NDPI.UZ
10.3K subscribers
34.3K photos
4.01K videos
898 files
10.8K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 26-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 118 422 nafar.

🏫 Shundan:

🔸 387 351 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 731 071 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 583 682 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 502 264 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 25 295 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 7 181 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 129 275 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 123 185 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 551 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 101 920 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 96 658 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 73 483 nafar.
7️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 71 215 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 71 082 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 67 172 nafar.
🔟 Toshkent shahri — 63 718 nafar.
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 63 062 nafar.
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 59 212 nafar.
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 49 698 nafar.
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 41 191 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

Bugun
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinadi.

❇️ Abituriyentlar kun yakuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish bilan birga o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishni tavsiya qiladi.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/v1bzwnBPaxI

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube