Forwarded from YOSHLAR TEXNOPARKI | RASMIY KANAL
✨Korxona va tashkilotlar diqqatiga !!!Yoshlar TexnoParki sizlarni hamkorlikka taklif etadi !
O'z hamkasblaringiz va ishchilaringizni bayram bilan tabriklash uchun ajoyib sovg'alar shoshiling !!!
📞 +998990081006
📞 +998559001006
✅ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | You tube

#shukuh
Bahoriy iliqlik, ko‘klam shukuhi shahrimizda kezib yuribdi.
Ayni damda shahrimizdagi “Birlik”MFYda milliy taomimiz sumalak tayyorlanmoqda.
Jarayon mahalla kayvoniylari, yoshlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Bizni kuzating...
https://t.iss.one/ohangaronshahar

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaron shahrida sumalak sayli
Ayni vaqtda shahrimizda ham katta tantana. Xotin-qizlar bayrami arafasida Ohangaron shahrining Oila va xotin-qizlar bo'limi 4-sektor "Qo'rg'on" mahallasidagi Ne'matovlar xonadonida "Sumalak sayli" bo'lib o'tdi.
Bir tomonda osh, bir tomonda ko'k somsa, bir tomonda cho'zma, tandirda issiqqina nonlar ayollarimiz tomonidan dasturxonga tortildi .
Mahallalarning kayvoni onaxonlari duoda, chaqqon kelinlar xizmatda bo'lishdi.
Barcha ko‘nglida ezgu niyatlarini aytib, sumalak kovlaydi. Ohangaron shahar madaniyat uyi o'quvchilari hamda mahallaning qizlari davrani kengroq olib raqsga tushdilar.
Tinchlik, osoyishtalik hukm surgan yurtga mana shunday bayramlar yarashadi.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat
Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...
Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.
Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.
Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.
“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.
2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.
Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov boshchiligida shaharda faoliyat yuritayotgan yirik eksportyor korxonalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korxonalar tomonidan mahsulotlarni eksportga chiqarishda mavjud muammolari tinglandi.
Shuningdek, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari o‘rnatish yuzasidan tushuntirish olib borildi.

#Ohangaron_shahar
#Sumalak_sayli
⚡️Bugun Ohangaron shahar 4-sektor Birlik mfy hududida sumalak sayli bo'lib o'tmoqda.Barchaning kayfiyatida bahor tarovati seziladi.
✨Doshqozonda sumalak, palovxonto'ra osh, ko'k somsa yu, chuchvara,qotirmalar pishirilgan.
✨Milliy kuy-qo'shiq va raqslar, turli sport chiqishlari, turli viktorinalar, ko'rgazmalar namoyish etildi.Tashrif buyurgan mehmon san'atkorlarimiz chiqishlari xalqimizga a'lo kayfiyat ulashdi.Otaxon va onaxonlarimiz qo'llarini duoga ochishdi.