Оhangaron shahar hokimligi
3.67K subscribers
38.6K photos
2.48K videos
67 files
8.65K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat

Toshkent viloyati Ohangaron shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayevaning tadbirkorlarga murojaati.

🔰Mazkur murojaatda har bir mahsulotni ommaga namoyish etishda reklamaning o‘rni beqiyos bo‘lganligi sababli ushbu sohani isloh qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi 776-sonli "Reklama to‘g‘risida"gi yangi qabul qilingan qonuni bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Sport

Ohangaron shahar Sport maktabi stadionida charm top musobasining Toshkent viloyati hududiy bosqichiga start berildi.

❇️1-o'yinni Olmaliqning “Toshkent” mahallasi Piskentning “Saidobod” mahallasi boshlab berishdi

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Yozgi_tatil
#Kitobxonlik_tanlovlari

“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!

Xalq
ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi o‘tkaziladi.

📚“Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi 2022-yil 18-iyuldan 28-iyul kunigacha (shu kuni ham) Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi 👉 rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tadi.

👉Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishing!

🏆Aziz o‘quvchilar! Yozgi ta’tilda Sizni qiziqarli festivallar va tanlovlar, professional bosqichlar, boy ekskursiyalar, ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar kutmoqda!

🔷Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.

🔗
Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#жараён


Айни дамда шаҳримиздаги "Ёшлик" МФЙда шаҳар ҳокими Акром Эшонқулов бошчилигида йиғилиш ўтказилмоқда.


📝 Унда ҳоким ўринбосарлари, коммунал соҳа мутасаддилари тармоқдаги камчиликларни бартараф этиш юзасидан фирк-мулоҳазалари билан ўртоқлашмоқда.


"Обод маҳалла" давлат дастурига киритилган Ёшлик маҳалласида куз-қиш мавсумига тайёргарлик, коммунал соҳадаги камчиликларни буткул бартараф этишга қаратилган чора-тадбирлар ишлаб чиқилмоқда.


@ohangaronshahar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#эълон
#билдириш
#тармоқлараро_саноат_ярмаркаси

⚡️⚡️⚡️Азиз юртдошлар!
Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

📌Жорий йилнинг 4-5 август кунлари Тошкент вилояти ҳокимлиги ташаббуси билан Чирчиқ шаҳридаги “Чирчиқ кимё-индустриал технопарки”да ҳудудий тармоқлараро саноат ярмаркаси бўлиб ўтади.

❗️Иқтисодиёт тармоқлари ва ҳудудий корхоналарнинг саноат салоҳиятини янада ошириш, импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар ишлаб чиқаришни рағбатлантириш, маҳаллийлаштиришни кенгайтириш мақсадида ташкил этилаётган мазкур нуфузли саноат анжуманига барчангизни таклиф этамиз.

Тошкент вилояти ҳокимлиги

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
#жараён


Оҳангарон шаҳар ҳокими Акром Эшонқулов Ислом Каримов номидаги Техника университетининг шаҳримиздаги филиалида фуқаролар билан очиқ мулоқот ўтказди.


Унда ҳоким конституциявий ислоҳотларни амалга оширишда фаол ва ташаббускор бўлиш кераклигини йиғилганларга таъкидлади. Шунингдек, референдум жараёнларида фаол иштирок этаётган фаолларга ўз миннатдорчилигини билдирди.


@ohangaronshahar
#халқ_қабули


Айни дамда шаҳримиздаги 1-сектор биносида Оҳангарон шаҳар ҳокими Акром Эшонқулов бошчилигида шаҳримиздаги эҳтиёжманд фуқаролар билан очиқ мулоқот ўтказилмоқда.

🖇 Унда шаҳар мутасаддилари, корхона-ташкилот масъуллари иштирок этмоқда.


@ohangaronshahar
#мурожаат
#ижро

Фуқаролар уй-жой, коммунал соҳа ва оилавий масалалари бўйича мурожаат қилишмоқда.


@ohangaronshahar
#jarayon

Ohangaron shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nilufar Mirzayeva tomonidan shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha yuritilayotgan ish hujjatlari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida markazdagi hujjatlar o‘zbek tili, lotin alifbosida yuritilishi ma’lum bo‘ldi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar