Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
219K subscribers
918 photos
207 videos
110 files
1.56K links
— Respublikadagi nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari va davlat oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda.

Murojaat: @nodavlatbot

Hamkorlik uchun: @nodavlattalimbot

03.09.2022
Download Telegram
Assalomu alaykum!

Sahifamizda nodavlat (xususiy) oliy ta’lim muassasalari va davlat oliy taʼlim muassasalari bo‘yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar yozib boramiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
⚡️Agar sizga kimdir bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting:

1. O‘sha rahbar yoki mansabdor shaxsdan asos so‘rang, qonuniy asosi bormi, qaysi qaror, qaysi qonun yoki qonunosti hujjati asosida bu gapni gapirmoqda.

2. Tabiiyki, birinchi savolga javob yo‘q, shunda siz o‘sha mansabdor shaxsga yozma murojaat qiling, qonun bo‘yicha u sizning murojaatingizga 15 kun ichida javob qaytarishi kerak.

3. Bu savolga odatda javob berilmaydi, berilgan taqdirda ham qonuniy asos yo‘q bo‘lsa, nima deb javob beradi?

4. O‘zingiz tahsil olayotgan xususiy oliygohdan o‘sha mansabdorga rasmiy xat qilishlarini so‘rang, bu ikki tomonlama ish bo‘ladi.

5. Hech qanday javob berishmasa, sudga murojaat qilib rahbarni javobgarlikka torting, chunki u o‘z vazifasini suiiste’mol qilmoqda.

P.S. O‘z huquqlaringizni talab qilishni o‘rganing, ho‘kiz tug‘ibdi desa, ishonib ketavermang. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

— Ma'lumot uchun: Ushbu tavsiya O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan litsenziyaga ega nodavlat oliygoh talabalariga tegishli.

🇺🇿 @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44😁3🐳2
​​⚡️NODAVLAT OLIYGOHLARDA QABUL VA O‘QISHNI KO‘CHIRISH HAQIDA!

Xorijdan nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xorijdan xususiy oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish mumkin. Bu vaziyatga vazirlik aralashmaydi, tartibini nodavlat oliygoh belgilaydi.

Imtihon yoki imtihonsiz?

Ayrim oliygohlar imtihon asosida qabul qiladi, ayrimlari suhbat asosida. Qanday shaklda bo‘lishini nodavlat OTM o‘zi hal qiladi.

Diplomi o‘tadimi o‘zi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tomonidan litsenziyalangan bo‘lsa, Respublika hududida albatta diplomi o‘tadi. Inspeksiyaning ochiq ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda litsenziya olgan xususiy oliygohlar 78 taga yetdi.

Xususiyda o‘qiganlarga ish yo‘qmi?

"Xususiyda o‘qiganga ish topilmaydi" degan gaplar o‘tmishda qolgan. Xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng kuchga ega. Kimdir sizga bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting: https://t.iss.one/nodavlattalim/164

Qabul qachongacha davom etadi?

Bu ham nodavlat oliygoh ixtiyorida, qabul o‘zi belgilagan vaqtda bo‘ladi. Hozirda ayrimlari qabulni yakunladi, ayrimlarida davom etyapti.

Consulting orqali kirish kerakmi yoki o'zimiz borsak bo‘ladimi?

Bu OTMga bog'liq. Masalan, ba‘zi nodavlat oliygohlar umuman consultinglar bilan ishlamaydi, ba‘zilari consulting firmalar bilan ishlashni tizimlashtirgan. Bu oliygohga kirmoqchi yoki ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorning o‘ziga ham bog'liq.

Litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti TDI.UZ orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxati bilan tanishsangiz bo'ladi.

❗️Oliygohdan litsenziya olib qo‘yilsa talabalar taqdiri nima bo‘ladi? Batafsil...

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26
​​⚡️XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDIRI NIMA BO‘LADI

"Vazirlar Mahkamasining davlat ta‘lim muassasalari hamda nodavlat ta‘lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi 07.06.2019 yildagi 470-sonli qarorining 47-bandiga ko‘ra," akkreditatsiyasidan o‘tolmagan (tugatilgan) nodavlat ta‘lim tashkilotlari to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

Jumladan:


nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ta’lim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishni to‘xtatish;
ta’lim oluvchilari bitirib chiqqanidan keyin nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari litsenziyasining amal qilishini tugatish;

⚠️ Xulosa; akkreditatsiya tugatilgandan so‘ng qabul jarayonlari to‘xtatiladi va o‘qiyotgan talabalar bitirib chiqqanidan keyingina litsenziya bekor qilinadi. Bitirgan talabalar diplomi Respublika hududida o‘tadi.

Akkreditatsiya tugatilib, talabalarni qabul qilish cheklanganini qayerdan bilamiz?

Bu bo‘yicha maxsus davlat komissiyasi qaror qabul qiladi va ijrosini ta‘minlash vakolatli organlarga topshiradi. Bundan tashqari, Ta‘lim inspeksiya ham, biz ham eng tez fursatda talabgorlarni ogohlantirishga harakat qilamiz.

