New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.66K photos
335 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI DELEGATSIYASI ISTANBUL TEXNIKA UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI!

🏛 Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda “Yangi O’zbekiston” universiteti vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasidagi Istanbul Texnika Universitetiga tashrif amalga oshirdi.

✔️ Tashrif davomida delegatsiyaga universitet to‘g‘risida taqdimot o‘tkazilib, uning kampusi bilan yaqindan tanishtirildi. Undagi, o‘qitish, tadqiqot o‘tkazish, turli xil startap loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

✔️ Shuningdek, doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, talabalar almashinuvi, “double degree” kabi dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

📌 Ma’lumot uchun: Istanbul Texnika Universiteti xalqaro reytingda (“Times Higher Education”) dunyoda 600, Osiyoda 141-o‘rinni egallaydi.

🔁 English

#Tashrif #Istanbul_texnika_universiteti

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti va Yildiz texnika universiteti o‘rtasida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

🏛Yangi O‘zbekiston” universiteti va Prezident ta’lim muassasalari agentligi vakillaridan iborat Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan delegatsiya Yildiz Texnika Universitetiga tashrif buyurdi.

✔️ Tashrifda turk universitetining talabalar klublari, ilmiy-tadqiqot markazi, texnopark kabi ajralib turadigan o‘ziga xos yo‘nalishlari o‘rganildi.

✔️Shuningdek, Yildiz texnika universiteti "Yangi O‘zbekiston" universitetiga startap loyihalarni amalga oshirishda o‘zining boy va qimmatli tajribasini ulashishga tayyorligini bildirdi.

📌 Ma’lumot o‘rnida: Yildiz Texnika Universitetida o‘zining kuchli ekotizimi bilan ajralib turadi. Dunyo reytingida yuqori 1000 talikka kiruvchu mazkur universitetda hozirda 11 ta fakultet mavjud bo‘lib, 35 mingta talaba tahsil oladi.

🏷 Imkoniyatlar cheksiz, maqsad yagona!

🔁 English

#Tashrif

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universitetida dars berayotgan professor Nikita Murzintcev bilan intervyu

✔️ “Mening mutaxassisligim – sun’iy intellekt yoki boshqacha qilib aytganda ''Machine learning'' hisoblanadi...“Yangi O‘zbekiston” universitetining bitiruvchilari ishlashga, yoki o‘z biznesini boshlashga tayyor bo‘lishadi. Shuning uchun ham men bu yerdaman”.

#Intervyu #Professorlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
📣 “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

🏛 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston universitetiga o'qishga qabul qilingan talabalar o'quv shartnomasi va to'lov hujjati (kvitansiya)ni platformaga yuklash osonlashtirildi.

✔️Buning uchun:
🔹Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirasizhttps://marketing.newuu.uz/
🔹Pasport seriyasi va raqamini birinchi ustunga, "KIRISH" tugmasi tepasidagi tasdiqlash kodini ikkinchi ustunga kiritasiz;
🔹shartnomani yuklab olasiz va talaba tomonidan to'ldirilishi kerak bo'lgan qismini to'ldirib, imzo qo'yasiz;
🔹hujjatlarni skaner qilgach, shaxsiy kabinetga qayta kirib, "Yuklash" bo'limiga joylaysiz.

❗️Hujjatlar 15-sentabrga qadar yuklanishi so'raladi!

❗️Hujjatini yuklagan yoki asl nusxаsini topshirganlar qayta hujjat yuklashi shart emas.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Nukus_Prezident_maktabi
#Namunali_yoshlar_haftaligi

“YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETI ATMOSFERASI ENDI NUKUS SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

🏛 “Yangi O‘zbekiston” universitetining 2-bosqich talabasi, universitetning talabalar Kengashi bosh vaziri hamda universitetning Zakovat Intellektual o'yini klubi Prezidenti Nursultan Duysenbaev tomonidan Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “NAMUNALI YOSHLAR” haftaligi tashkil etildi.

✔️ 4 kun davomida o‘tkazilgan sport musobaqalari (Shaxmat, tennis, futbol va estafeta o‘yinlari), zakovat intellektual o‘yini va kubik-rubik o‘yinlari hamda film namoyishlari hafta loyihasining yanada yuqori kayfiyatda, mazmunli o‘tishiga sabab bo‘ldi.

📌 Hafta davomida o‘tkazilgan tadbir jarayonlarini va yopilish marosimini Prezident maktabining telegram tarmog‘ida kuzatib borishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida Nano va rivojlangan materiallar muhandisligi yo‘nalishida dars beruvchi professor Malik Abdul Rehman bilan intervyu

...“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari elektronika bo‘yicha bilimlarini universitetdagi so‘ngi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyada oshirishadi hamda kuchaytirgichlar va tranzistorlar kabi kundalik hayotimizda ishlatiladigan elektron moslamalar yaratishadi.
Ushbu yangi universitetda ta’lim olish kelajagingiz uchun ko‘plab imkoniyatlar beradi.
..

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
"Yangi O'zbekiston" universitetiga o'qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

✔️ O'qishga qabul qilingan barcha talabalar quyidagi hujjatlarni universitetga topshirishlari so'raladi:
🔹Passport nusxasi;
🔹IELTS sertifikati nusxasi;
🔹umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi asl nusxasi

📌 Xabar berilganidek mazkur hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati 21-sentabr hisoblanadi. Hujjatlarni belgilangan muddatga qadar universitetga yetkazishingiz so'raladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetiga Malayziyaning MARA texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

✔️ Dastlab delegatsiyaga “Yangi O‘zbekiston” universiteti binosi tanishtirildi hamda tomonlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Universitetlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazilib, batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️ Uchrashuv davomida ikkala universitet o‘rtasida talabalar almashinuvi, aniq fanlar bo‘yicha birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, "double degree" dasturini amalga oshirish kabi hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✔️ Tomonlar tez orada hamkorlik bitimini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldilar.

📌 Ma’lumot uchun, MARA Texnologiya universiteti Malayziyadagi eng yirik universitet hisoblanib, “QS Rankings 2023” jahon reytingida 651-o‘rinni egallaydi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook