Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.6K photos
2.53K videos
67 files
8.9K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#ўрганиш

Оҳангарон шаҳар прокурори А.Абдунабиев томонидан шаҳар ИИБ ҳузурида ташкил этилган штаб фаолияти ўрганилиб, ишни тўғри ташкил этиш учун керакли кўрсатмалар берилди.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#O‘rganish

Shahar hokimi Akrom Eshonkulov shahardagi o‘quv jarayonlari boshlangan 1-3-5-umumta’lim maktablarida bo‘lib issiqlik tizimini o‘rgandi.

❇️Viloyat hokimi ZOOM platformasi orqali o‘tkazgan yig‘ilishida - “Maktablarning isitish tizimlarini o‘rganish, ayniqsa, qozonxonalarda  suv muzlab qolmaganini tekshirish kerak”, -deya qat’iy topshiriq bergan edi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#dolzarb

Toshkent viloyat prokurori Sh.Rahimov Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, shahar hokimi A.Eshankulov, shahar prokurori A.Abdunabiyevlar hamrohligida elektr, issiqlik borasidagi sharoitlarni o‘rgandi.

❇️Shuningdek,  viloyat prokurori shahrimizdagi 2-IDUM da ham bo‘lib, ta’lim maskanida issiqlik tizimini ahvoli bilan yaqindan tanishib, tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Dolzarb

Shahrimizdagi No'g'oyqo'rg'on MFY hududida joylashgan 8-9-umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda Ixtisoslashtirilgan maktab internatining issiqlik tizimi holati va navbatchilikdagi mas'ullarning xushyorligi o'rganildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#e_tirof

Shaharda ko‘p qavatli uylarga servis xizmatlarni ko‘rsatish, ayniqsa, qish mavsumida aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha olib borayotgan samarali mehnatlari hamda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib kelayotganligi uchun shaharda faoliyat yuritayotgan Boshqaruv servis kompaniyalariga shahar hokimining tashakkurnomalari topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

Ayni kunlarda har bir tashkilotda eng muhim vazifani mas’uliyat bilan bajarayotgan xodimlar qorovullar va o‘t yoquvchilardir. Shahar hokimligi majlislar zaliga bugun rahbarlar emas, qorovullar va o‘t yoquvchilar jam bo‘ldi. Shahar hokimi ularni har birining mehnatlarini alohida e’tirof etdi.

Shahardagi ijtimoiy soha obyektlarini saqlashda ko‘rsatgan faolligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib kelayotganligi uchun qorovullar, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan ta’minlashda ko‘rsatgan fidoiyligi hamda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarib kelayotganligi uchun ta’lim muassasalari o‘t yoquvchilari taqdirlandi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar