Оhangaron shahar hokimligi
11.5K subscribers
44.2K photos
2.83K videos
70 files
9.97K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#sayyor_qabul


Bugun shahrimizdagi 2-sektor binosida viloyat Prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida  sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

📘 Qabulda viloyat Prokurori oʻrinbosari Nortoji Halilov,  shahar hokimi Akrom Eshonqulov, sektor rahbarlari va mutasaddilar hudud fuqarolari bilan suhbatlashishdi.


📌 Ochiq muloqot jarayonida ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar oʻz muammolarining yechimi yuzasidan masʼullarga yuzlanishdi.

Xususan, murojaatchilardagi bir qancha muammolar oʻz joyida bartaraf etildi.


@ohangaronshahar
👎12👍5🤔1😱1
#Natija

"Tashabbusli byudjet" loyihasida Ohangaron shahri fuqarolari ham faol qatnashdi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra quyidagi 7 ta loyiha g‘olib topildi:

1. "Do'stlik" MFY hududidagi 3-umumta'lim maktabining deraza va romlarini shuningdek eshiklarini yangilash, oshxona, sport zali, faollar zali, murabbiylar xonasi, kiyinish xonasi va foyelarning tom qismini tunika profnastil bilan yopish.
Ovoz: 3554 ta
Mablag': 1 mird. 200 mln. so'm
📍Manzil

2. "Xonobod" MFY hududidagi 2-IDUMda zamonaviy sun'iy qoplamali,tungi 40 dona yoritish tizimiga ega, balandligi 7 metr bo'lgan sim to‘sig'i bilan o'ralgan, atrofida 300 metrli yugurish maydonchasiga ega futbol maydoni, basketbol maydoni va voleybol maydonlari bunyod etish.
Ovoz: 3239 ta
Mablag': 700 mln. so'm
📍
Manzil

3. "Vatan" MFY hududidagi 5-umumta"lim maktabining qozonxonasi va issiqlik tizimini yangilash.
Ovoz: 3089 ta
Mablag': 800 mln. so'm
📍
Manzil

4. "Adolat" MFY hududidagi 1-umumta'lim maktabiga 55 ta kuzatuv kameralari, 2 ta 55 diagonalli monitor, kabellar, 1 oylik xotirasi bilan ornatish, maktab hududi radiouzel bilan to'liq ta'minlanishi, 3ta interaktiv doska, 3ta personal kopyuterlar, 15 ta kichik elektro shitlarni yangilash, 1 ta proyektor, 1 ta printer, 1 ta pereplyot bilan ta'minlash.
Ovoz: 3048 ta
Mablag': 500 mln. so'm
📍
Manzil

5. "Do'stlik" MFY hududidagi 3-umuta'lim maktabini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
Ovoz: 3011 ta
Mablag': 1 mlrd. 200 mln. so'm
📍
Manzil

6. "Namuna" MFY hududidagi sport maktabining barcha sport turlarini rivojlantirish uchun kerak bo'lgan sport jixozlari va anjomlari to'la ta'minlash.
Ovoz: 2556 ta
Mablag': 490 mln. so‘m
📍
Manzil

7. "Baxt" MFY hududidagi Kasb xunar maktabining 3-qavatida joylashgan sport zalida qatshuvchi oʻquvchilar uchun sport kiyimlari olish.
Ovoz: 2083 ta
Mablag': 240 mln. so'm
📍
Manzil

Kanalga ulashing
@ohangaronshahar
👍24👎10🤔1
#tayinlov


Hamrayev Abduhakim Ibragimqulovich 2023-yilning 14-aprel sanasidan Ohangaron shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimiga  tayinlandi.


Tayinlovga qadar Ohangaron shahar Maktabgacha taʼlim  boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi!


@ohangaronshahar
👏33👍10👎8
#tabriklaymiz

Bugun Ohangaron shahar hokimligining jonkuyar xodimi, iqtidorli fotosuratchi Azamat Ermetovning tavallud kuni.

