Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ohangaron_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida “Ona tilim-sen faxrim,g‘ururim” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakili Qo’chqor Norqobil va Ohangaron shahar Milliy tiklanish Partiyasi Markaziy kengash raisi Sanjar Raximov tashrif buyurdi. Tadbirni Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori B.B.Adizov ochib berdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va jozibador raqslar namoyish etildi .Tadbir so‘nggida mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram: https://t.iss.one/Ohangaron_shahar_IMI

Instagram: https://instagram.com/akhangaran_school?igshid=MDE2OWE1N2Q=
#Toshkent_viloyati
#Ohangaron_shahar
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Stol_tennisi_yo'nalishi
#Live 20.10.2022

"Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsumining shahar bosqichi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan.
  Yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha mahalladagi  yoshlar o'rtasida  Besh tashabbus  olimpiadasining 2-mavsumiga start berilgan edi. Bunda sportning STOL TENNISI 🏓 turi bo'yicha shahar bosqichida g'olib bo'lgan yoshlar sektor bosqichida ishtirok etishdi.

🏆Shahar bosqichida g'olib bo'lgan yoshlarimizga keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz
😎🏓
#ona_tilim_faxrim
#Ohangaron_shahar

Ohangaron shahar 8-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida katta va tayyorlov guruhlarida "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda bolajonlar ijrosida vatanni, ona tilimizni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Miliy raqslar ijro etildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ona_tilim_faxrim
#Ohangaron_shahar

Dunyodagi barcha millatlar va elatlarning madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai, bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi.

Bugun Toshkent viloyati hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda viloyat Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda Yuqori Chirchiq tumani "Guliston" madaniyat markazida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda ona tilimizning ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh Ma'naviyat xodimlari, hokim maslahatchilari, o‘qituvchi va talabalarga viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

☑️Ular orasida Ohangaron shahar hokimi maslahatchisi N.Mirzayeva ham munosib taqdirlandi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi


https://t.iss.one/ohangaronshahar