Оhangaron shahar hokimligi
3.61K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Farzandi yutug‘idan quvongan otalar, kelajagim deb suyungan onalar...

⚡️Bugungi kunda viloyatimiz bo'ylab viloyat hokim o‘rinbosari, shahar hokimi o'rinbosari va Yoshlar ishlari agentligi vakillari tomonidan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan birinchi yarim yil holatiga ko‘ra faol va tashabbuskor mahalla yoshlar yetakchilarining ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilmoqda.

❇️Shuningdek, shahrimizdagi Baxt, Vatan, Oxunboboyev, Qo‘rg‘on MFYlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Оhangaron shahar hokimligi
Sizningcha, qay biri to‘g‘ri?
So‘rovnomada qatnashgan 85% odam Ohangaron so‘zini to‘g‘ri yozar ekan. Imlo qoidalariga ko‘ra, Ohangaron so‘zi yumshoq h bilan yoziladi. Buni yodingizdan chiqarmang!
📚📚📚Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Zafarovich Sadullayevdan bebaho tuhfa.

Yaqindagina Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma'rifatparvar jadidlarning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida “Jadidlar” rukni ostida kitoblar to'plami nashr etildi. Mazkur to'plamda Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Is'hoqxon To'ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, G'ulom Zafariy kabi ma'rifatparvar jadidlarning hayoti va ijodi, asarlarining qisqacha tahlili, e'tirofi, hikmatli so'zlari va boshqa jihatlari o'rin olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib, "Qaniydi, shu kitoblar menda ham bo'lsa edi..." deb orzu qilib yurardik.

Buni qarangki, Toshkent viloyatida Ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha mutaxassislarga hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limiga ham ushbu to'plam shaxsan hurmatli Alisher Zafarovich Sa'dullayev topshirig'iga ko'ra "Jadidlar" to'plami yetkazib berildi.
Qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
Anonymous Poll
87%
Shahar
13%
Shaxar
#Targ‘ibot
#Jaholatga_qarshi_ma'rifat

Bugungi kunda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi bilan hamkorlikda mahallalarda, ta'lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

⚡️Xususan, "Vatan" MFY hududida joylashgan 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida, "Vatan" MFY binosida aholi va yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi

https://t.iss.one/ohangaronshahar
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Эртага қабулнинг охирги куни! Ҳозиргача 1 миллиондан ошиқ абитуриент ҳужжат топширди

Эртага, 27 июль куни соат 23:59 да қабул ёпилади. Шу вақтдан бошлаб, йўналиш танлаш, танланган йўналишларни бошқасига ўзгартириш имкони бўлмайди.

Шу сабабли ҳозирдан ҳаракатингизни қилинг. Ҳали бир қарорга келмаган бўлсангиз, қаерга топширишни тезроқ ҳал қилинг. Кўпчиликка теккан касал — ҳаммасини оооохирига тақаб оборади ва сўнгги соатларда одам кўплигидан кутилмаган айрим техник носозликлар чиқиб қолади. Ҳозир ДТМ сайти бир маромда ишлаб турибди, шу сабабли яхшиси бугун топшириб, тўловни ҳам бугуннинг ўзида қилиб қўйинг.

ДТМ маълумотларига кўра, 25 июль соат 18:00 ҳолатига рўйхатдан ўтган ва йўналиш танлаган абитуриентлар сони 1 млн 71 минг нафарни ташкил қилмоқда. 26 ва 27 июль кунлари ҳисобига ҳали бу рақам янада ортиши мумкин. Ўтган йили жами 948 минг 211 нафар абитуриент ҳужжат топширганди. Демак, жорий йилда абитуриентлар сони ўтган йилгига қараганда 200 мингдан кўпроқ бўлса керак.


👉 @xushnudbek 👈
Oila- muqaddas dargoh

Oila sog'lom va mustahkam bo'lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlik bo'ladi.

Har bir oilada yuksak ma’naviy muhitni tashkil etish juda muhim hisoblanadi.

Toshkent viloyati Ohangaron shahar “Boston” MFY da oila va xotin-qizlar boʼlimi hamda yarashtirish komissiyasi, buvijonlar maktabi a’zolari tomonidan milliy qadriyatlarimizni yosh avlodga singdirish, ajrimlarni oldini olish masalasi boʻyicha buvijonlar oʼz maslahatlarini berib oʻtdi.

Tadbir kuy-qoʻshiqlar hamda yangi kelinchakning kelinsalomi bilan uygʻunlashib ketdi.

Tadbir soʻngida, xonadon egasi F.Shirinovaga Eng ibratli qaynona nominatsiyasi berildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar