Оhangaron shahar hokimligi
4.88K subscribers
43.3K photos
2.75K videos
69 files
9.78K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Kun_tartibida

Jinoyatchilikni oldini olish dolzarb masala

Hafta davomida Ichki ishlar vazirligining “102” ishonch raqami orqali tushgan murojaatlar Ohangaron shahridagi mahallalar kesimida tahlil etildi.

❇️Jinoyatchilikni oldini olish masalasi mahalla inspektorlari ishtirokida muhokama etildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Diqqat
#e_lon

Toshkent viloyati Ohangaron  shahar hokimi, shahar prokurori, Majburiy ijro bo‘limi va Ohangaron shahar Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bo‘limi  tashabbusi  bilan  2023-yil  17-fevral kuni  soat 10-00 da  Ohangaron  shahar   6-sonli Bolalar Musiqa va san’at maktabida  bo‘sh  ish  o‘rinlari  “Mehnat yarmarka”si  bo‘lib  o‘tadi.

Aziz hamshaharlar, mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish toping!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Nazm_va_navo
#Tadbir

14 FEVRAL-ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI

❇️Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi, shahar Bolalar musiqa va san'at maktabi, shahar Madaniyat bo'limi, shahar Xalq ta'limi tasarrufidagi 1-2-umumta'lim maktabi, Maktabgacha ta'lim bo'limlari, shahar IIB va 99677-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Nazm va navo" kechasi hamda rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Bayramda tadbir ishtirokchilari tomonidan davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning hayotidan sahna ko'rinishlar, ruboiylar, g'azallar va kuy-qo'shiqlar va ijro qilindi.

Tadbir yakunida rasmlar tanlovi g'oliblari va ishtirokchilar Ohangaron shahar hokimlikgi tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi.

https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
#Yig‘ilish

❇️Bugun Ohangaron shahar 1-umumta’lim maktabida Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan voyaga yetmaganlar o‘rtasida  jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida "Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni va ma’suliyati" mavzusida ota-onalar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hokim o‘rinbosari Z.Karimov, shahar prokurori katta yordamchisi Sh.Zulfiyev, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari M.Xolmatov, komissiya a’zosi J.Sodikov va shoʻba mudiri N.Yuldashovalar yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi majburiyatlari, ularni salbiy illatlar va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, internetdagi tahdidlardan himoyalashda kitobning ahamiyati haqida so‘zladilar.

✳️Yigilishda Yoshlik MFY raisi A.Qoraboyev, maktab direktori N.Boymirzayevalar hamda ota-onalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.

Bolalarni himoya qilish shoʻba mudiri, komissiya mas’ul kotibi N.Yuldashova