New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
8.42K subscribers
2.98K photos
364 videos
36 files
1.18K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy Prezidenti Wolfgang A. Herrmann universitetga o‘qishga qabul qilingan talabalarga tabrik yo‘lladi!

🎉 Universitetingiz Prezidenti sifatida, quvonchimning chegarasi yo‘q, chunki biz nafaqat navbatdagi o‘quv yilini boshlaymiz, balki dunyo miqyosidagi universitet merosini davom ettiradigan yangi iste'dodli yoshlar, bo‘lajak mutafakkir va liderlarni kutib olamiz...

🔁 English

#FaxriyPrezident #TUM #NewUU

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
👍25🤩9🔥7🎉4
Aziz yurtdoshlar!

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan sizlarni "Yangi O'zbekiston" universiteti jamoasi nomidan muborakbot etamiz.

Mustaqillik bayrami – barchamizning bayramimiz, mustaqil O‘zbekiston – barchamizning faxrimiz, iftixorimiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.

🔁 English

#mustaqillik #bayram #32yil #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🎉25👍13🔥7🤩4
Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatan himoyachilari!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

🔁 English

#tabrik #VatanHimoyachilariKuni

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🎉24🔥7👍5🤩1
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak boʻlsin!

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, sizlarni "27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan tabriklaymiz.

Ushbu quvonchli ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadoningizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti jamoasi


🔁 English

#Press #congratulations #Tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
👍15🔥5🤩3🎉2
Bir boʻlsak – yagona xalqmiz,
Birlashsak – Vatanmiz!


Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligining 33 yilligi barcha vatandoshlarimizga qutlugʻ boʻlsin.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🔁 English

#mustaqillik #bayram #33yil #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔥24👍11🎉6🤩1
“Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Hilola Nazirova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zo etib qabul qilindi.

Bu nafaqat universitetimiz, balki adabiyot va ma’naviyat sohasidagi yutuqlarimiz uchun ham katta sharaf va yuksak e’tirofdir.

⚡️ Hilola Nazirova o‘zining chuqur bilim va izlanuvchanligi, yoshlar tarbiyasidagi ishlarga bo‘lgan alohida e’tibori va ijodiy faoliyati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

🚛 Yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lish ijodkorning o‘z sohasidagi yutuqlari va mehnatining e’tirofi hisoblanadi.

🎗 “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi nomidan Hilola Nazirovani ushbu yuksak sharaf bilan chin dildan tabriklaymiz!

🔁 English

#Vice_Rector #Nazirova #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥56👍31🤩7🎉61
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ayol-qizlar!

🌷Sizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

💐 Siz nafaqat oilaning, balki jamiyatning ham tayanchi, ilhom manbai va ezgulik timsolisiz. “Yangi O‘zbekiston” universiteti jamoasi nomidan sizga sihat-salomatlik, baxt, quvonch va ezgu niyatlaringiz doimo ro‘yobga chiqishini tilaymiz.

Sizning aql-zakovatingiz, fidoyiligingiz va mehribonligingiz dunyoni yanada go‘zal va yorqin qiladi. Har doim qadringiz baland, qalbingiz baxtga toʻlsin!

🌸Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔁 English

#8mart #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2819👍10🔥4🤩2
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti jamoasi barchangizni ezgulik, mehr-oqibat va barakaga yo‘g‘rilgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu fayzli kunlarda qalblaringiz xotirjamlik va shodlik bilan to‘lsin, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, ishlaringizga esa ulkan muvaffaqiyatlar hamrohlik qilsin.

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

🔁 English

#bayram #tabrik #ramazon

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔥37🎉128🤩5👍4
Biz siz bilan faxrlanamiz: universitetimiz xodimlari yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti malakali mutaxassislar jamoasini shakllantirish, ularning kasbiy rivojlanishi va liderlik salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Bugun universitetimizda faoliyat olib borgan bir qator yetuk rahbarlar yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda.

🔹Universitetimiz moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori Xasan Shakirov Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

🔹 Universitetimizda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Murotjon Islamov Al-Xorazmiy universitetining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

🔹 Universitetimizda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Islam El Hadariy esa Al-Xorazmiy universitetining faxriy prezidenti etib tayinlandi.

🔹 Universitetimizda O‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Raxmonjon Axmadjonov Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining transformatsiya bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

🎗 “Yangi O‘zbekiston” universiteti o‘z mutaxassislarining professional o‘sishi va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi bilan faxrlanadi.

🔁 English

#xodimlar #tabrik #tayinlov

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🎉43🔥2316🤩9👍1
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak bo‘lsin!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Hilola Umarova yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar asosida yangi avlodni tarbiyalash yo‘lida ko‘plab yirik tashabbuslarga bosh bo‘lgan, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan yetakchi rahbarlardan biridir.

Ayniqsa, “Yangi Oʻzbekiston” universitetining shakllanishi va rivojlanishida Hilola Umarovaning alohida o‘rni bor.

Hilola Umarova universitetni qisqa fursatda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining yetakchisiga aylantirish, xorijiy hamkorlikni kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga mos ilmiy va innovatsion muhit yaratish borasida ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Universitet bugun nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham nufuzi ortayotgani bu — Hilola Umarova singari fidoyi rahbarlarning mehnati samarasidir.

Yangi lavozimda Hilola Umarovaga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va yurt taraqqiyoti yo‘lida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🔁 English

#tayinlov #tabrik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
102🔥5525👍12🎉9🤩9