Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.68K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#xushxabar
#qaror_va_ijro

Toshkent viloyatida aholini turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trillion 57,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Shunga muvofiq Ohangaron shahrida ham yechimini kutayotgan yirik loyihalar amaliyoti, qolaversa, ayni vaqtda dolzarblik kasb etayotgan bir qator muammolar mahallarda aholi vakillari bilan o‘rganilmoqda.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan faol jamoatchilik nazoratini olib borish, mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi bo‘yicha “Ipoteka bank” ATIB Toshkent viloyati filiali boshqaruvchisi Muzaffar Anorqulov, shahar hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli mas’ullar tomonidan  shaharda o‘rganilishi belgilangan barcha - Bo‘ston, Baxt, Mustaqillik, Iloq, Umid, Orzu, Shodlik, Do‘stlik  mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Jarayon

MINGTA MUAMMONI BARTARAF ETISH UCHUN TRILLION SOʻMLIK QURILISH-TAʼMIRLASH ISHLARI BOSHLANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Toshkent viloyatida aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniqlangan 964 ta dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etishga 1 trln. 57,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilandi.

Mazkur qarorning ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022-yil 3-noyabrdagi VI-63-148-10-0-K/22-sonli qarori qabul qilindi. Ajratilgan mablagʻning sohalar va yoʻnalishlar kesimidagi tahlili quyidagicha:

Ichki yoʻllar boʻyicha jami 329 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 397,4 milliard soʻm;

ichimlik va oqava suv taʼminoti boʻyicha 389 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 532,5 milliard soʻm;

elektr-energiya taʼminoti boʻyicha 88 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 25,1 milliard soʻm;

gaz taʼminoti boʻyicha 2 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlari uchun 300 million soʻm;

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 5 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 2,4 milliard soʻm;

maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻyicha 9 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 7,2 milliard soʻm;

jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 12 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 4,1 milliard soʻm;

MFY idoralari boʻyicha 59 ta obyektda qurish va taʼmirlash ishlariga 29,6 milliard soʻm.

Shuningdek, boshqa toifadagi muammolar boʻyicha jami 71 ta obyektlar aniqlangan boʻlib, qurish va taʼmirlash ishlari uchun 58,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun va ertaga joylarda aholi oʻrtasida targʻibot va tushuntirish olib borilayapti, jaydarichasiga aytganda, bu xushxabarni tezroq yetkazish, elning maslahatini olish, bamaslahat ish qilish uchun masʼullar joylarda boʻlib turishibdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati mahallalarda boʻlib oʻtayotgan ana shunday muloqotlardan turkum lavhalarni havola qiladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_shahar
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Zakovat
#Besh_tashabbus

📡5-noyabr kuni Ohangaron shahrida 5 tashabbus olimpiadasi 2-mavsumi doirasida Yoshlar ishlari agentligi va  Zakovat NNT Toshkent viloyat Zakovat klubi hamkorligida "Zakovat" intellektual o'yinining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Eslatib o'tamiz...
Bugun 4 ta sektor kesimida g'olib bo'lgan yoshlarimiz ishtirok etishishdi.

🥇SHODLIK MFY
🥈BAXT MFY
🥉YOSHLIK MFY
yoshlari qolga kiritishdi.

🏆🏆🏆"Zakovat" intellektual o'yinida g'olib bo'lgan jamoalar YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI OHANGARON SHAHAR BO'LIMI tomonidan estalik sovg'a va dimlomlar bilan taqdirlandi.

G'olib bo'lgan yoshlarimiz viloyat bosqichiga yo'llanma oldilar.

Olgʻa, yoshlar
#OHANGARON_SHAHAR
#YOSHLAR_ISHLARI_AGENTLIGI
#BESH_TASHABBUS_OLIMPIADASI

🏆😎5-noyabr kuni YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI ,YOSHLAR ITTIFOQI VA MADANIYAT BO'LIMI BILAN HAMKORLIKDA 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR musobaqasining shahar bosqichi o'tkazildi.
⚡️Natijalarga ko'ra musobaqada Yoshlik mahallasining Yoshlik jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
G'olib jamoalar Yoshlar ishlari agentligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
26 noyabr kuni jamoamiz viloyat bosqichiga yo'l olishadi.
👏OMAD OHANGARON YOSHLARI...
Besh tashabbusni muvoqlashtirish bo'yicha mutaxassis: Maftuna Abduvoitova.😉