New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.05K subscribers
2.66K photos
336 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram

Times Higher Education tashkiloti bilan mavjud hamkorlikni davom ettirish masalasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi!

Mazkur uchrashuvda THE tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va uning samaradorligi muhokama qilindi. Shuningdek, Times Higher Education tashkiloti quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatishga tayyor ekanligi muhokama qilindi:

🔹 THE veb saytida universitetning alohida profilini ochish va unda video, rasm hamda universitet to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish;
🔹 THEning “UniJobs” platformasida е’lоnlаr joylashtirish;
🔹 “ТНЕ Impact Ranking” bo‘yicha simulyatsiya (dastlabki baholash) dasturini amalga oshirish;
🔹 “ТНЕ Impact Ranking”ni aniqlash uchun talab qilinadigan hujjatlar bo‘yicha tahliliy platformani 3 yil davomida ishlatish imkonini berish.

🔁 English


⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Ushbu hamkorlik memorandumi doirasida:
— talabalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda soha korxonalarida amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;
— sohaning dolzarb muammolarini yechishga qaratilgan birgalikda tadqiqotlar olib boriladi.

📌 Tomonlar hamkorlik ishlarini tez orada boshlashga va sohani yanada rivojlantirishga kelishib olishdi.

👉 Batafsil

🔁 English

#Uchrashuv #Oʻztoʻqimachiliksanoat

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Germaniyaning TUM universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

“Yangi O‘zbekiston” universiteti va Myunxen Texnika universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda, ta’lim dargohida ijtimoiy hayotni rivojlantirish orqali ta’lim berish sifatini yanada oshirish, shuningdek “Yangi O‘zbekiston” universitetining tadqiqot va innovatsiya hamda ta’lim faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.

👉 Batafsil...

🔁 English

#online_meeting #onlayn_uchrashuv #TUM

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
📣📣Yuqori sinf o‘quvchilari diqqatiga!

⚡️Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki maktab” loyihasiga qabul boshlanmoqda.
🔹“Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan tanishish;
🔹o‘zini talaba sifatida sinab ko‘rish;
🔹yangi yilda dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish;
🔹chet ellik va mahalliy professorlardan mahorat darslarini tinglash;
🔹o‘zi uchun kelajakda foydali tavsiyalar olish xohishida bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilarini “Qishki maktab” loyihasiga taklif etamiz.

Qishki maktab” loyihasida qatnashish uchun sizdan nimalar talab etiladi?

❗️ O‘zingiz haqingizda umumiy ma’lumotlarni va “What makes you feel inspired?” mavzusida qisqa motivatsiya xatini havola orqali to‘ldiring: https://forms.gle/UwGLRu9uDNQApFme6

👉 Batafsil

📆 Ariza topshirish muddati: 26-dekabr 23:59 gacha
27-dekabr kuni javoblar e'lon qilinadi

🔁 English

#qishki_maktab #winter_school

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook