Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#sayohat

Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internet uyida yashovchi otaxon va onaxonlar turizm qishlogʻi “Ovjazsoy" sihatgohida maroqli dam olishib qaytishdi.

❇️Saxovat uyida yashovchi keksalar uchun bunday sayohatlarning tashkil etilishi keksalarning sog‘ligini yanada yaxshilashga ularning vaqtlarini mazmunli tashkil etishga zamin yaratadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ibrat_farzandlari

1-2-sektor yoshlar yetakchilari tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan "Ibrat farzandlari" loyihasi 1-maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida targ‘ib qilinib, tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Bahor kelmoqda...

Tozalik - poklik belgisi.

Poklik bor joyda - baraka bor

Poklik - bu iymondandir.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Targ‘ibot_tadbiri

❇️
Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva, Toshkent viloyati "Oqila-ayollar" harakati guruhi a'zosi Z.Xilvatullayeva, shahar "Oqila ayollar" harakati yetakchisi K.Akbarova va "Vatan" MFY yetakchisi R.Nurmuhammedovlar bilan hamkorlikda shahardagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yangi O'zbekiston-inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida 2023 yil-"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da O'zbekistonda "Inson manfaatlari-hamma narsadan ustun" shiori ostida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlari ta'minlanayotgan Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan barcha islohatlar "Inson qadri uchun" tamoyili asosida yoshlarimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanishlari lozimligi haqida ta'kidlab o‘tildi.

RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi

https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Odob_axloq_qoidalari

⚡️Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyati va ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori umumiy qoidalari

"Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari" asosida turkum roliklar tayyorlandi.

Ulardan davlat xizmatchilari ishtirokidagi ochiq muloqot, seminar, davra suhbatlarida foydalanish mumkin

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Rasmiy

Viloyat hokimi xalq bilan muloqot, aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha “Oqqoʻrgʻon tajribasi”ni qolgan hududlarga keng joriy etishga topshiriq berdi

2022-yil dekabr
oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika Ishchi guruhi viloyatimizning Oqqoʻrgʻon tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish, ijobiy hal etish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan edi.

Xususan, tumanning 29 ta mahallasida olib borilgan “xonadonbay” oʻrganishlar natijasida 2 mingga yaqin murojaatlarga joyida yechim topilgan edi. “Oqqoʻrgʻon tajribasi”ning mohiyati shundayki, vazirlik va idoralar rahbarlari viloyat mutasaddilari bilan birgalikda mahallalarga kirib borishadi. Murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tartib-taomiliga koʻra, har bir masala iyerarxik tartibda koʻrib chiqilishi uchun muayyan vaqt ketadi. Bu yangi tizimda esa ana oʻsha oraliq muddatlar qariyb boʻlmaydi, masala joyida aniq hal etiladi.

Bugundan boshlab Respublika Ishchi guruhi viloyatimiz boʻylab navbatdagi oʻrganishlarni boshladi. Shu munosabat bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor orqali hududlarni obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yangi tizim barcha shahar va tumanlarda joriy qilinishi boʻyicha koʻrsatma berdi.

Oʻz navbatida, “Hokimlik soati”da bahorgi dala ishlari, qabristonlarni obodonlashtirish, “Yashil makon” dasturi doirasida rejalashtirilayotgan ishlar tahlil qilindi, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻygan mutasadilar ogohlantirildi.

Jumladan, aholi murojaatlariga yetarli darajada eʼtibor qaratmagani, berilgan topshiriqlar ijrosida suskashlikka yoʻl qoʻygani uchun Yangiyoʻl tumani hokimi Ulugʻbek Yalgashovga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi. Shuningdek, uchinchi sektor rahbari ogohlantirildi, qurilish boʻyicha hokim oʻrinbosarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berish lozimligi taʼkidlandi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM