New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.05K subscribers
2.66K photos
336 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
“Maktab bitiruvchilari uchun IT universitetlar va imkoniyatlar” mavzusida onlayn seminarda qatnashing!

Bugun, 12-aprel kuni soat 12:00da IT universitetlari vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etiladi. Unda “Yangi O‘zbekiston” universiteti prorektori Baxtiyor Yuldashev ham ishtirok etadi.

☑️ Taqdimotlar orqali mazkur universitetlardagi mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va kelgusida zamonaviy kasblarni egallash uchun yo‘nalishlar bo‘yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

🔵 Onlayn muloqotga quyidagi havola orqali kirish mumkin:
👉 https://www.youtube.com/@UzEdu1/streams

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti va V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda matematika bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda!

🗓 Joriy yilning 15—16-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston“ universitetida “International Conference on Operator Algebras, Varieties of Algebras and Related Topics” xalqaro ilmiy matematika konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiyada V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutidan🇺🇿 akademik Ayupov Shavkat, 🇫🇷Fransiyaning Strasburg universiteti professorsi V. Dotsenko va 🇪🇸Ispaniyaning Vigo universitetidan X. Garcia-Martinez ishtirok etishadi.

📌 Konferensiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/8DP4KMzh1Q5WWATY6

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetida o'qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Endilikda siz 2023/2024-o‘quv yilidan bakalavr bosqichida quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihonlarni o‘z xohishingizga ko‘ra may yoki avgust oyida topshirishingiz mumkin.

☑️ O‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

📌 Bog'lanish: +998712024111 @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT❗️

❗️“Buyuk allomalar izidan” nomli fan olimpiadasi final bosqichi FIZIKA fanidan 15- aprel kuni o‘tkaziladi.

❗️ Ko‘p sonli ishtirokchilarning talablariga binoan KIMYO fanidan olimpiadaning FINAL bosqishi 6-may kuni o'tkaziladi!

Kimyo fanidan xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi 15-16-aprel kunlari o'tkazilishi va unda ishtirok etuvchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda KIMYO fanidan olimpiadaning final bosqichi 6-may kuniga ko'chirildi.

👉 Bog‘lanish: @newuucontact_bot

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Fizika fanidan olimpiadaning ertaga o'tkaziladigan final bosqichiga yaqinlarim bilan borsam bo'ladimi?

Javob: "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichiga o'tgan barcha bitiruvchi sinf o'quvchilari o'z yaqinlari bilan kelishlari mumkin.

Olimpiada ertaga 15-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi. Olimpiada boshlanishidan 1 soat oldin kelishingiz so'raladi.

📍Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti (Mustaqillik avenue, 54).

🎗G'oliblar shu kunning o'zida taqdirlanadi!

🎉 Yaqinlaringiz va oila a'zolaringiz bilan kelib, quvonchli daqiqalaringizni birgalikda o'tkazing! Ertangi olimpiadada barchani kutib qolamiz!

🏆 Eslatib o'tamiz, fizika fanidan mutlaq g'olib 🥇 20 million so'm pul mukofoti, shuningdek, 10 nafar sovrindor esa 2 million so'mdan pul mukofotlari va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olish uchun 38 million so'mlik grant bilan hamda medal va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
"Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichiga start berildi!

🔴 Olimpiadani siz ushbu havola orqali jonli tarzda kuzatib borishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=SeIjkF2jCTM

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Buyuk allomalar izidan.” Fizika fanidan final bosqichi g'oliblari taqdirlanadi!

Olimpiadaning fizika fanidan o'tkazilayotgan final bosqichida joriy yilning 9-aprel kuni o'tkazilgan saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 100 ga yaqin yoshlar ishtirok etishmoqda.

🔴 Olimpiadani quyidagi havola orqali jonli tarzda tomosha qilib borishongiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=SeIjkF2jCTM

📌 Eslatib o'tamiz, fizika fanidan final bosqichida g'olib bo'lganlar bugunning o'zida taqdirlanadi. Mutlaq g'olib 🥇 20 million so'm pul mukofoti, shuningdek, 10 nafar sovrindor esa 2 million so'mdan pul mukofotlari va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olish uchun 38 million so'mlik grant bilan hamda medal va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Navoiylik o'quvchi 20 million so'mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram