Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
41.7K photos
2.69K videos
69 files
9.49K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi #Besh_tashabbus_olimpiadasi

🖐Bugun 8-may kuni Ohangaron shahridagi 3-maktabda  Yoshlar ishlari agentligi va Ohangaron shahar sport maktabi bilan birgalikda Besh   tashabbus olimpiadasi doirasida sportning Stritbol turi bo'yicha musobaqaning shahar bosqichi  boʻlib oʻtdi.

⛹‍♀Musobaqalar jamoaviy tarzda ( 16-21; 22-26; 27-30 yosh toifasida) erkaklar va ayollar o'rtasida o’tkazildi.
G'olib bo'lgan yoshlarimiz Yoshlar ishlari agentligi tomonida esdalik sovg'a va diplomlar bilan taqdirlandilar.

😎Viloyat bosqichida shahrimiz sha'nini munosib himoya qiladigan g'oliblar aniqlandi.
Shahrimiz yoshlariga viloyat bosqichida omad tilab qolamiz!
#xotira
#qadr


Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida,  shahar faollari, nuroniylar,  korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida qutlugʻ sana munosabati bilan  shahrimizdagi motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.


Shahar hokimi Akrom Joʻrayevich soʻzga chiqib, jasoratli ota-bobolarimiz haqida soʻzlab, barchani xotira va qadrlash kuni  bilan muborakbod etdi, yigʻilganlar  oʻtganlarning pok ruhlari uchun bir muddat sukut saqlashdi.

Xotira xiyoboni guldastalar bilan bezatildi.


@ohangaronshahar
#shukuh


Shahrimiz faoli, 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni sohibi Abdusattarov Toxir Oripovich viloyatimizda xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirda shahrimiz nuroniylari nomidan  ishtirok etdi.

@ohangaronshahar