NDPI.UZ
10.4K subscribers
34.2K photos
4.01K videos
898 files
10.7K links
Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutınıń rásmiy Telegram kanalı

Veb-sayt 👉 https://ndpi.uz
Instagram 👉 https://instagram.com/ajiniyaz_nmpi
Facebook 👉 https://facebook.com/NukusDPI

Bizge múrájat 👉 https://t.iss.one/imatekov
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! TALABALARGA YANA BIR YENGILLIK!!!

⚡️Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga
ham 10 foiz chegirma beriladi

🔥Koʻpchilik talabalar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi yoki kechki ta’lim shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
———
👀👉 Eduuzni kuzating!
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik_2

⚡️DIQQAT! YANA BIR MUHIM YANGILIK!!!

🔥Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida SUPER KONTRAKT ASOSIDA tahsil olayotgan talabalarga
ham 10 foiz chegirma beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son qarorining 7-bandiga koʻra belgilangan tartibga muvofiq, talabalar oʻqishini koʻchirish (koʻchirib tiklash), shuningdek, abituriyentlarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga bakalavriatga talabalikka tavsiya etishda 2021/2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari qoʻllanilishi hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

🤔 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi qanday

🎥 Ushbu videorolik orqali hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik

DIQQAT! MUHIM‼️

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2021-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

✔️Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Talabaga_yengillik

⚡️TEZKOR! MUHIM YANGILIK!!!

📌 Qishki ta’tilning boshlanish sanasi oʻzgardi

🔰 Talaba va oʻquvchilarga qoʻshimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryoʻl va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50 foizli chegirma bilan xarid qilish imtiyozi 25-dekabrdan e’tiboran qoʻllanishi belgilandi.

✔️Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 25-dekabrdagi 537-sonli buyrugʻiga asosan ob-havoning keskin sovushini inobatga olib, talaba va oʻquvchilarga qishki taʼtil davrini oʻz oilalari bagʻrida uzoqroq oʻtkazishlari uchun oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatining boshlanishi ham 2021-yilning 25-dekabriga koʻchirilganligi maʼlum qilinadi.

Sizga qishki ta’tilni mazmunli va maroqli oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Muhim
#Talabaga_yengillik

​​«Uzbekistan Airways» talabalar uchun qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, qo‘shimcha reyslar 20–23-yanvar kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

20-yanvar

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Nukus 19:00/20:40
Nukus – Toshkent 21:20/22:40

21-yanvar

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Buxoro 07:30/08:40
Buxoro – Toshkent 09:20/10:20

23-yanvar

Toshkent – Farg‘ona 12:50/13:40
Farg‘ona – Toshkent 14:20/15:10

Toshkent – Qarshi 08:00/09:00
Qarshi – Toshkent 09:40/10:40

Toshkent – Termiz 07:30/08:50
Termiz – Toshkent 09:30/10:40

Toshkent – Buxoro 07:30/08:40
Buxoro – Toshkent 09:20/10:20

Toshkent – Urganch 12:50/14:20
Urganch – Toshkent 15:00/16:20

Toshkent – Andijon 12:30/13:30
Andijon – Toshkent 14:10/15:00.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#TALABAGA_YENGILLIK

⚡️MUHIM!

👨🏻‍💻 Aylanma varaqa (“обходной лист”)ni toʻldirish amaliyoti raqamlashtirildi

Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyoti bekor qilinib, “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

👉 talaba oʻz profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun soʻrov joʻnatish imkoniyatiga ega boʻladi;

👉 oliy taʼlim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar boʻlimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona masʼullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;

👉 talaba oʻz profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#TALABAGA_YENGILLIK

Endi chegirmali chiptani xarid qilishda guvohnoma talab etilmaydi

⚡️Gap shundaki, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning chipta.railway.uz platformasi bilan integratsiya qilindi.

👨🏻‍💻 chipta.railway.uz saytida onlayn chipta rasmiylashtirish jarayonida faqatgina ushbu platformaga kiritilgan talabalargina “Men talabaman” tugmasini bosish orqali chegirmali chiptani rasmiylashtirishi mumkin.

📌 Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022-yil 21-martdan 23-martgacha davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun elektron temir yo‘l chiptalarini xarid qilish sayti orqali barcha yo‘lovchi poyezdlarga chiptalar xarid qilish imkoniyati yaratildi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Talabaga_yengillik
#mobil_ilova
#hemis

📱 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.

📲 Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:

🔹reyting daftarchasi;
🔸transkript;
🔹oʻzlashtirish koʻrsatkichlari;
🔸nazorat jadvallari;
🔹fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin.

➡️ Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom maʼlumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud.

📥 Ilovani yuklab olish👇

📲 AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

📲 GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

| Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from Edu.uz
​​#Talabaga_yengillik

⚡️Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi

Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.

Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

🏦 Agrobank;
🏦 Aloqabank;
🏦 Asakabank;
🏦 Hamkorbank;
🏦 Ipotekabank;
🏦 Mikrokreditbank;
🏦 Milliybank;
🏦 OrientFinancebank;
🏦 Qishloqqurulishbank;
🏦 Sanoatqurilishbank;
🏦 Turonbank;
🏦 Xalqbanki.

➡️👆Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube