Оhangaron shahar hokimligi
12.1K subscribers
43.6K photos
2.78K videos
70 files
9.83K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Xotin_qizlar_yo‘nalishida

❇️Ohangaron shahar “Namuna” MFYda shahar hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Ismatova boshchiligida sayyor qabul oʻtkazildi.

Bunda 7 nafar fuqaroning murojaati oʻrganildi, fuqarolarning 2 nafari bandligini taʼminlash, 3 nafari moddiy yordam, 1 nafari farzandining axloqi toʻgʻrisida, 1 nafari shukronalik murojaatlari tinglandi.

📌Murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Ohangaron shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Vatanparvarlik_oyligi

⚡️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda shahar IIB bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston-inson qadri va manfaatlari ulug‘langan yurt" mavzusida "Ma’rifat soati" tashkil etildi.

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar guruhi a’zosi M.Ermatova, IIBning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi U.Almatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning roli, aholi o‘rtasida vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, ularni o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, yoshlarni jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalash bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍2
Ohangaron shahar yoshlar ishlari agentligi:

- Buyukligimizga shubha qilsangiz, biz yaratgan bog‘imizni ko‘ring!

🌳 “Yashil makon”: 5 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz


https://t.iss.one/ohangaronshahar
😁2
#bunyodkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida, Ohangaron shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari birma-bir ko‘zdan kechirilmoqda.

Ohangaron shahar prokurori A.Abdunabiyev tegishli mas’ullar bilan birgalikda shahar hududidagi ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishib chiqib, bu borada qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatda tugatilishi lozimligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👎2
#Jarayon

Shahrimizdagi Samat Rahmanov ko‘chasini namunali ko‘chaga aylantirish ishlari jadallik bilan ketmoqda.

Yaqinda 600 metr gazonga sug‘orish tizimi yangidan tiklangan edi.

Xalq deputatlari shahar kengashining tegishli doimiy komissiyasi raisi Jasur Yuldashev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Sherov bilan suhbat jarayonida asosiy e’tiborni sifatga qaratish masalasi muhokama etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
👍3🤔1
ВАҚТИНЧАЛИК РЎЙХАТДАН ЎТМАГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК БОРМИ?

Assalomua aleykum, Vodiylik ustalar og'zaki shartnoma bilan, noturar binoni qurishni boshlashgan vaqtida, xudud uchatskovoyi ustlarni olib ketib ularga ularga propiskaga qo'ymagansizlar deb, ayrimlariga 1 minimalka, ayrimlariga yarim minimalka jarima solibdi va to'latibdi, invoys orqali, Uchatskoviyni ishi qonuniymi?

📍ЖАВОБ:

Ҳа, жавобгарлик бор.

Ўзбекистон Республикасининг маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 223-моддасига кўра Ўзбекистон Республикаси фуқаросининг паспортсиз ёки идентификацияловчи ID-картасиз ёхуд ҳақиқий бўлмаган паспорт ёки идентификацияловчи ID-карта билан, доимий яшаш ёки вақтинча турган жойи бўйича рўйхатдан ўтмасдан яшаши, Ўзбекистон Республикаси фуқаросининг паспортини ёки идентификацияловчи ID-картасини, хорижга чиқиш учун биометрик паспортини қасддан яроқсизлантириши ёки уни эҳтиёт қилиб сақламаганлиги оқибатида йўқотиб қўйиши, шунингдек фуқаролиги бўлмаган шахснинг ҳаракатланиш ҳужжатини қасддан яроқсизлантириши ёки уни эҳтиёт қилиб сақламаганлиги оқибатида йўқотиб қўйиши, Ўзбекистон Республикаси ҳудудида доимий яшовчи чет эл фуқаросининг ва фуқаролиги бўлмаган шахснинг ҳақиқий бўлмаган идентификацияловчи ID-картаси (Ўзбекистон Республикасида яшаш гувоҳномаси) билан, доимий яшаш ёки вақтинча турган жойи бўйича рўйхатдан ўтмасдан яшаши, идентификацияловчи ID-картасини (Ўзбекистон Республикасида яшаш гувоҳномасини) қасддан яроқсизлантириши ёки уни эҳтиёт қилиб сақламаганлиги оқибатида йўқотиб қўйиши, —

базавий ҳисоблаш миқдорининг иккидан бир қисми (150 000 сўм)дан уч бараварига (900 000 сўм)гача миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.

Эслатма! Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 29 декабрдаги 785-сон қарори билан тасдиқланган Низомнинг 3 бандига кўра фуқаролар янги яшаш жойига келган кундан эътиборан ўн беш кун ичида ички ишлар органларининг миграция ва фуқароликни расмийлаштириш бўлинмалари (кейинги ўринларда — МваФРБ), Давлат хизматлари марказлари ёки Ўзбекистон Республикаси Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали доимий ёки вақтинча рўйхатдан ўтишлари шарт.

Саволингизни:
@yuristgamurojaat гa қолдиринг

👉 @yuristlar_maslahati 👈
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari

Ohangaron shahar "Birlik " mahallasidan ishsiz fuqaro Abdurasulov Dostonbek Odiljon oʻgʻli “Yoshlar daftari”ga o'zini o'zi band qilish uchun amaliy yordam so'rab murojaat qilgan edi.

❇️Mahalla yoshlar yetakchisi Karimkulova Dilafruz Taxirovna yordami bilan ishsiz yoshimizning bandligi ta'minlandi.

📌Bugungi kunda Abdurasulov Dostonbek Odiljon oʻgʻli subsidiya asosida "Minimotokultuvator"
olib qoʻshni xonadonlarining erlarini agʻdarib kuzga harakatni boshlar yubordi.

Yoshlarga berilayotgan bunday imkoniyatdan juda xursandman. Endi manga berilgan bu imkoniyatdan to'g'ri foydalangan holda oilamning moddiy tomoniga koʻmaklashaman deb juda katta xursandchilikda Prezidentimga, Ohangaron shahar hokimiga, Yoshlar ishlari agentligiga va yoshlar yetakchisiga oʻz rahmatimni aytaman deydi Doston.

Ohangaron shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tavsiyasiga asosan amaliy yordam ko'rsatish ishlari doimiy nazoratga olingan.
https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_uchun_yashaylik

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Eng yaxshi she'r" tanlovi uchun

Toshkent viloyati Ohangaron shahar 1-umumiy o'rta -ta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi Ermatova Muqaddas Musirmanqulovna muallifligidagi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o'ttiz bir yilligi munosabati bilan "Vatan uchun yashaylik! " mavzusida "Eng yaxshi she'r "nominatsiyasi bo'yicha ijodiy ishlar tanlovi uchun tayyorlagan videolavhasi
.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Magistratura_2022

⚡️Magistratura qabul natijalari e'lon qilinmoqda

🔰 2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha https://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✔️Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

➡️ xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

➡️ davlat stipendiantlari — 296 ta;

➡️ kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

➡️ kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;
  
➡️ ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

☝️Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

🎓 https://t.iss.one/ohangaronshahar