Yuqoridagilarda kelib chiqib, litsenziyaga ega, akkreditatsiyasi tugatilmagan (to‘xtatilmagan) xususiy oliygohlarga o‘qishga kirish (ko‘chirish) mumkin.

ℹ️ Hozirda inspeksiya ro'yxatidagi litsenziyaga ega oliygohlarda akkreditatsiya bo‘yicha muammo yo‘qligi aytilmoqda.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍25👌3
​​XUSUSIY OLIYGOHDAN LITSENZIYA OLIB QO‘YILSA TALABALAR TAQDIRI NIMA BO‘LADI? (2-qism)

Ko'pchilik yuqoridagi tushuntirishni oxirigacha o‘qimay savol beryapti. Soddaroq qilib tushuntirsak.

Xususiy oliygoh yopiladigan bo‘lsa, quyidagi tartibda bo‘ladi.

👉 Birinchi — yangi talabalarni qabul qilish to‘xtatiladi.
👉 Ikkinchi — o‘qiyotgan talabalar o‘qishni tamomlab bo‘lgach litsenziya bekor qilinadi.

❗️O‘qiyotgan talabalar bitirib, O‘zbekiston Respublikasi hududida tan olinadigan diplomga ega bo‘lishadi.

☝️ Siz o‘qigan oliygoh butunlay yo‘q bo‘lib, nomi tarixda qolib ketsa ham diplomingiz Respublika hududida o'tadi.

🤦‍♂ Keraksiz vahima qilmay, litsenziyalangan xususiy oliygohlarga o‘qishga kirsangiz bo‘ladi.

Keyingi postda - qaysi viloyatda qancha va qaysi xususiy OTM borligi haqida yozamiz.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍25👏2
⚡️QAYSI VILOYATDA QANCHA NODAVLAT OLIYGOH BOR?

TOSHKENT VILOYATI VA SHAHRI — 45TA

1) Akfa universiteti
2) Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
3) Alfraganus university
4) PDP university
5) TMC institute
6) University of science and technologies
7) Toshkent amaliy fanlar universiteti
8) Toshkent menedjment va iqtisodiyot instituti
9) Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
10) Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
11) Perfect university
12) Japan digital university
13) Diplomat university
14) Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
15) Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
16) ADJU universiteti
17) Xalqaro Nordik universiteti
18) Team university
19) Toshkent international university of education
20) British management university
21) Digital university
22) Turin politexnika universiteti
23) IT-PARK university
24) Renessans ta’lim universiteti
25) Profi university
26) Puchon universiteti
27) University of management and future technologies
28) Farmasevtika ta‘lim va tadqiqot instituti
29) Vebster universiteti
30) INHA universiteti
31) Stars international university
32) Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali
33) Yangi asr universiteti
34) Cambridge international university
35) Toshkent shahridagi AMITI universiteti
36) Kimyo xalqaro universiteti (Yeodju)
37) International school of finance technology and science
38) Innovasion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti
39) EMU universiteti
40) Oriental universiteti (Al-Buxoriy)
41) Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
42) Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
43) Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga
44) Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti
45) Angren universiteti

FARGONA VILOYATI — 5TA
1) Qo'qon universiteti
2) Central Asian medical university
3) Koreya xalqaro universiteti
4) Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali
5) Valley innovative university

ANDIJON VILOYATI — 3TA
1) Collegium humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali
2) Sharda university
3) University of economic and pedagogy

NAMANGAN VILOYATI — 3TA
1) Turan international university
2) University of business and science
3) Impuls instituti

JIZZAX VILOYATI — 1TA
1) Sambhram university

BUXORO VILOYATI — 6TA
1) Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
2) Buxoro innovatision tibbiyot instituti
3) Turon zarmed universiteti
4) Osiyo xalqaro universiteti
5) Buxoro innovatsiyalar universiteti
6) Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti

QASHQADARYO VILOYATI — 6TA
1) Iqtisodiy va pedagogika universiteti
2) Qarshi xalqaro universiteti
3) Turon universiteti
4) Qarshi innovatsion ta’lim universiteti
5) Effect Edu
6) Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

SURXONDARYO VILOYATI — 1TA

1) Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

XORAZM VILOYATI — 4TA
1) Ma‘mun nomidagi jahon tillari
2) Urganch ranch texnologiya universiteti
3) Xalqaro Binary universiteti
4) Urganch innovatsion university

NAVOIY VILOYATI — 1TA
1) Navoiy innovatsiyalar instituti

SAMARQAND VILOYATI — 1TA

1) Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI — 2TA


1) Nukus innovatsion instituti
2) Toshkent gumanitar fanlar universiteti

Yuqoridagi 78 ta oliygohda litsenziya mavjud bo‘lib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish vakolatiga ega.

‼️ Ro‘yxat Ta‘lim inspeksiyasining ochiq ma'lumotlariga ko‘ra shakllantirildi. Ayrim xususiy (Yodju, Profi) OTMlarning filiallari bo'yicha ma'lumotlar saytga yuklanmagan.

