NDPI.UZ
8.36K subscribers
36K photos
4.22K videos
899 files
11.3K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
#So'ragan_edingiz

102-SAVOL:
Assalomu alaykum. Menga litseydan telefon qilib, tanlagan yo‘nalishim yuzasidan akademik litseylarni ustuvorlik bo‘yicha belgilashim kerakligini aytishdi. Ustuvorlikni belgilash tartibi qanday?

JAVOB:
Joriy yilda litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda o‘quvchi ustuvorlik sifatida:

🔹 litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirib, hujjat topshirgan 5 ta akademik litseylarni fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan yo‘nalishlarni ketma-ketlik asosida belgilaydi.

Masalan, o‘quvchi hujjat topshirgan akademik litseyning aniq fanlar (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishini tanlasa, qolgan tanlagan ta’lim muassasalari yo‘nalishlari ham aniq fanlar (iqtisodiyot) bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, test topshirish ta’lim tilini (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va chet tillar sifatida (ingliz, nemis, fransuz) tillardan birini aniq ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

❗️Test imtihonlari natijalari o‘quvchi tanlagan akademik litseylarning qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha tanlangan ustuvorlik asosida chiqariladi. Bunda o‘quvchi to‘plagan ball tanlagan ustuvorlik ketma-ketligidagi akademik litseylardan birining o‘tish baliga to‘g‘ri kelsa, faqatgina o‘sha akademik litseyga qabul qilinishda inobatga olinadi.

103-SAVOL:
Men Buxoro viloyatidanman. Toshkent shahridagi akademik litseylarga hujjat topshirganman. Imtihonlarni Buxoroda topshirishim mumkinmi? Yoki Toshkentga borib topshiramanmi?

JAVOB:
Joriy yilda tanlagan akademik litseylari joylashuvi qaysi hududda joylashganidan qat’i nazar o‘quvchi test topshirish hududini o‘zining yashash manziliga yaqin bo‘lgan hududda topshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetida ustuvorlikni belgilayotganda test topshiradigan hududni ham aniq ko‘rsatishi lozim.

👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ESLATMA!

⚠️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔚 Bugun, 20-avgust
litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili
uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

🌡 Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlariga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan. Mazkur abituriyentlar uchun tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va “mandat” Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.
____________
👉 @eduuz
#Qabul_2021

Davlat test markazi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot

🔰 Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️ Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.

☝️ Ma’lumot o‘rnida, 16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

📍FOYDALI!

🔰Ma’lumki, joriy o‘quv yili akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

➡️ www.testoteka.narod.ru

➡️
www.amthauer-ist.com/ru

➡️
www.treningmozga.com
____________
👉 @eduuz
⚡️Dene temperaturası joqarı bolǵan hám koronavirus infekciyasına baylanıslı magistratura qánigeliklerine ótkerilgen imtixanlarǵa qatnasa almay qalǵan abiturientler dıqqatına!!!

Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń magistratura qánigeliklerine usı jıldıń 14-17-avgust kúnleri aralıǵında qánigelik pánlerden ótkerilgen imtixanlarǵa dene temperaturası joqarı bolǵanlıǵı hám COVID-19 koronavirus infekciyasına baylanıslı qatnasa almay qalǵan abiturientler ushın qosımsha imtixan ótkeriletuǵınlıǵın xabarlaymız.

Qánigelik pánlerinen ótkeriletuǵın bul imtixan erteń, 21-avgust kúni saat 15:00 de instituttıń Túrkiy tiller fakulteti imaratında bolıp ótedi.

Usı kategoriyaǵa kiretuǵın abiturientler ózleri menen birgelikte shaxsın tastıyıqlawshı hújjet, abiturientti dizimge alıw beti hám densawlıǵına baylanıslı tiyisli tártipte tastıyıqlanǵan medicinalıq maǵlıwmatnaması menen keliwi soraladı.

NMPI qabıllaw komissiyası.

Kanalımızǵa aǵza bolıń
👉 @nmpi1934
NMPI jámááti ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligine belsene qatnaspaqta

Ózbekstan Respublikası Ministrler Kabinetiniń arnawlı biyligi tiykarında búgin, 21-avgust kúni respublikamız boylap «Jańa Ózbekstanda erkin hám abadan ómir súreyik!» uranı astında ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq abadanlastırıw shembiligi bolıp ótpekte.

Erte azannan baslap Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń pidayı professor-oqıtıwshıları, student jaslar hám basqa da xızmetkerleri institut imaratlarınıń átirapın shıǵındılardan tazalaw, tereklerdiń astın tazalap, háklew, nállerge suw quyıw, terek hám putalardıń shaqalarına forma beriw sıyaqlı jumıslardı atqarmaqta.

Tolıq maǵlıwmat 👉 https://ndpi.uz/qq/2021/08/21/15879/

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
Forwarded from KarInform.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қарақалпақстанда исбилерменликти раўажландырыў ҳаққында

«Қарақалпақстанда исбилерменлер ушын сондай шараятлар жаратылыўы керек, Өзбекстандағы ҳәр бир исбилермен Қарақалпақстанда исбилерменлик жумыслары менен шуғылланыўды қәлеўи керек, өзиниң басқа жердеги дәраматынан көбирек дәраматты Қарақалпақстанда таба алатуғын имканиятлар болыўы керек.

Бул тек ғана исбилермен жумысларының емес, соның менен бирге, Қарақалпақстан экономикасының да өсиўине үлкен жәрдем береди», - деп айтып өтти Ш.Мирзиёев исбилерменлер менен өткерилген ашық сәўбетлесиўинде.

Каналымызға ағза болың 👉 @karinformuz
Forwarded from Edu.uz
#E'LON

DIQQAT!!!

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari kunlari ma'lum bo‘ldi

🔰O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23–25-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi.

➡️Tez orada my.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.

Testlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda topshiradi.

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

———
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
❗️Bugun!

📆 21-avgust, shanba
soat 20:00

Xushnudbek.uz kanalida talabalar uchun taʼlim krediti mavzusida ovozli chat tashkil etiladi.

Ovozli chatda:
— Moliya vazirligi
— Markaziy bank
— Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
— Yoshlar ishlari agentligi
— tijorat banklari mutasaddilari savollarga javob beradilar.

Unda, xususan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan vazirning iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxanov ishtirok etadi.

👉 https://t.iss.one/xushnudbek/10931
​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirayotganlar uchun qulaylik

📌 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Endilikda mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

❇️ Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi va Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilmasligi sababli mandat.dtm.uz saytiga ularning ma’lumotlari joylashtirilmagan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 30 jıllıǵına baǵıshlanadı

JAŃA ÓZBEKSTAN – JAŃA MAQSETLER JOLÍNDA

Maqalanıń tolıq teksti
👉 https://ndpi.uz/qq/2021/08/21/15885/

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
#talabaga_yengillik | #ta’lim_krediti

❗️Moliya vazirligi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin (rasmni oching👆).
_______________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Audio
🎙Talabalar uchun imtiyozli taʼlim krediti mavzusiga bagʻishlangan ovozli chatimizning toʻliq audiofayli.

🗣 Spikerlar:

Djamshid Abruyev — moliya vaziri oʻrinbosari;

Sarvarxon Buzrukxonov — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari;

Sanjar Nosirov — Markaziy bankning Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti direktori;

Dilshod Qutliyev — Xalq banki raisi oʻrinbosari;

Sardor Abdullayev — Ipoteka bank Biznes bloki rahbari;

Adham Eshchanov — moliya vazirligi taʼlim, fan va madaniyat departamenti direktori.

Ⓜ️ @xushnudbek
___________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik |#Bilasizmi

Talabalar akademik taʼtilni sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻzgartirishi mumkin — A.Mamanazarov

Bu yengillik qaysi toifadagi talabalarga nisbatan qoʻllaniladi?

Kimga murojaat qilish kerak?

Qachondan boshlab bu tartib amalda qoʻllaniladi?

🔰Shu kabi savollar yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov „Oʻzbekiston 24“ telekanaliga bergan intervyusida javob berdi.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish

‼️EDUUZ ESLATADI❗️

​​⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari ERTAGA boshlanadi.

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23—25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi.

🔰 Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;

2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i hamda ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida:

— to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball;

— birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball);

— ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

❗️Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube