Оhangaron shahar hokimligi
3.64K subscribers
39.4K photos
2.53K videos
67 files
8.88K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video_lavha


DXX kubogi musobaqalariga start berildi!


Videolavhani tomosha qiling, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz!

@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video_lavha


💥Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida oʻtgan festivalni videolavha orqali tomosha qiling!


@ohangaronshahar
⚡️⚡️Ohangaron shahrida futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ga start berildi

Butun respublika boʻylab sportning mini futbol va futbol turlaridan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqasining hududiy saralash bosqichiga start berildi.

Bugun Ohangaron shahar 3-sektorga qarashli "Yangilik" va "Orzu" MFY yoshlari o'zaro to'p surdi. Yakunda "Yangilik" MFY yoshlari 8-0 hisobida g'alaba qozondi.

Maʼlumot uchun, mazkur turnir 3 bosqichda oʻtkaziladi:

I bosqich — tuman saralash musobaqalari 2023-yilning aprel-may oylarida;

II bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar boʻyicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida,

III bosqich — respublika boʻyicha final musobaqalari avgust oyida oʻtkaziladi.

https://t.iss.one/Sunnat_Saparaliyev_1222

@ohangaronshahar
#ijtimoiy_e’lon

HURMATLI HAMSHAHARLAR!

⚡️JORIY YILNING 23-APREL KUNI SOAT 18.00 DA MADANIYAT VA ISTIROHAT BOGʻI “AMFITEATRI”DA “YILNING ENG YAXSHI XONANDASI” JALOLIDDIN AHMADALIYEVNING KONSERT DASTURIGA SIZLARNI LUTFAN TAKLIF ETAMIZ❗️

📌CHIPTALAR SOTILMOQDA!!!

NARXI:
100 000 SOʻM (OʻRTA QATOR)
80 000 (YUQORI QATOR)

✔️TASHKILOTLAR UCHUN HAM PUL OʻTKAZISH YOʻLI MAVJUD.

☎️ MUROJAAT UCHUN:
+998936003400


@ohangaronshahar
#diqqat_e’lon

📣 "Toshkent  suv  ta’minoti"  MChJ Ohangaron shahar bo‘limi sizga,

Ohangaron shahar suv ta’minotiga kelib tushgan "Baxt" MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro  murojaatiga asosan,  "Baxt" MFY 3 uy oldidagi D-150 mmli quyma temir  suv quvurini payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash uchun Ohangaron shahar "Baxt" MFY 4 kichik tuman 1A-2 A- 3-4-5-6-5/5A-11-12-13-14 uylar hamda 2-sonli DMMT da 2023 yil 17- aprel  kuni soat 06:00 dan 18 aprel kuni 17:00 gacha  ichimlik suv uzatilishi  to‘xtatilishini ma’lum qiladi!



@ohangaronshahar
#sayyor_qabul


Bugun shahrimizdagi 2-sektor binosida viloyat Prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida  sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

📘 Qabulda viloyat Prokurori oʻrinbosari Nortoji Halilov,  shahar hokimi Akrom Eshonqulov, sektor rahbarlari va mutasaddilar hudud fuqarolari bilan suhbatlashishdi.


📌 Ochiq muloqot jarayonida ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar oʻz muammolarining yechimi yuzasidan masʼullarga yuzlanishdi.

Xususan, murojaatchilardagi bir qancha muammolar oʻz joyida bartaraf etildi.


@ohangaronshahar
#Natija

"Tashabbusli byudjet" loyihasida Ohangaron shahri fuqarolari ham faol qatnashdi. Ovoz berish natijasiga ko‘ra quyidagi 7 ta loyiha g‘olib topildi:

1. "Do'stlik" MFY hududidagi 3-umumta'lim maktabining deraza va romlarini shuningdek eshiklarini yangilash, oshxona, sport zali, faollar zali, murabbiylar xonasi, kiyinish xonasi va foyelarning tom qismini tunika profnastil bilan yopish.
Ovoz: 3554 ta
Mablag': 1 mird. 200 mln. so'm
📍Manzil

2. "Xonobod" MFY hududidagi 2-IDUMda zamonaviy sun'iy qoplamali,tungi 40 dona yoritish tizimiga ega, balandligi 7 metr bo'lgan sim to‘sig'i bilan o'ralgan, atrofida 300 metrli yugurish maydonchasiga ega futbol maydoni, basketbol maydoni va voleybol maydonlari bunyod etish.
Ovoz: 3239 ta
Mablag': 700 mln. so'm
📍
Manzil

3. "Vatan" MFY hududidagi 5-umumta"lim maktabining qozonxonasi va issiqlik tizimini yangilash.
Ovoz: 3089 ta
Mablag': 800 mln. so'm
📍
Manzil

4. "Adolat" MFY hududidagi 1-umumta'lim maktabiga 55 ta kuzatuv kameralari, 2 ta 55 diagonalli monitor, kabellar, 1 oylik xotirasi bilan ornatish, maktab hududi radiouzel bilan to'liq ta'minlanishi, 3ta interaktiv doska, 3ta personal kopyuterlar, 15 ta kichik elektro shitlarni yangilash, 1 ta proyektor, 1 ta printer, 1 ta pereplyot bilan ta'minlash.
Ovoz: 3048 ta
Mablag': 500 mln. so'm
📍
Manzil

5. "Do'stlik" MFY hududidagi 3-umuta'lim maktabini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.
Ovoz: 3011 ta
Mablag': 1 mlrd. 200 mln. so'm
📍
Manzil

6. "Namuna" MFY hududidagi sport maktabining barcha sport turlarini rivojlantirish uchun kerak bo'lgan sport jixozlari va anjomlari to'la ta'minlash.
Ovoz: 2556 ta
Mablag': 490 mln. so‘m
📍
Manzil

7. "Baxt" MFY hududidagi Kasb xunar maktabining 3-qavatida joylashgan sport zalida qatshuvchi oʻquvchilar uchun sport kiyimlari olish.
Ovoz: 2083 ta
Mablag': 240 mln. so'm
📍
Manzil

Kanalga ulashing
@ohangaronshahar
#tayinlov


Hamrayev Abduhakim Ibragimqulovich 2023-yilning 14-aprel sanasidan Ohangaron shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimiga  tayinlandi.


Tayinlovga qadar Ohangaron shahar Maktabgacha taʼlim  boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi!


@ohangaronshahar