Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.86K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Mutolaa_vaqti | #2_tavsiya

⚡️OXIR-OQIBAT MA'LUMOTSIZ INSON QO‘LIDA ISHCHI BO‘LADIGAN BO‘LSANGIZ, VAQTINGIZNI BEHUDA SARFLAMANG.

Jamiyatimizda juda ko'p kasb egalari yetishmayapti, ammo ishsizlik ko'rsatkichi ham yuqori: paradoks, to'g'rimi? Bu degani, siz qadrlanadigan kasbni, chuqur tarzda egallab ulgurmadingiz, deganidir... Siz hali ham noyob kadrga aylanmadingiz, deganidir...

Universitetdagi 4 yillik muddat o'zingizni tanish va sohangizda qadrlanuvchi bilim-ko'nikmalarni mustahkam egallab, yetuk mutaxassis bo'lish imkoniyatidir. Undan to'g'ri foydalaning.

O‘qish:
https://telegra.ph/2-Tavsiya-01-24

© Alisher Umirdinov, Talaba do‘stimga 78+ tavsiya kitobidan.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Hisobot

Namuna MFYning 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mahalla mutasaddilari tomonidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

❇️Yig‘ilishda har bir yo‘nalish kesimida mutasaddilarning hisobotlari va 2023-yilga mo‘ljallangan dasturlari taqdim etildi.

Hisobot yig‘ilishida Mahallabay ishlash markazi rahbari hamda mahalla deputati ham ishtirok etdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#bilib_qo‘ygan_yaxshi
#bildirish

2022-2023-yillarda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr energiyasi ta’minotini o‘rganish va iste’molini qisqartirish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi bayoniga muvofiq, Ohangaron shahrida ham elektr energiyasi iste’molini vaqtincha cheklash grafigi tasdiqlangan.

❇️Mazkur grafikda ko‘rsatilgan vaqtlarda siz yashaydigan mahallada elektr energiyasi uzilishini ma’lum qilamiz.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#infografika

⚡️ Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan ustuvor vazifalar

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ta_lim_yangiliklari
#faxr

Toshkent viloyati Ohangaron shahar 3-umumta'lim maktabining 11 "A"- sinf o'quvchisi Javohir Abdullaxoshimov 6,5 ball  IELTS xalqaro sertifikatini qo'lga kiritdi.

Fan o'qituvchisi: Djabbarova M.N

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#2_Sektor
#Uchrashuv
#yoshlar_dasturi_amalda

Bugun Ohangaron shahar 2-sektor binosida shahar prokurori, 2-sektor rahbari A.Abdunabiyev va yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar prokurori sektor hududiga kiruvchi mahalla yoshlarini qiziqtirgan, jumladan, bandlikni ta’minlash, kontrakt masalasi, tadbirkorlik yo‘nalishidagi savollarga atroflicha javob berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Profilaktika

  🚨Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shahargaz hodimlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari ma'sullari bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlarida is gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari, havo haroratining keskin sovub ketishi oldidan amalga oshirilmoqda.
⚡️Bu galgi profilaktik tadbir  ''Birlik'' mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatlixonadonlarda hamda yakka tartibdagi yashash uylarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan olib borildi.

❇️ Targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarga kuz-qish mavsumida yong‘in, chaqnash, is gazi hamda ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda hodisalarni oldini olish hamda nosoz, qo‘lbola elektr, gaz jihozlaridan foydalanmaslik bo‘yicha eslatma materiallari tarqatish orqali tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
O‘zbekiston OTM talabalari uchun 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tarix va geografiya yoʻnalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi.

"Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e'lon qilindi.
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
#eʼtibor

⚡️ Ohangaron shahar 3-sektor rahbari A.A.Amilov tomonidan sektor hududidagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.