Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yoshlar_ishlari_agentligi

Biz bilan yurtimiz obodligini ta'minlashga o'z hissangizni qo'shing!

Bugun "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi xodimlari mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekish, mahallalar ozodaligini ta'minlashga qaratilgan Ekologik aksiyada ishtirok etmoqdalar! Hurmatli yoshlar, sizlar ham bizga qo’shiling!

Yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shaylik!

Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi

@ohangaronshahar
#Yoshlar_siyosati
#Tashabbus


⚡️ Ohangaron shahar prokurori tashabbusi bilan va BOʻSM hamda Yoshlar ishlari agentligi  hamkorligida sportning Milliy kurash turi bo'yicha "Prokuror kubogi"  musobaqasi boʻlib oʻtadi.

📆 Bugun  17:00 dan 18:00 ga qadar vazn oʻlchash ishlari yakuniga yetkaziladi va 26-oktyabr kuni  soat 15:00da musobaqa boshlanadi.


Musobaqada 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishadi.

Erkaklar 20, 42kg, 46kg, 50kg, 60kg, 66kg, 73kg, 81kg, 90kg va +90kg kabi  vaznlarda qatnashishadi.

@ohangaronshahar
#Jarayon
#Yoshlar_siyosati

Bugun  shahrimizda “Besh tashabbus" olimpiadasining  2-mavsum,  3-bosiqichining “Bosh prokuror kubogi” doirasida “Milliy kurash musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqani Ohangaron shahar prokurori T.Karimov hamda Ohangaron shahar hokimi o’rinbosari Z.Karimovlar ochib berishdi.

Musobaqa qizg‘in va murosasiz baxslarga boy tarzda kechdi.

@ohangaronshahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi

Bugun Ohangaron shahar kasb-hunar maktabida Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari Z.Karimov boshchiligida masʼul rahbarlar bilan birgalikda Yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va ularni tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida ularga to'g'ri yo'l ko'rsatildi.

⚡️Masʼullar tomonidan hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilgan yangi imkoniyatlar yana bir bor eslatib o'tildi ham dunyo miqyosida bo'layotgan hodisalar muhokama qilindi.

@ohangaronshahar
#Yoshlar_siyosati
#Jarayon

Ayni damda shahar hokimi Akrom Eshonqulov  soha masʼullari xamrohligida shahrimizdagi Kasb-hunar maktabida yoshlar bilan suhbatlashmoqda.


Unda shahar hokimi ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishni targʻib qilib,  yoshlarni har tomonlama ogohlikka chaqirdi.

📘 Shuningdek, kasb-hunar egallashni istagan, tadbirkorlik qilish ishtiyoqi yuqori yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Uchrashuv davomida mutasaddilar yoshlarni ilm-maʼrifatga targʻib qilib, bilim va kasb-hunar choʻqqilarini zabt etishga  daʼvat qildi.

@ohangaronshahar
#Jarayon
#Yoshlar_siyosati

Bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov shahrimizdagi 3-umumtaʼlim maktabida boʻlib, taʼlim muassasasining bitiruvchi oʻquvchilari bilan suhbatlashdi.

📣 Shahar rahbari bitiruvchilarning DTM savollariga qay darajada tayyor ekanini nazorat qildi.

Akrom Eshonqulov oʻquvchilar bilan gaplashib, har bir bitiruvchi til bilish sertifikatlariga ega bo‘lishi zarurligi, tillarni mukammal bilish orqali
yoshlar jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlari yanada oson boʻlishini taʼkidladi.

@ohangaronshahar
#Yoshlar_yetakchisi_kubogi

📋 Mahalladagi yoshlar yetakchilari xatlov jarayonida aniqlangan iqtidorli yoshlar bilan "Boʻston" MFY yoshlar yetakchisi F.Kurbanova tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni turli to'garaklarga jalb qilish maqsadida mahalla hududidagi  yoshlar ishtirokida Yoshlar yetakchisi kubogi” tashkil etildi.

"Shaxmat" musobaqasi sovrindorlari;
🥇Ergashev Aziz,
🥈Olimova Ziyoda,
🥉Toxirov Shoxabbos.

🟦 Kubik - Rubik musobaqasi sovrindorlari;
🥇Muxtoraliyev Dilroz,
🥈Ibroximova Sarvinoz,
🥉Ibragimov Komiljon.

🎼🪘🥁🎸🪕📚 Sanʼat va maʼdaniyat, kitobxonlik  yoʻnalishiga qiziquvchi mahalladagi yoshlar  bilan badiiy kechalar oʻtkazildi. Bugungi tanlovda g'olib bo'lgan yoshlar hamda Eng yosh ishtirokchilar Yoshlar ishlari agentligi rahbari A.Uralov tomonidan munosib taqdirlandilar.


@ohangaronshahar
#Yoshlar_qabuli

Yoshlar sektor rahbarlari bilan uchrashganda...

Shahardagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi
yoshlar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida
yoshlar muammolari o‘rganildi. 8 nafar yoshlarning kontrakt to‘lovlari to‘lab berilishi belgilandi. Shuningdek, 7 nafar yoshlarni ishga joylashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda Ichki ishlar ro‘yxatida turgan yoshlar muammolari ham o‘rganildi.

@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bandligi

Yoshlar ishlari bo’limi tomonidan "Iloq" MFY da istiqomat qiluvchi yosh Obidjonova Jamila ishsizligi tufayli mahalla yoshlar yetakchisi Tursunov Asadbekga oʻzini-oʻzi band qilish maqsadida Tikuv mashinasi soʻrab murojaat qildi. Hozirgi kunda o'z xonadonida tikuvchilik bilan shugʻullanib o'z daromadiga ega boʻldi. Bunday yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimizga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_bandligi

Ohangaron shahar Oxunboboyev mahallasi 5-daha 9-uy 40-xonadonda yashovchi Umida Naraliyeva o'z daromadiga ega bo'lmagan ishsiz yosh edi.

Umidaning oilaviy sharoiti o'rganilib, 312-sonli qarorga asosan, "
Yoshlar daftari" ga tavsiya etilgan.

"
Yoshlar daftari" orqali tikuv mashinasi va overlog olib berildi.

Hozirgi kunga kelib, Umida o'z-o'zini band qilgan holda shaxsiy daromadga ega bo'ldi.


@ohangaronshahar