Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Ohangaron shahrida shahar hokimining tashabbusi bilan, aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida aholini sifatli, arzon mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida, mazkur yarmarka Ohangaron dehqon bozori MCHJ da tashkil qilindi.

Yarmarkada barcha turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yangi so‘yilgan qora mol go‘shti ancha arzon narxlarda, hamyonbop tarzda savdoga qo‘yilgan:

1 kilogramm
✔️mol go‘shti 60000;
✔️olma 5000;
✔️pomidor 4000;
✔️bodring 3000;
✔️bulg‘or qalampiri 4000;
✔️piyoz 3500;
✔️sabzi 3000;
✔️kartoshka 3000;
✔️shakar 12000;
✔️guruch alanga 8000;


✔️1 ta butun tovuq go‘shti (1 kg,100-200 gr) 25000;
✔️1 litr pista yog‘i 19500;
✔️1 litr paxta yog‘i 17500
narxlarda sotilmoqda.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Mustaqillik_31
#Yangi_O‘zbekistonda_el_aziz_onson_aziz!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasining ish rejasi asosida Ohangaron shahar ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" bosh g‘oyasi asosida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

⚡️Davra suhbatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi K.Usmanova hamda O‘zLiDep Kengashi apparat rahbari G.Jiyanova yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish, aholi o‘rtasida shukronalik kayfiyatini uyg‘otish to‘g‘risida ta'kidlab o‘tildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Saf_ko‘rigi

❇️Shahrimizdagi Mustaqillik bayrami o'tkaziladigan Ohangaron shahar sport maktabi o'yingohida "Saf ko'rigi" tashkil etildi.

Mazkur tadbir Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida tashkil etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar