Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.49K videos
67 files
8.67K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim
#Til_bilimdonlari

Ohangaron shahar XTB tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Til bilimdonlari" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

⚡️Ushbu intellektual o‘yinda 11-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan “O‘zbekiston yoshlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan jamoaga maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi


https://t.iss.one/ohangaronshahar
Forwarded from Xushnudbek.uz
Совуқ об-ҳаво шароитида ўқувчи қизларнинг мактабга шим кийишларига рухсат берилади

Халқ таълими вазирлигининг изоҳ беришича, Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан тасдиқланган Низомга асосан совуқ об-ҳаво шароитида ўқувчи қизларга мактаб формасига мос классик услубдаги шим кийишга рухсат берилади.


👉 @xushnudbek 👈
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, Xalq deputatlari shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya buyicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiyaning 2022 yilgi ish rejasiga asosan, ayrim masalalar ko‘rib chiqilib, xususan "Yashil makon" umummiliy dasturi doirasida olib borilgan ishlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#onatilimfaxrim

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va marifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi "Zakovat" intelektual klubi bilan hamkorlikda maslahatchilar, shoir-yozuvchilar soha mutaxassislari o'rtasida Zakovat oʻyini bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati jamoasi tarkibida Ohangaron shahar hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva ham munosib ishtirok etdi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Turizm
#ziyorat

Ayni damda Ohangaron shahar "Ayollar daftari"da turuvchi 50 nafar ayollar ichki turizmni rivojlantirish, madaniy xordiq chiqarish maqsadida Buxoro shahriga 3 kunlik ziyoratga jo‘nab ketishdi.

Ularga oq yo‘l va sermazmun xordiq tilab qolamiz!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim
#33_yoshda

⚡️⚡️QADRING BALAND BO'LSIN, JONAJON TILIM❗️

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati 6-sinf o'quvchilari 21-oktyabr " O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun " munosabati bilan yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.


https://t.iss.one/hhtppes555555
⚡️⚡️⚡️

Yangi tahrirdagi davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom hukumat tomonidan tasdiqlandi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 13 oktyabrda 592-son qarori qabul qilindi.

🔰 Yangi tahrirda qabul qilingan nizomga asosan pensiya tayinlash va to‘lashda quyidagi qulayliklar yaratildi:

Shaxs pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining rasmiy elektron pochtasiga ([email protected])  murojaat qilish imkoniyati yaratildi;

Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab o‘tildi;

Shaxsning ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan taqdirda shaxsdan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasdan axborot tizimlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida pensiyalar tayinlanadi va  hisoblab chiqiladi;

2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda pensiya tayinlash Komissiyasi tomonidan tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilmaslik belgilandi;

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni ya’ni,  arxiv yoki tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha amaliy yordam beradi;

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini ariza beruvchiga 5 kunlik  muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga “SMS” xabarnomani yuborgan holda ma’lum qilish joriy etilmoqda;

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shaxsga va/yoki tashkilot ma’muriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari bo‘yicha tushuntirishlar hamda ma’lumotlar berishi shartligi belgilandi;

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga oid ma’lumot va axborotlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi;

Nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi ushbu nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turilgan vaqtini ish staji sifatida hisobga olish tartibi belgilandi;

Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidan, Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestridan va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestridan, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik idoralarning axborot tizimlaridan olinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun mavjud ma’lumotlarni tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Elektron mehnat daftarchasi ham ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat sifatida hisobga olinadi;

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida Moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalarini shakllantirish xuquqi berildi;

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolariga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi;

Pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytarilmaydi;

Fuqaroning xohishiga ko‘ra pensiyalar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Taraddud

Qishki mavsum uchun kartoshka zahirasini yaratish maqsadida “Agrover” korxonasi bilan har bir kilosi 3000 so‘mdan 472 tonna kartoshka xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Live

Yuqori Chirchiq. Tuman markazidagi Alisher Navoiy haykali qoshida jam boʻlgan viloyat faollari va yoshlar oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligini munosib kutib olishmoqda.

Viloyat hokimligi, korxona, boshqarma va tashkilotlarning mehnat jamoalari vakillari anvoi gulchambarlar bilan oʻzbek tili asoschisi hazrat Navoiyga ehtirom koʻrsatishmoqda.

Marosim ayni paytda “Millatlar doʻstligi” madaniyat saroyida maʼrifiy dastur bilan davom etmoqda.

Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov qatnashmoqda.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM