Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#eʼtibor

⚡️ Ohangaron shahar 3-sektor rahbari A.A.Amilov tomonidan sektor hududidagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
⚡️Bugun shahardagi 1-sektor shtabida sektor rahbari, shahar hokimi A.Eshankulov boshchiligida "Sektor rahbari va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

📌Uchrashuvda Ohangaron shahar hokim o'rinbosari Z.Karimov va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi rahbari A.Uralovlar ham qatnashib yoshlarni qiziqtirgan savol va takliflariga javob berishdi.

❇️Yoshlar va hokim uchrashuvida ayni damda bitiruvchilar oldida turgan tanlov jarayonlari, oʻz yoʻnalishlari, qobiliyatlari va ularning qiziqishlari eng birinchi omil ekanligi taʼkidlandi.

📌Qaysi yoʻnalishda boʻlmasin oʻz sohasining eng bilimdoni boʻlish davr talabi ekanligi aytildi. Shuningdek, ularni oʻylantirayotgan, qiziqtirayotgan va ayni damda toʻgʻri qaror qabul qilish masalalari keng muhokama etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Uchrashuv
#xotin_qizlar

1-sektor rahbari, shahar hokimi A.Eshonkukov hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Abdujabbarova bilan birgalikda shahrimizdagi “Adolat”, “Baxt” MFYlari xotin-qizlari bilan muloqot o‘tkazdi.

❇️Muloqotda yosh oilalarda uchrayotgan ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilich, ularning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, sog'ligini saqlash , kasbga jalb etish, extiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom etish , bugungi kunda  mahallalarni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylar atroflari, o‘zlari yashaydigan mahalla, ko‘chalar tozaligi uchun birgalikda harakat qilish lozimligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, sektor rahbari mahallalarga quyosh panellarini o‘rnatish va bu orqali ko‘pgina qulayliklarga erishish mumkinligi to‘g‘risida tushunchalar berdi.
#hisobot

Xalq deputatlari shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan, Ohangaron shahrida olib borilgan ishlar bo‘yicha mas’ullar hisoboti tinglandi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Is gazidan zaharlanishdan ehtiyot bo‘ling!

⚡️ Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda turli xildagi ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishidan o‘zingiz va yaqinlaringizni asrashga chaqiradi.

🎥Videolavhani tomosha qiling!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Davra_suhbati
Voyaga yetmagan yoshlarni yot gʻoyalar girdobiga tushib qolishdan asrash bugungi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
❇️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan XTB tasarrufidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Internetdagi tahdidlardan himoya” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi rahbari U.Choʻlponova, bosh mutaxassisi D.Akbayeva, Respublika “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati , Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Ohangaron hayoti” gazetasining bosh  muharriri Sh.Toʻlaganovalar ishtirok etib, yosh avlod vakillariga internetning inson hayoti va faoliyati davomida ijobiy hamda salbiy tomonlari, undan toʻgʻri va oʻz oʻrnida foydalanish, turli xildagi yot gʻoyalarga ergashmasliklari, kitoblarni koʻproq mutoala qilishlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Oʻquvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.     

https://t.iss.one/ohangaronshahar