Оhangaron shahar hokimligi
3.69K subscribers
42.7K photos
2.72K videos
69 files
9.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Eshitdingizmi

Ohangaron shahrida “Nuroniylar maskani”ga asos solinmoqda

Bugun Ohangaron Madaniyat va istirohat bog‘ida viloyat hokimining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Farhod Omonov Ohangaron shahar nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shahar hokimi Akrom Eshonkulov ishtirok etib, mana shunday xayrli ish boshlangani, shahrimizda keksalar va faxriylarimizning ham o‘z maskanlari bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuvda rejalashtirilayotgan “Nuroniylar maskani” yuzasidan fikrlashildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ona_tilim

Ayni damda shahrimizdagi 1-umumtaʼlim maktabida “Mustaqillik” MFYning keksalar va faxriylar masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari Risgul Madaminova tomonidan “Ona tilim - jonu dilim” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilmoqda.


Unda shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi J.Yuldashev,,  Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasidan Kamola Usmonova, “Ohangaron hayoti” gazetasi bosh muharriri Shoira Toʻlaganova faol oʻquvchilar bilan tilimizning boyligi xususida suhbatlashmoqda.


@ohangaronshahar
Audio
#Dayjest

Payshanba – Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari bugundan boshlandi. Xususan, Toshkent viloyatida. 2022-yil kuz mavsumida 2023-yil bahor mavsumlarida 14 million tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Qisqa xabarlarimiz shu haqda bo`ladi.

🔘
Viloyat prokuraturasi. Viloyat prokurori Shavkatjon Raximov boshchiligida Olmaliq shahrida joylashgan 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati hududida 200 tup pavloniya, kashtan va boshqa turdagi manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

🔘Ohangaron shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya buyicha doimiy komissiyaning yig‘ilishida "Yashil makon" umummiliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi va hokim yordamchilari tomonidan Ibn Sino koʻchasining 1 gektar yer maydoniga 1700 ta mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida “UMID” MFY hududida koʻchatlar ekish davom etmoqda.

🔘Parkent tumani. Ona diyorimizni yashil makonga aylantirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan "Dolzarb 40 kunlik" koʻchat ekishdek xayrli tadbirda faol ishtirok etishga chorlandi.

🔘Oqqorg'o'n tumani. “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida tumanda 446 ming. 450 ta tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkaziladi.Bugun ushbu umummilliy loyihasida tuman irigatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan 350 tup tut va tok ko‘chatlari o‘tkazildi.

🔘Piskent tumani. "Qishloq hayoti" gazetasining bugungi 41-sonida jurnalist Ibrohim Toshevning piskentlik olim, professor Erkin Berdiyevning yashil makonlarni asrash va ko‘paytirish haqidagi maqolasi chop etildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RSIH
Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari boshlandi. Xususan, Toshkent viloyatida. 2022-yil kuz mavsumida 2023-yil bahor mavsumlarida 14 million tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.

Ohangaron shahrida ham “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar mutasaddilar ishtirokida rejalashtirilib, joylarda ko‘chat ekish tadbirlariga start berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Til_millat_iftixori
#Qadring_baland_bo'lsin_ona tilim
#Til_va_millat_maqomi


Toshkent viloyati Ohangaron shahar 7-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabning 7-"B" sinf o'quvchilari O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida challengeda ishtirok etishdi.

Sinf rahbari: ona tili va o'qish fani o'qituvchisi To'laganova Nilufar.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Live

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi oʻz ishini boshladi.

Sessiyani Kengash raisi, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshqarib bormoqda.

Sessiya ishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan ayrim tadbirlarni moliyalashtirish chora-tadbirlariga oid masalalar muhokama qilinadi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Xolmaxmatov hisobot bermoqda.

Onlayn koʻrish uchun havolalar: ⬇️

🌐 Facebook

🌐YouTube

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taraddud

Aziz hamshaharlar, qish-bahor oylari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari  zahiralarini yaratish maqsadida 3300 so‘mdan kartoshka mahsuloti  sotilmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi binosi yonidan kelib olib ketishingiz mumkin.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Taraddud
#qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-oktyabrdagi 587-sonli qarorida belgilangan qish-bahor mavsumida aholini va ijtimoiy soha tashkilotlarini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrida ham maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Agrover” korxonasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq shahar aholisi uchun 3300 so‘mdan kartoshka mahsuloti sotilmoqda.

Ohangaron shahar hokimligi “Agrover” korxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi!


https://t.iss.one/ohangaronshahar