NDPI.UZ
10.4K subscribers
34.2K photos
4K videos
898 files
10.7K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Institutta jańa oqıw jılına tayarlıq barısı úyrenildi

Ózbekstan Respublikası Prezidenti Sh.Mirziyoev basshılıǵında usı jıldıń 16-iyun kúni «Joqarı bilimlendiriw tarawındaǵı reformalardıń nátiyjeliligi hám jańa oqıw jılına tayarlıq processleri haqqında» ótkerilgen videoselektor jıynalısında belgilep berilgen wazıypalardan kelip shıǵıp, 2021-2022-oqıw jılına tayarlıq barısı Joqarı hám orta arnawlı bilimlendiriw ministrligi jáne Ministrler Kabineti janındaǵı Bilimlendiriwdiń sapasın qadaǵalaw boyınsha mámleketlik inspekciyasınıń juwapker wákilleri tárepinen orınlarǵa shıǵıp úyrenilmekte.

Tolıq maǵlıwmat 👉 https://ndpi.uz/qq/2021/08/19/15865/

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
Prezident grantı ushın talabanlar dizimi járiyalandı. Olar arasında Qaraqalpaqstannıń joqarı oqıw orınlarına tapsırǵan abiturientler de bar

Tolıq maǵlıwmat
👉 https://ndpi.uz/qq/2021/08/19/15872/

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
⚡️17-avgust kúni magistratura qánigeliklerine ótkerilgen imtixanlardıń nátiyjeleri járiyalandı

Usı jıldıń 17-avgust kúni Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń magistratura qánigeliklerine ótkerilgen imtixanlardıń nátiyjeleri járiyalandı.

Tolıq maǵlıwmat 👉 https://ndpi.uz/qq/2021/08/20/15874/

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
Музыкалық тәлим ҳәм көркем өнер.PDF
1.7 MB
⚡️17-avgust kúni magistratura qánigeliklerine ótkerilgen imtixanlardıń nátiyjeleri járiyalandı

Usı jıldıń 17-avgust kúni Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń magistratura qánigeliklerine ótkerilgen imtixanlardıń nátiyjeleri járiyalandı.

Kórsetilgen fayllardı júklep alıp, nátiyjeler menen tolıq tanısıp shıǵıwıńız múmkin.

Kanalımızǵa aǵza bolıń 👉 @nmpi1934
#So'ragan_edingiz

102-SAVOL:
Assalomu alaykum. Menga litseydan telefon qilib, tanlagan yo‘nalishim yuzasidan akademik litseylarni ustuvorlik bo‘yicha belgilashim kerakligini aytishdi. Ustuvorlikni belgilash tartibi qanday?

JAVOB:
Joriy yilda litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda o‘quvchi ustuvorlik sifatida:

🔹 litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirib, hujjat topshirgan 5 ta akademik litseylarni fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan yo‘nalishlarni ketma-ketlik asosida belgilaydi.

Masalan, o‘quvchi hujjat topshirgan akademik litseyning aniq fanlar (iqtisodiyot) ta’lim yo‘nalishini tanlasa, qolgan tanlagan ta’lim muassasalari yo‘nalishlari ham aniq fanlar (iqtisodiyot) bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, test topshirish ta’lim tilini (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va chet tillar sifatida (ingliz, nemis, fransuz) tillardan birini aniq ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

❗️Test imtihonlari natijalari o‘quvchi tanlagan akademik litseylarning qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha tanlangan ustuvorlik asosida chiqariladi. Bunda o‘quvchi to‘plagan ball tanlagan ustuvorlik ketma-ketligidagi akademik litseylardan birining o‘tish baliga to‘g‘ri kelsa, faqatgina o‘sha akademik litseyga qabul qilinishda inobatga olinadi.

103-SAVOL:
Men Buxoro viloyatidanman. Toshkent shahridagi akademik litseylarga hujjat topshirganman. Imtihonlarni Buxoroda topshirishim mumkinmi? Yoki Toshkentga borib topshiramanmi?

JAVOB:
Joriy yilda tanlagan akademik litseylari joylashuvi qaysi hududda joylashganidan qat’i nazar o‘quvchi test topshirish hududini o‘zining yashash manziliga yaqin bo‘lgan hududda topshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetida ustuvorlikni belgilayotganda test topshiradigan hududni ham aniq ko‘rsatishi lozim.

👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ESLATMA!

⚠️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔚 Bugun, 20-avgust
litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili
uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

🌡 Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlariga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan. Mazkur abituriyentlar uchun tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va “mandat” Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.
____________
👉 @eduuz
#Qabul_2021

Davlat test markazi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot

🔰 Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️ Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.

☝️ Ma’lumot o‘rnida, 16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube