Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
41.7K photos
2.69K videos
69 files
9.5K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Live

Yuqori Chirchiq. Tuman markazidagi Alisher Navoiy haykali qoshida jam boʻlgan viloyat faollari va yoshlar oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligini munosib kutib olishmoqda.

Viloyat hokimligi, korxona, boshqarma va tashkilotlarning mehnat jamoalari vakillari anvoi gulchambarlar bilan oʻzbek tili asoschisi hazrat Navoiyga ehtirom koʻrsatishmoqda.

Marosim ayni paytda “Millatlar doʻstligi” madaniyat saroyida maʼrifiy dastur bilan davom etmoqda.

Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov qatnashmoqda.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo'lgan yoshlarga zamonaviy kasblarda o'qish uchun subsidiya ajratishga arizalar qabuli boshlandi

2022-yil 21-iyunda Hukumatning "Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 341-son qarori tasdiqlangan.

Mazkur qarorga muvofiq, 14-30-yoshdagi nogironligi bo'lgan yoshlar davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga joriy yilning 1-avgust kunidan boshlab ariza yuborishi lozim.

Subsidiya uchun ariza topshirmoqchi bo'lgan yoshlar quyidagi havolalar orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:

1. https://my.gov.uz/uz/service/628 — oʻqish xarajati uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

2. https://my.gov.uz/uz/service/633 — asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishga ariza yuborish;

3. https://my.gov.uz/uz/service/629 — oʻqish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish uchun ariza yuborish.

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
#Ohangaron_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-oktabr O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag’ishlab “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida “Ona tilim-sen faxrim,g‘ururim” nomli bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakili Qo’chqor Norqobil va Ohangaron shahar Milliy tiklanish Partiyasi Markaziy kengash raisi Sanjar Raximov tashrif buyurdi. Tadbirni Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori B.B.Adizov ochib berdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va jozibador raqslar namoyish etildi .Tadbir so‘nggida mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram: https://t.iss.one/Ohangaron_shahar_IMI

Instagram: https://instagram.com/akhangaran_school?igshid=MDE2OWE1N2Q=
#Toshkent_viloyati
#Ohangaron_shahar
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Stol_tennisi_yo'nalishi
#Live 20.10.2022

"Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsumining shahar bosqichi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan.
  Yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha mahalladagi  yoshlar o'rtasida  Besh tashabbus  olimpiadasining 2-mavsumiga start berilgan edi. Bunda sportning STOL TENNISI 🏓 turi bo'yicha shahar bosqichida g'olib bo'lgan yoshlar sektor bosqichida ishtirok etishdi.

🏆Shahar bosqichida g'olib bo'lgan yoshlarimizga keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz
😎🏓
#ona_tilim_faxrim
#Ohangaron_shahar

Ohangaron shahar 8-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida katta va tayyorlov guruhlarida "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda bolajonlar ijrosida vatanni, ona tilimizni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Miliy raqslar ijro etildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi


https://t.iss.one/ohangaronshahar