🇺🇿 @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58👏5🕊3
O‘zbekistondagi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari qaysilar?

Ota-onalar va abituriyentlar tomonidan nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tishi yoki o‘tmasligi haqida ko‘plab savollar kelib turadi. Asosiy savol: qaysi oliy ta’lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi?

Ushbu havolada Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati bor. Hozirda mazkur ro‘yxatdagi oliy ta‘lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.

Ota-onalar va abituriyent-yoshlar xususiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasini tanlamoqchi bo‘lsa yoki biror yangi oliy ta’lim muassasasining e’loniga duch kelsa, avvalo, mana shu sahifaga kirib, ro‘yxatdan tekshirib ko‘rishlarini tavsiya qilamiz.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍20
Nodavlat oliygohlarning litsenziyasi borligini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirishingiz mumkin. Eng afzal yo‘li – taʼlim inspeksiyasining rasmiy web-sayti www.tdi.uz orqali litsenziyalangan oliy ta'lim tashkilotlarining ro'yxatini bilan tanishsangiz bo'ladi.

© @nodavlattalim — nodavlat ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍18
Xususiyda o‘qiganlarga ish yo‘qmi?

"Xususiyda o‘qiganga ish topilmaydi" degan gaplar o‘tmishda qolgan. Xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlarining diplomi bilan teng kuchga ega. Kimdir sizga bu xususiy, buning diplomi o‘tmaydi, menga davlat oliygohi diplomi kerak desa, mana bunday yo‘l tuting: Batafsil...

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍30🔥2
Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.

☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Asos: https://lex.uz/docs/5013007

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍162👌16💯12👏11🔥10
Tez orada vodiyda tibbiyot sohasida yangi xususiy oliygoh ochilishi kutilmoqda.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👌26👍16
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni (diplom) nostrifikatsiya qilish narxi qancha?

Javob
: Hukumatning 620-son qaroriga asosan xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

✔️ Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍30👌4
⚡️Nodavlatdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish.

Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

© @nodavlattalim — oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍29
Toshkent shahridagi nodavlat ta’lim tashkilotlari
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti litsenziya
🔹 TEAM Universitylitsenziya
🔸 Toshkent shahridagi Amiti universitetilitsenziya
🔹 Toshkent shahrida Vebster universitetining Ta'lim dasturlarini amalga oshirish markazilitsenziya
🔸 Cambridge International University litsenziya
🔹 Stars International Universitylitsenziya
🔸 EMU-Universitylitsenziya
🔹 Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialilitsenziya
🔸 Japan Digital Universitylitsenziya
🔹 Toshkent shahridagi Puchon universitetilitsenziya
🔸 Profi Universitylitsenziya
🔹 Oriental Universitylitsenziya
🔸 Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetilitsenziya
🔹 Tashkent International University of Educationlitsenziya
🔸 British Management Universitylitsenziya
🔹 PDP Universitylitsenziya
🔸 Toshkent Amaliy fanlar universitetilitsenziya
🔹 TMC Institutelitsenziya
🔸 Toshkent shahridagi Adju universitetilitsenziya
🔹 Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetilitsenziya
🔸 Toshkent shahridagi Yeodju texnika institutilitsenziya
🔹 Xalqaro Nordik universitetilitsenziya
🔸 Alfraganus Universitylitsenziya
🔹 IT-Park Universitylitsenziya
🔸 Toshkent Iqtisodiyot va pedagogika institutilitsenziya
🔹 Toshkent shahridagi Inha universitetilitsenziya
🔸 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutilitsensiya
🔹 Diplomat Universitylitsenziya
🔸 Akfa universitetilitsenziya
🔹 Yangi asr universitetilitsenziya
🔸 University of Science and Technologieslitsenziya
🔹 "Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi" nodavlat ta'lim muassasasilitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍52👌5🔥2
Toshkent viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 International School of Finance Technology and Sciencelitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍12👌4🐳1💯1
Qashqadaryo viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Qarshi xalqaro universitetilitsenziya
🔹 Effect Edulitsenziya
🔸 "Iqtisodiyot va pedagogika universiteti" nodavlat ta’lim muassasasilitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍14🕊6👌2
Xorazm viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Mamun universitetilitsenziya
🔹 Urganch shahridagi Xalqaro Binary universitetilitsenziya
🔸 Urganch Ranch texnologiya universitetilitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍12👌3
Navoiy viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Navoiy innovatsiyalar institutilitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍11
Buxoro viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Buxoro psixologiya va Xorijiy tillar institutilitsenziya
🔹 Buxoro innovatsion tibbiyot institutilitsenziya
🔸 Turon Zarmed universitetilitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍7
Jizzax viloyatidagi nodavlat ta’lim tashkiloti
(20.09.2022 holatiga)

🔸 Sambhram Universitylitsenziya

* Ushbu post O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Elektron litsenziyalash tizimi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

© @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida sodda tilda yozuvchi kanal!
👍8