Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 13 mart kuni Surxondaryo viloyatidaga tashrif davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Muborok Ramazon oyi davomida iftorlik tadbirlari Ohangaron shahar mahallalarida o‘tkazish belgilangan.

Shunga muvofiq, ehtiyojmand va kam ta’minlangan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Reja bo‘yicha 28 mart kun 3-sektor hududida joylashgan Yangilik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Malikaning saroyi" to‘yxonasida Ohangaron shahar hokimligi "Mahalla" xayriya jamoat fondi shahar bo‘linmasi tomonidan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan birgalikda  iftorlik o‘tkazildi.

Iftorlikda mahallaning faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollari qatnashdi.
BOSH QOMUSIMIZ-TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

Joriy yil 28-mart kuni Ohangaron shahar 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid yig'ilish tashkil etildi.

Mazkur yig'ilishda maktab rahbari F. A. Mashkurova tomonidan pedagog xodimlarga ,, Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida maruza o'qib eshittirildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishini hamda Referendum, uning huquqiy asosi,o'tkazilish tartibi bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o'tildi.
 
IMMBT: Y. Xalkuziyeva
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2023-yil 13-martdagi 106-sonli qarori

Mazkur qaror ilovasidagi 2019-yil 5-dekabrdagi 971-sonli qarorga kiritilayotgan ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar:

🟢 Mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda “YaMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qatʼi nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir, O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.

🟢 Tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qatʼi nazar, faoliyat yuritayotgan barcha ish beruvchilar (O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno) o‘zlarida ishlayotgan xodimlarining avvalgi ish joyi to‘g‘risida mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlarni “YaMMT” IDAKka kiritishga va 2005-yil 1-yanvargacha mehnat staji to‘g‘risida kiritilgan ushbu maʼlumotlarni mehnat daftarchasidagi yozuvlar asosida ERI bilan tasdiqlab berishga, 2005-yildan keyingi davr uchun mazkur maʼlumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun xodim avval ishlagan ish beruvchilarning “Tashkilot kabineti”ga elektron shaklda so‘rov yuborilishiga masʼuldir.

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 106-son qarori

Kanalga ulanish 💬 Yagona milliy mehnat tizimi | "YaMMT" IDAK

🕊 Telegram gruppa |📱Instagram |📱Facebook ©️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar
#Kitob_taqdimoti
#Uchrashuv

❇️Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yigʻilishining 2022-yil 24-dekabrdagi "Yoshlar turizm haftaligi" doirasida tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi 130-sonli Bayonining 8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida haftalik doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Kitob-tafakkur xazinasi, qalb gavharidir" shiori ostida "Yangi Ohangaron mening shahrim" kitobi mualliflari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, kitob mualliflari Sh.Komilov va Sh.To‘laganovalar kitobning yaratilishi tarixidan to hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlari orqali o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan mutoalaasini va qiziqishlarini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib bordilar va mualliflar tomonidan maktab-internati kutubxonasiga o‘quvchilar uchun mazkur kitoblardan taqdim qildilar.

RMMM Ohangaron shahar boʻlinmasi.
#Besh_tashabbus
#Seminar
Bugun 29.03.2023 kuni Ohangaron shahar Yoshlar markazida Yoshlar yetakchilari va Sport maktabi trenerlari uchun Besh tashabbus olimpiadasining 2023 yil  1-mavsumini mazmunli tashkil etish, besh tashabbus saytidan yoshlarning ro'yhatdan o'tishi va boshqa masalalar bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.
BOSH QOMUSIMIZ-TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

Joriy yilning 29-mart kuni Ohangaron shahar "Yangilik" MFY xodimlari tashabbusi mahalla hududida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid targ'ibot ishlari tashkil etildi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirishlar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishini hamda Referendum, uning huquqiy asosi,o'tkazilish tartibi bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o'tildi.