Shu munosabat bilan unga sogʻlik-salomatlik, uzoq umr, faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

@ohangaronshahar
👍36👎1🤗1
🟥🟥🟥

⚡️“Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga 17-apreldan start berildi

🔆Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

📆 Loyiha doirasida taklif kiritish jarayoni joriy yilning 27-aprel sanasiga qadar davom etadi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jaroyonlari 28-apreldan 7-may kuniga qadar o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #mening_yolim

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️🛣"Mening yo‘lim" loyihasiga taklif kiritishga oid video qo‘llanma

➡️Buning uchun Siz "Ochiq budjet" axborot portalida ro‘yxatdan o‘tib, "Mening yo‘lim" loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun takliflaringizni kiritishingiz mumkin.

Loyihada faol qatnashib, tumaningiz (shahringiz), mahallangiz yo‘llarining ravon bo'lishiga hissa qo'shing!

📆Eslatib o'tamiz, "Mening yo'lim" loyihasi doirasida takliflar kiritish jarayoni 2023-yilning 27-apreliga qadar davom etadi.

#ochiq_budjet #mening_yolim 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍3
#эълон

ҲАМШАҲАРЛАР ДИҚҚАТИГА

📣Тошкент вилояти ҳокимининг топшириғига биноан, жорий йилнинг 18 апрель санасидан ҳар куни соат 17:00 дан 21:00 гача шаҳар ҳокими Акром Эшонқулов  фуқароларимизни қабул қилади.


Белгиланган вақт давомида шаҳар фуқаролари ечими кечикаётган муаммолари юзасидан шаҳар ҳокимлиги биносига келиб, шаҳар ҳокими Акром Эшонқуловга  мурожаат қилишлари мумкин!

*
#eʼlon

HAMSHAHARLAR DIQQATIGA

📣
Toshkent viloyati hokimining topshirigʻiga binoan, joriy yilning 18-aprel sanasidan har kuni soat 17:00 dan 21:00 gacha shahar hokimi Akrom Eshonqulov  fuqarolarimizni qabul qiladi.


Belgilangan vaqt davomida shahar fuqarolari yechimi kechikayotgan muammolari yuzasidan shahar hokimligi binosiga kelib, shahar hokimi Akrom Eshonqulovga  murojaat qilishlari mumkin!


@ohangaronshahar
👍13👏2
#jarayon

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida hududiy sektor hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

📣 Yigʻilishda  ijtimoiy masalalar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xususan, “Xalq roziligi -- asosiy maqsadimiz” tamoyili asosida faoliyatida kamchilikka yoʻl qoʻyayotgan ayrim tashkilot rahbarlariga qatʼiy ogohlantirish berildi.

@ohangaronshahar
👍14👎1
#Xorijiy_tillar_tanlovi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorlari asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 3-apreldagi 79-sonli hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 10-apreldagi 33-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahar MMTB tasarrufidagi 2-IDUMda 2023-yil 19-aprel kuni 11-00 da 5 ta maktab (2-5-6-8-9-maktablar) terma jamoalari o 'rtasida Tanlov bo 'lib o'tadi.

G'olib maktablar uchun

🥇-o'rin 100 000 000 so'm
🥈-o'rin 75 000 000 so'm
🥉-o'rin 50 000 000
so'm

pul mukofoti beriladi.

👏👏👏 Siz maktabingiz terma jamoasini quyidagi havola https://t.iss.one/OhangaronShXTB orqali kanalga ulanib, kuzatishingiz mumkin.

@ohangaronshahar
👍6🤗1
#xotin_qizlar_bandigi


Bugun shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida shahrimizdagi “Trend tex”  qoʻshma korxonasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📣 Unda shahrimizda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi, siyosiy jarayondar xususida tushuntirishlar berildi.


📘 Xotin-qizlarga tadbirkorlik, hunarmandchilikni  rivojlantirishlari uchun mas’ullar tomonidan koʻrsatmalar, tushunchalar berildi.


@ohangaronshahar
👍13👏1