Оhangaron shahar hokimligi
3.69K subscribers
38.5K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar
#Targ'ibot_tadbiri

⚡️ Islom Karimov nomidagi Texnika Universitetining Olmaliq filiali Mashinasozlik fakultetida taxsil olayotgan talabalarga "Mard askar-yoshlarga namuna!" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'tifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, Angren va Nurabod harbiy qismlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda talabalarga harbiylar o'zlarining vatanga bo'lgan mehr-muhabbatlari, sadoqatlari va fidoiylik fazilatlari haqida gapirib berdilar. Tadbir davomida talabalar harbiylarga o'zlarini qiziqtirqan savollarini berib, harbiy ofitserlardan javoblarni oldilar.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi

Kanalga ulanish: ⤵️
https://t.iss.one/RMMMOhangaronsh
#hamkorlik

Koreya Respublikasining HYUNDAI MOTOR GROUP va HYUNDAI ENGINEERING Korporatsiyasi hamda SARANGE YOLME ko'ngillilar jamg'armasi homiyligi ostida Toshkent viloyati Ohangaron shahrida jamoatchilik markazi barpo etildi.

Hamkor tashkilotlar va shahar hokimligi tomonidan mazkur markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markazning asosiy maqsadi shundan iboratki, yoshlarga o'qish kontratlarni to'lab berish, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berish, bundan tashqari, maktablar, kasalxonalar, bog'chalar xullas jamiyat rivojlanishi uchun hamma harakatlarni beg'araz amalga oshiradi.

Hyundai Engineering ham Hyundai Motor Group korporatsiayasing tarkibiga kiradigan kompaniya hisoblanadi va 2011-yildan beri O'zbekistonda foaliyat yuritib kelishi bilan bir qatorda, bir ko'ngilli hayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Ohangaran shahrida barpo etilgan ushbu markaz ham o‘z oldiga shunday yuqori maqsadlarni qo‘ygan.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Bayram tuhfalari bolajonlarga quvonch bag‘ishladi

Yangi yil bayrami munosabati bilan shahardagi vasiylik va homiylik ro‘yhatida turuvchi, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan 85 nafar bolalarga bayram tadbiri uyushtirilib, shahar hokimining yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Tadbirda “QUALITY DEVICE MCHJ” QK homiyligida tayyorlangan  sovg‘alar bolajonlarga yanada quvonch baxsh etdi.

Shahar Madaniyat bo‘limining teatrlashgan sahna ko‘rinishlari bolajonlarga bayram kayfiyati bag‘ishladi.


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar