlar berilayotgani haqida so‘z yuritildi.

@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar "Birlik" MFY binosida mahalla raisi saylovi o‘tkazildi.

Saylovda Ohangaron shahar hokimining jamoat ishlari bo‘yicha maslaxatchisi Botirxon Munavarov, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Shavkat Kamilov va 21-Birlik saylovi okrug deputati Jamshid Uzoqovlar ishtirok etdi.

📣 Mahalla faollari tomonidan ko‘pchilik ovoz olgan Jasur Yo‘ldoshev mahalla raisi etib saylandi.

Mahalla raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslaxatchisi "Keksalar maslaxat" guruxi raisi vazifasiga Akbarova Kimoxon opa tayinlandi.

@ohangaronshahar