Оhangaron shahar hokimligi
3.63K subscribers
39.3K photos
2.53K videos
67 files
8.86K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Yoshlar_dasturi_amalda

❇️Bugun shahrimizdagi 14 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi.

Batafsil o'qish

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_dasturi_amalda

❇️14 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi.

🎞Jarayon tafsiloti videorolikda

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
https://t.iss.one/ohangaronshahar
#bilib_qo‘ygan_yaxshi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyundagi 341-son qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan.
Reglamentga ko‘ra, nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.
Subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun – 2022 yil 1 avgustdan, 2023 yildan boshlab har yili – 10 yanvardan qabul qilinadi.

“Madad” NNTning Ohangaron HMB bosh mutaxassisi I.Imanov.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ota_onalar_diqqatiga
#Elon

❇️Shahrimizdagi 1-3-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘quv formasi” yarmarkasi tashkil etiladi va maktab formalari sotiladi.

Yarmarka har ikkala maktabda 10-avgustgacha davom etadi.

Shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablari uchun mana shu ikkita maktabda formalar sotiladi. Ota-onalar o‘z hududiga yaqin bo‘lgan maktabga borib formalarni olishlari mumkin bo‘ladi.

📌Yarmarka soat 8:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi!

https://t.iss.one/ohangaronshahar
O‘zbekiston-umumiy uyimiz!

Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi hamda 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda 30-iyul "Xalqlar do‘stligi kuni" munosabati bilan ma'naviy-m''rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.

⚡️Tadbirni Ohangaron shahar hokimi A. Eshankulov ochib berdilar. Shahar Madaniyat bo‘limi, 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi, 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari hamda "Muruvvat" uyi xodimlari tomonidan turli millatlar kuy-qo‘shiqlari, an'analari namoyish etildi.

♻️Tadbir so‘ngida shahrimizda faoliyat olib borayotgan turli millat vakillari va bir qator hamkor tashkilotlar Ohangaron shahar hokimi tomonidan taqdirlandilar.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#sahnada_yoshlar

Ohangaron shahrida o‘tkazilgan “Munavvar oqshomlar” loyihasining navbatdagi tadbiri shahar Madaniyat bo‘limi tomonidan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar