Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.81K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Deputat bolajonlarga quvonch ulashdi

Ohangaron shahar "Namuna"MFY 12-okrug deputati J.Sodikov homiyligida Yangi yil bayrami munosabti bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olib, bolajonlar uchun Yangi yil sovg‘alari tarqatildi.


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Bayram_oldidan

❇️Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "San'atim-saodatim" deb nomlangan "Hisobot" konsert dasturi bo'lib o'tdi.

Dasturda bolajonlarning kuy-qo‘shiqlardan iborat ijodiy chiqishlari namoyish etildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Shukuh

❇️Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limida Yangi yil bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Bayram tadbiriga xodimlarning oila a'zolari va bo'limida uzoq yillar ishlab rahbarlik qilgan rahbarlar va nafaqadagi xodimlar jalb etilib, bayram sovg'alari topshirildi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Forwarded from Segment.uz
Байрам кунлари истеъмолчилар электр ва газ бўйича қарздорлик учун тармоқдан узиб қўйилмайди — Энергетика вазирлиги

Ўзбекистон Энергетика вазирлиги тизимда фаолият юритаётган барча корхоналар байрам кунлари истеъмолчиларни энергия ресурслари билан барқарор таъминлаш бўйича тегишли чоралар кўрилаётганини маълум қилди.

Қайд этилишича, нефт-газ ва кўмирни қазиб чиқариш, электр энергияси ҳамда нефт маҳсулотларини ишлаб чиқариш ва етказиб бериш бўйича корхоналарда махсус штаблар ташкил этилган.

Электр энергиясини ишлаб чиқарувчи иссиқлик электр стансиялар ва марказлар барқарор ишлашини таъминлаш учун кунига ўртача 47-48 млн куб метр табиий газ етказиб берилади. Шунингдек, стансиялар учун 70 минг тонна мазут ва 230 минг тонна кўмир ёқилғиси захираси яратилган. Ҳудудлардаги барча кўмир омборларига кўмир маҳсулотини узлуксиз етказиб берилиши таъминланади.

Байрам кунлари истеъмолчиларга кунига ўртача 155 млн куб метр табиий газ, 2 минг тонна суюлтирилган газ, 5000 тонна автобензин, 5000 тонна кўмир ҳамда 235 млн кВт-соат электр энергияси етказиб берилиши режалаштирилган.

Энергетика вазирлигининг қўшимча қилишича, байрам кунлари истеъмолчилар электр энергияси ва табиий газ бўйича юзага келган қарздорлик учун тармоқдан узиб қўйилмайди.

@segmentuz
#rasmiy_munosabat

Yoshlar kundaligi telegram messenjeri orqali Ohangaron shahar “Ohunboboyev” MFYdagi yo‘llarning holati yuzasidan yuborilgan murojaat o‘rganildi.

"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 435-son qaroriga asosan, Ohangaron shahrining “Ohunboboyev” MFY hududida ichimlik suvi tarmoqlari va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.

Mazkur mahallada bajarilishi lozim bo‘lgan 2,3 km transheya 100% qazib bo‘lingan.

Yer ishlari 100%ga bajarilib, suv quvur yotqizish ishlari 80%ga “Avangard” MCHJ qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan.

Qurilish ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi kechikganligi sababli, ishlar biroz sustlashib, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ishlar jadallashtirilgan, tez kunlarda ichimlik suvi quvurlari o‘rnatish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazilib, “Ohunboboyev” MFYning jami 2,1 km ichki yo‘llari “Avangard” MCHJ qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ta’mirlanadi.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Qutlov

Shahrimiz faxriysi Bekmirza ota bayram bilan qutlandi

Bugun 2-jahon urushi qatnashchisi Bekmirza ota Absalyamov xonadoni gavjum.

❇️Viloyat hokimi tomonidan yuborilgan 1 million so‘m bayram puli shahar hokimi boshchiligida Bekmirza otaga yetkazib berildi.

Shahar hokimi otaxonni bayram bilan tabriklab, sog‘lik-omonlik tiladi. Bekmirza ota bayram tuhfalarini qabul qilar ekan, qo‘llarini duoga ochib shunday dorilamon kunlarga shukrona keltirdi.


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar