Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#jarayon

Ohangaron shahar hokimligida shahar hokimi Akrom Eshonkulov boshchiligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 22-sentyabr kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida berilgan topshirig‘i yuzasidan shahar “Yo‘l xaritasi” ijrosi, viloyat hokimining 2022-yil 6-dekabrdagi videoselektori yig‘ilishidan kelib chiqib, mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarni o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar; kuz-qish mavsumida shahardagi barcha ob’yektlarni isitish tizimi, elektr energiya bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
xotin-qizlar shart-sharoitlarini o‘rganishni tashkil etish yuzasidan 300-sonli qaror ijrosi, yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.


Facebook
Instagram

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#эшитдингизми

Ўқитувчиларнинг методик кунлари ҳам фан ойликларини ўтказиш тартиби ҳам расман бекор қилинди

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalarining 24/7 dispetcherlik faoliyatlari Ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda (Foto)
__________________________________

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси: кўп квартирали уйларга хизмат кўрсатаётган бошқарув сервис компанияларининг 24/7 диспетчерлик фаолиятлари Ишчи гуруҳ томонидан ўрганилмоқда (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz (takomillashtirilmoqda)

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
Имтиёзли шартларда қуёш панелларини ўрнатиб текин ва узлуксиз электр энергиясига эга бўлинг. Ортганини давлатга сотинг. Яна қатор имтиёзлар:

Бир йилда электр энергияси ёки табиий газ учун қанча ҳақ тўлайсиз? Маблағингизни тежаш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз?

Албатта бунинг имкони бор!

Тасаввур қилинг, Сиз икки қаватли уйда яшайсиз ва бир ойда ўртача 800 кВт-соат электр энергияси истеъмол қиласиз.

Агар хонадонингизга 5 кВт қувватдаги қуёш фотоэлектр станциясини ўрнатсангиз, бу сизга ўртача 50 млн сўмга тушади ва у 9 йилда ўзини қоплайди. Кейинги 11 йил электр энергиясига пул тўламайсиз.

Яна бир имконият:
хонадонингизда ишлаб чиқарилган электр энергиясини давлатга сотиб даромат қилишингиз ҳам мумкин.

Имтиёзлар: Сиз қуёш панеллари ва қуёш сув иситиш қурилмаларини 3 йил муддатга фоизсиз, бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан сотиб олишингиз мумкин.

Шунингдек, тўлиқ харид қилганингизда қуёш панелларига 15 млн сўмгача ва қуёш сув иситиш қурилмаларига 2 млн сўмгача компенсация олишингиз мумкин.

Ушбу қурилмаларни ўрнатган жисмоний шахслар 3 йил, тадбиркорлик субъектлари эса 10 йил давомида ер ва мулк солиғидан озод бўладилар.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Taraddud

Ohangaron shahar hokimining korsatmasiga  asosan, shahar Dehqon bozori hududida  Favqulodda vaziyatlar bolimi va Sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi markazi hodimlari bilan birgalikda shahar hududida Yangi yil bayram tadbiriga munosib tayyorgarlik ko`rish va bozor hududida aholiga qulayliklar yaratish, bozor ozodaligini saqlash maqsadida sanitar tozalash ishlari olib borildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin- qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga asosan, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasida ayollar maslaxatxonasi tashkil etildi.

Hamda shahar hokimining 2022-yil 21-oktyabrdagi №307-10-214-Q/22 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, shahar aholisini birlamchi tibbiy-sanitariya yordamidan keng foydalanish imkoniyatini yanada oshirish, aholi orasida kasallanish turlarini barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida,Ohangaron shahar Shifokorlar koʻchasi 295-uyda joylashgan shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2 qavatli binoda 200 qatnovga ega 1-sonli Oilaviy poliklinika tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan 200 qatnovga moʻljallangan Ohangaron shahar 1-sonli Oilaviy poliklinikasiga shaharning “Xonobod”,“Qoʻrgʻon”, “Guliston”, “Yangiobod”, “Navbahor” va “Noʻgʻayqoʻrgʻon” MFYlarining jami 14480 nafar aholisi biriktirildi.
#Shukuh

Ohangaronda bayram shukuhi!

Musavvirlar tomonidan korxona-tashkilotlar derazalarida Yangi yil bayrami shukuhi aks etmoqda!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Rasman
#Tayinlov

Ohangaron shahar hokimining tegishli qaroriga asosan,  Majidov Ravshan Toirovich - Ohangaron shahar hokimligi Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, “Toshkent Suv ta’minoti” MChJ Angren shahar bo‘limida bosh muhandis lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.


Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar