Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.8K photos
2.5K videos
67 files
8.73K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#uchrashuv

⚡️Ohangaron  shahrida IT sohasi vakillari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

📌Jumladan, Ohangaron shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘limi, AKT vazirligi hamda IT Parkning Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda "Ohangaron shahar kasb-hunar  maktabi" faollar zalida "IT sohasi vakillari va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda IT sohasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yoshlar uchun boshlang‘ich tushunchalar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
⚡️Xorijdan o‘qishini ko‘chirganlar ertaga, 10 sentabrdan shartnomani onlayn olishi mumkin - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov

https://t.iss.one/ohangaronshahar
❗️Bugundan "Reklama to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi

Qonunda asosiy tushunchalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, rag‘batlantiruvchi aksiya kabi yangi tushunchalar ham kiritildi.

📝 Qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda reklama davlat tilida tarqatilishi va reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak.

🏢 Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanishi sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga tashqi reklama va axborot ob’ektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishga bo‘lgan huquq yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi.

🚫Qonunga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi:

🔹ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;
🔹ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma nashrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boshqalar)da tovarlarni reklama qilish;
🔹narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
🔹bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
🔹milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;
🔹energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish;
🔹tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish.

📌 Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.

⚠️ Shuningdek, alkogol mahsulotlari reklamasiga yo‘l qo‘yilmaydi, ammo O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilishga ayrim hollarda yo‘l qo‘yiladi.
HURMATLI TADBIRKOR!

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyunda “Reklama to‘g‘risida”gi O‘RQ-776-sonli Qonunining yangi tahriri qabul qilindi (kuchga kirish sanasi 2022-yil 9-sentyabr). Ushbu qonunning 6-moddasiga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida* tarqatiladi.
Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

- tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizi (40%)dan oshmasligi kerak;

- reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 42, 178.1.-moddasiga asosan sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlishi toʻgʻrisida Sizni ogohlantiradi.

*Peshlavha, reklama, eʼlon, banner, panno, bilbord, konstruksiya, lavha, nom, maʼlumot taxtasi, peshtaxta, vitraj, shoir, targʻibot vositasi, koʻrgazmali material va boshqa axborot matnlari.
Ayni damda Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati ochilish marosimiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Forwarded from Олтин воҳа
#Онлайн

Оҳангаронда ихтисослаштирилган мактаб-интернати фаолият бошлади

Мактабга жорий ўқув йилида 144  нафар ўқувчи қабул қилинди.

@oltin_voha