Оhangaron shahar hokimligi
3.66K subscribers
39.9K photos
2.56K videos
68 files
9.01K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yosh_kitobxon
#besh_tashabbus_olimpiadasi


📚 "Yangilik" mahallasida ''Yosh kitobxon''lar bellashuvi davom etmoqda

🔥Bugun Ohangaron shahar "Yangilik" mahallasida "Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichi bo'lib o'tdi.

💥Yosh kitobxonlarni saralash maqsadida mahalladagi 15-19 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida ko‘rik tanlovining mahalla bosqichi o‘tkazildi.

⚡️Ertaga 20-30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan tanlovda ishtirok etib, bilimingizni sinovdan o'tkazing!


Kanalga ulanish:⤵️
https://t.iss.one/Yangilik_MFY_yoshlari_S_S
#Yoshlar_daftari
#monitoring

Ohangaron shahar mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan "Yoshlar daftari" orqali yordam olgan yoshlar monitoring qilindi. Quvonarlisi ular bugungi kunda o'z daromadlarini topmoqda.
Ohangaron shahar 1- sektor "Adolat" MFYda  "Oqila ayollar" kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.Yig'ilishda "Oqila ayollar" harakatining Nizomi va ish ko'lami bo'yicha maqsad va vazifalari yuzasidan amaliy seminar tashkil etilib, a'zolarning vazifalari bo'yich atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi K.Usmonova hamda "Ma'rifat" targ'ibotchisi guruh a'zosi M.Aliyevalar "Ota- onalik baxt va burch" mavzusida davra suhbatini o'tkazdilar.
#Yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari
#Yoshlar_bandligini_taʼminlash

“Qo‘rg‘on” mahallasida istiqomat qiluvchi Oqqulov Davronning bugun orzulari ushaldi. Davronga o‘zini –o‘zi band qilish maqsadida  4-sektor rahbari A.Mo‘minov hamda Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar boʻlimi boshligʻi A.Uralov tomonidan qurilish ishlarida kerakli bo‘lgan asbob uskunalar jamlanmasi topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#taqdirlash_marosimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “ Ishchi kasblar bo'yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi PQ-5140 son qaroriga asosan, Ohangaron shaharda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tizimida Piskent kasb-hunarga o‘qitish markazi tasarrufidagi “ Baxt ” mahalla fuqarolar yig‘inida kasb-hunarga o'qitish maskani tashkil etilgan bo'lib, ushbu maskanda
🧵🪡 Tikuvchilik
🥘🍰 Oshpaz-qandolatchi kurslari tashkil etilgan. Xususan, bugun tikuvchilik va oshpaz-qandolatchi yo'nalishi bo'yicha o'qish kurslarini tamomlagan 18 nafar ayollarga ya'ni "Ayollar daftari" dagi, ishsiz xotin-qizlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar