NOZIMA N. XOLIKOVA
2.51K subscribers
5.58K photos
485 videos
1.18K files
2.4K links
Download Telegram
🔰Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati hududiy vakilligi navbatdagi motivatsion taqdimotga barchani taklif etadi.

♻️ Navbatdagi mehmon esa Kogon tumanidagi 21-maktab ingliz tili fani o'qituvchisi Ikromova Billura!

♻️O'qituvchi bir necha yillar davomida o'quvchilarga dars berish bilan birga, hamkasblarining ham kasbiy o'sishiga yaqindan ko'maklashmoqda. Shu bilan birga o'z ustida ham tinmay izlangan Billura Ikromova ESN daturi bo'yicha TESOL sertifikatini qo'lga kiritgan. "Fullbright" dasturida ham qatnashgan. Ayni damda esa u "El-yurt umidi" stipendiyasini qo'lga kiritib, Buyuk Britaniyaning University of Bristol universitetida magistratura bosqichida tahsil oladi.

Ikromova Billura erishgan natijalari haqida yaqindan bilmoqchi bo'lsangiz, Sizni Buxoro davlat universiteti bosh binosi LPA 63-xonasi, 08.09.22da, soat 11.00da kutib qolamiz.

✔️Faol ishtirokchilarimizga agentlik tomonidan alohida sovg'alar taqdim qilinadi.
👋Привет, 👋やあ,👋Bonjour, 👋Hi
🔰 Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Agentlik xonalarida Rus, Yapon, Fransuz va Nemis tillari burchagi tashkil qilinadi!!!
Mazkur xorijiy til burchaklari o'qituvchi hamda barcha yoshdagi til o'rganuvchilari o'sha tillarga doir adabiyotlar, audio materiallar va boshqa jihozlardan foydalanishlari mumkin.
Xorijiy tillar burchaklari LPA xonalarida tashkil qilinib, 8.09.22, soat 10.00da ularning rasmiy ochilish marosimlari o'tkaziladi.
Barchani ochilish marosimiga taklif qilamiz!
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Германияда ишлаш истагида бўлган фуқаролар диққатига!

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ҳамда Германиянинг “NoVo Agency“ ташкилоти ўртасидаги ҳамкорлик келишувига асосан тажрибали тиббиёт ходимлари Германия тиббиёт муассасаларига ишга таклиф этилади.

Номзодлар учун талаблар:

умумий ҳамширалик учун – шифохонанинг турли бўлимларида камида 2 йиллик тажриба (фақат беморларни парваришлаган);
39 ёшгача;
судланмаган;
жисмонан соғлом;
тиббиёт коллежи/техникумини (фақат 3 йиллик диплом ёки ОМХ) тамомлаган;
беморларга ғамхўрлик қилиш қобилияти;
Бухоро шаҳар «Ишга марҳамат» мономарказида ташкил этиладиган 10 ойлик немис тили курсида ўқиш ва курс давомида меҳнат фаолияти билан шуғулланмаслик;
Тошкент шаҳридаги Гёте институти имтиҳонларидан муваффақиятли ўтиш.
стоматолог, ўқитувчилик ва доришунослик соҳасида шуғулланган номзодлар қабул қилинмайди.

Номзодларга қуйидаги шароитлар яратиб берилади:

📍Бухоро шаҳрида бепул турар жой;
📍ўқув хонаси;
📍стипендия.

Шунингдек, қуйидаги харажатлар қоплаб берилади ва хизматлар кафолатланади:

📚 немис тили ўқитувчиси ва ўқув материаллари;
📌 тил даражаси учун Тошкентдаги Гёте институтида имтиҳон топшириш;
📌 ҳужжатларни таржима қилиш ва тасдиқлаш;
📌 ўқув дастурини муваффақиятли тамомлаган номзодлар учун виза олиш ва Германияда ишга жойлашиш;
🛫 Тошкент халқаро аэропортидан Германияга авиачипта ва Германиядаги аэропортдан иш жойигача трансфер;
💵 меҳнат шароитлари немис ҳамширалари билан бир хил (ойлик 2100 евродан бошлаб, нафақа, суғурта, таътил) ва бутун жараён давомида доимий қўллаб-қувватлаш.

☎️ Мурожаат учун: (65) 226-24-64 ва (90) 125-24-43 (фақат Telegram)

👉 Рўйхатдан ўтиш учун

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🔰 Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tashrif buyurdi.

Mazkur markazning Xorijiy til kafedrasida ingliz, rus va o'zbek tilida sohasining professional o'qituvchilari xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga zamonaviy metodikalar haqida bilim berishadi.
Hozirda Markazda jami 8 nafar mutaxassis o'qituvchilari yilda bir haftalik bir marotaba to'g'ri keladigan malaka darslarini amalga oshiradilar.
Agentlik vakilligi tomonidan Prezidentning 5117-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan monitoring qilindi.
Qolaversa, markazdagi Xorijiy tillar kafedrasida xorijiy tillarni o'rgatadigan zamonaviy metodikalarni o'rgatish uchun kerakli materiallar yetishmasligi va boshqa bir qator muammolar ilgari surildi. Ushbu muammolarni agentlik hududiy vakilligi bilan hamkorlikda tez fursatda battaraf etish ishlari boshlandi.