New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.04K subscribers
2.65K photos
334 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan tashkil etilgan “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) nomli xalqaro ilmiy konferensiyaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

📚 Ushbu konferensiyaga 50 ga yaqin dunyo bo‘ylab ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishdi.

💥 Xususan, Germaniyaning Myunxen Texnika universiteti (TUM) universiteti hamda Amerikaning Massachussets Texnologiya Instituti (MIT) vakillari ham konferensiyaga mehmon sifatida tashrif buyurib, o'zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

📌 Axborot texnologiyalari sohasiga doir sessiyalar davom etmoqda.

🔁 English

#conference #ISISCA_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) xalqaro ilmiy konferensiyaning birinchi kunidan video lavha

Konferensiya davomida Soon Ae Chun (Nyu York Shahar universiteti, AQSh) “Bog‘langan va aqlli jamiyat davrida ishonch va risklarni boshqarish” mavzusida taqdimot namoyish etdi.

📌 Parallel sessiyalar davom etmoqda.

🔁 English

#conference #ISISCA_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) xalqaro ilmiy konferensiyasi haqida "Hudud" informatsion dasturida lavha tayyorlandi.

🔁 English

#conference #ISISCA_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ishtirokchilar_nima_deydi

ICISCA 2023 xalqaro ilmiy konferensiyasiga Germaniyaning Myunxen texnika universitetidan kelgan Friederike Hettinger o'z taassurotlari bilan bo'lishdi.

Har safar Toshkentga kelganimda yurtingizdagi hamda "Yangi O‘zbekiston" universitetidagi o'zgarishlarning guvohi bo'lish juda ajoyib. Sizlar bilan ishlash menga zavq baxsh etadi...

🔁 English

#xalqaro_konferensiya #ICISCA_2023 #conference

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari
fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida 10-xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🌐 Konferensiya Germaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilmoqda.

📚 Ushbu konferensiyada barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

👉 Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

👉 Bog'lanish:@dfscontact_bot

🔁 English | Russian

#DiffusionFundamentalsX #conference

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi spikerlari bilan tanishing!

🌐 Spikerlar Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitet olimlari hamda professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.

Konferensiya haqida batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

☁️ Konferensiya bo‘yicha savollarni yuborish: @dfscontact_bot

🔁 English

#DiffusionFundamentalsX #conference

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Leipzigdagi Saksoniya fanlar va gumanitar fanlar akademiyasi prezidenti Hans Wiesmithdan video murojaat

🌐 Joriy yilning 6-8-sentyabr kunlari "Yangi O'zbekiston" universitetida o'tkaziladigan "Diffusion Fundamentals X" xalqaro ilmiy konferensiyasida asosiy ma'ruzachi sifatida ishtirok etuvchi Hans Wiesmith konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo'lladi.

Bunga ko'ra, olim o'zining tadqiqoti yashil iqtisodiyot yo'nalishda ekanligi, asosiy e'tiborni suvni tejash, iqlim o'zgarishi, sanoatda, ayniqsa to'qimachilikda chiqindilarni kamaytirishga e'tibor qaratishini ta'kidladi.

👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2019-2030-yillar davrida Respublikaning yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi tasdiqlandi. Men ushbu muhim mavzu bo'yicha o'zbekistonlik tadqiqotchilar bilan muloqotda bo'lishni intiqlik bilan kutyapman..."

🔁 English

#speakers #conference #Diffusion_fundamentals

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Volontyorlar diqqatiga!

🌐 Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari
10-xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🔥 Nufuzli xalqaro ilmiy konfernsiyada ishtirok etish, dunyo miqyosida yuqori o'rinlarda turuvchi top universitetlar olimlari bilan aloqa o‘rnatish va o‘z tajribasini yanada oshirish istagida bo‘lgan yoshlar volontyorlikka qabul qilinadi.

Volontyorlar uchun talablar:
🔹istalgan universitet talabasi yoki abituriyent bo‘lish;
🔹o‘zbek va ingliz tillarida gaplasha olish;
🔹odamlar bilan tez va oson muloqotga kirisha olish.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish 25-avgustga qadar davom etadi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tganlar suhbat asosida saralab olinadi.

🔁 English

#volunteers #Diffusion_fundamentals #conference

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo reytingida 22-o'rinda turuvchi Buyuk Britaniyaning "University College London" (UCL) universiteti professori Marc-Olivier Coppensdan video murojaat.

"...Avvalgi konferensiya jarayonlari menda ajoyib xotiralar qoldirgan. Konferensiyaning to'rtinchi marta 2011-yil Nyu-Yorkdagi Rensselaer politexnika institutida o'tkazilshini o'zim tashkil qilganman va u Yevropadan tashqarida birinchi marta o'tkazilishi edi.

Konferensiyalar tobora xilma-xil va fanlararo bo'lib bormoqda, bu menga juda yoqadi, chunki bu fikr almashish, ijodkorlik hamda innovatsiyalar uchun juda muhimdir.

Shu bois, Diffuziya asoslari konferensiyasining Osiyoda birinchi
marta Toshkent shahrida o'tkazilayotganidan juda mamnunman va o'zbekistonlik hamkasblarimga uni tashkil qilayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman."

🔁 English

#speakers #conference #Diffusion_fundamentals

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🌐 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 6-8-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasining ochilish marosimi ertaga soat 9:00 da boshlanadi!

Ochilish marosimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti konferensiya zalida bo‘lib o‘tadi.

👇Quyidagi havolalar orqali siz konferensiya o‘tkaziladigan manzil geolokatsiyasi va video yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

📍Geolokatsiya
📍Video yo‘riqnoma

🔁 English

#conference #Diffusion_fundamentals

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.

📌 Eslatib o'tamiz, konferensiya 8-sentabrga qadar davom etadi. Unda 25 nafar xorijning nufuzli universitetlaridan olimlar ishtirok etishmoqda.

🔁 English

#conference #Diffusion_fundamentals #opening

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaning Kornel universiteti professori Lawrence Blume bilan qiziqarli intervyu tashkil etildi!

Ushbu intervyuda professorning taqdimot mavzusi haqida qisqacha tushuncha olishingiz va konferensiyaning ahamiyati haqida bilib olishingiz mumkin.

An intriguing interview was organized with Professor Lawrence Blume from Cornell University!

In this interview, you can get a brief overview of the topic of the professor's presentation and learn about the significance of the conference.

#conference #Diffusion_fundamentals #interview

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi davom etmoqda!

🌐 Konferensiyaning ikkinchi kunida xorijlik olimlar tomonidan turli mavzularda taqdimotlar namoyishi davom ettirildi.

Shuningdek, bugun Buyuk Britaniyaning “University College London” universiteti professori Mark-Olivier Koppens maktab o‘quvchilari uchun seminar o‘tdi.

💥 Seminar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari “Kimyo sohasidagi innovatsiyalar” mavzusida qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi.

🔁 English

#conference #Diffusion_fundamentals #seminar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasining ochilish marosimidan videolavha

The video from the opening ceremony of the international scientific conference Diffusion Fundamentals-X.

#conference #Diffusion_fundamentals #opening

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi yakunlandi!

🌐 Konferensiyaning yopilish marosimida uni ilk marotaba tashkil etgan olimlar Hans Wiesmeth, Jörg Kärger va Gero Vogllar konferensiyaning tarixi va ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, konferensiyada faol ishtirok etgan yoshlarga sertifikat taqdim etildi.

Konferensiya yakunida xorijlik olimlar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

🎗 Uch kun davom etgan xalqaro ilmiy konferensiya barcha uchun foydali bo‘ldi.

🔁 English

#conference #Diffusion_fundamentals #closing

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O'zbekiston” universitetida uch kun davom etgan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasidan videolavha.

A video from the international scientific conference Diffusion Fundamentals-X at New Uzbekistan University lasted for three days.

#conference #Diffusion_fundamentals

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-site | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Leipzigdagi Saksoniya fanlar va gumanitar fanlar akademiyasi prezidenti Hans Wiesmith bilan intervyu!

"Biz bu yerga keldik va bu faqat siz bizdan o'rganishingiz uchun emas. Menga ishoning, men homiylar, "Yangi O'zbekiston" universitetining rektori, prorektori va talabalar bilan uchrashib, ko'p narsalarni o'rgandim.

Demak, o'rganish bir tomonlama emas, bu har doim ikki tomonlama bo'ladi. Shuning uchun bu kabi konferensiyalarning o'tkazilishi har doim muhimdir..."

#conference #Diffusion_fundamentals #interview

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook