New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.05K subscribers
2.66K photos
336 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Universitetda talabalar uchun grantlar qay tartibda ajratiladi?

Prezident universitetiga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat granti BIR O'QUV YILI uchun quyidagi ko'rinishda tabaqalashtirilgan tartibda ajratib beriladi:

Umumuy qabul kvotalarining yo'nalishlar kesimida TOP:
10% talaba uchun - 100%lik grant;

10% talaba uchun - 70%lik grant;

15% talaba uchun - 50%lik grant.

Eslatib o’tamiz:
ushbu tabaqalashtirilgan grant dasturi faqat BIR O'QUV YILI uchun mo'ljallangan. Talabaning keyingi o'quv yilida to'liq yoki qisman grant yoki to'lov shartnoma asosida tahsilni davom ettirishi uning avvalgi o'quv yilida erishgan akademik ko'rsatkichiga bog'liq bo'ladi.

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Darakchi | Президент университетида Samsung Electronics ва Hyundai Motors билан ҳамкорликда қўшма лаборатория очилади
tnews | PREZIDENT UNIVERSITETIDA SAMSUNG ELECTRONICS VA HYUNDAI MOTORS BILAN HAMKORLIKDA QO’SHMA LABORATORIYA OCHILADI
yuz.uz | Президент университетида Samsug Elektroncs ва Hyundai Motors билан ҳамкорликда қўшма лаборатория очилади
kun.uz | Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Янги Ўзбекистон Университети 2022-2023 ўқув йили учун қабул жараёнлари якунига оз қолди.
grantlar.uz | Yangi O'zbekiston Universitetidan bakalavr bosqichida oʻqishni istagan intiluvchan yoshlar uchun takrorlanmas imkoniyatlar!
Пресса.уз Последняя неделя приема документов в Президентский Университет!
Дайджест Последняя неделя приема документов в Президентский Университет!
Platforma.uz | Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O'zbekiston universiteti 2022-2023 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakuniga oz qoldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Янги Ўзбекистон университетининг янги қурилаётган биносида Жанубий Корея ҳамкорлигида қўшма лаборатория очилиши кутилмоқда
#15june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Qabul

Yangi O'zbekiston universiteti talabalariga qanday grantlar ajratiladi

⚡️ Universitet kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritgan talabalar uchun necha foizlik grantlar taqdim etilishi haqidagi ma'lumot bilan universitetimizning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Batafsil
Diqqat e'lon!

Bugun, 16-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O”zbekiston universiteti vakillari ishtirokida onlayn video muloqot bo'lib o'tadi.

🔰 Siz:
universitet tuzilmasi, fakultet va yo'nalishlar;
qabul kvotalari;
imtihon jarayonlari;
grant ajratish tartibi;
universitet tuzilmasida amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin;

📲 Video muloqot universitetning TELEGRAM tarmog'idagi sahifasida bo'lib o'tadi.

Vaqt: 16:00
👉 Ulanish uchun

—————————————————

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Onlayn_muloqot

📣 Bo'lib o'tishi kutilayotgan onlayn video muloqot uchun o'zingizni qiziqtirgan savollarni IZOHLAR qismida yozib qoldirishingiz mumkin 👇
#FAQ

SAT sertifikatiga ega bo'lgan abvituriyent matematika fanidan bo'ladigan imtihonlardan ozod qilinadimi?
❗️ SAT sertifikatiga egalik abituriyentni kirish imtihonlaridan ozod qilmaydi.

Universitetga kirish uchun yosh chegarasi mavjudmi? Men maktabni 10 yil oldin tamomlaganman. Prezident universitetiga topshira olamanmi?
❗️Prezident universitetiga kirish uchun yosh chegarasi mavjud emas. Istalgan shaxs universitetga topshirish huquqiga ega.

Maktabni to'liq 5 bahoga tugatgan abituriyent uchun universitetga kirishda imtiyozlar bormi?
❗️Abituriyentning maktab baholari kirish imtihon jarayonlarida inobatga olinmaydi.

Universitet talabalari uchun yotoqxona mavjudmi?
❗️ Albatta. Universitetga kirgan talabalar yotoqxona bilan ta'minlanadilar.

Prezident universitetining boshqa oliygohlardan farqi nimada?
❗️Prezident universiteti boshqa universitetlardan quyidagi afzalliklari bilan farqlanadi:
universitetda o'quv dasturlari o'z yo'nalishi bo'yicha dunyoda YETAKCHI o'rinlarda turuvchi Massachusets Texnologiya Instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan HAMKORLIKDA ishlab chiqiladi;
kirish imtihonlari Cambridge Assessment International education tashkiloti tomonidan olinadi va imtihon natijalari aynan shu tashkilotning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi;
talabalarimiz ilk o'quv yildanoq AQSH, Germaniya va Janubiy Koreya kabi davlatlardagi eng nufuzli korxona va laboratoriyalarda amaliyotga yuboriladilar;
talabalarimiz uchun mahalliy korxonalarda haq to'lanadigan amaliyot dasturi mavjud;
universitetni bitirgan talabalarimiz rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro'yxatiga kiritiladi;

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent, Namangan, Xiva va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablarining bitiruvchilari Prezident universitetida bo'lishdi.

⚡️ Prezident maktablari o'quvchilari uchun universitet taqdimoti va kampus tur tashkil etildi.

O'quvchilar Prezident universitetida yaratilgan sharoitlar va o'quv jarayonlariga ulkan qiziqish bildirdilar.

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Qabul
#Grant

🔰 Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat granti quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:

a) xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;

b) Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:
- xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;

- ta’lim yo’nalishlari bo’yicha belgilangan umumiy qabul kvotalarining 5 foizi miqdorida ajratilgan kvota bo’yicha o’qishga qabul qilingan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga.

Ma’lumot o’rnida: Mazkur grant tartibi BUTUN O'QUV YILI (4 yil) uchun saqlab qolinadi.

🏃 Arizalar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.
#Qabul
#Grant

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universiteti uchun belgilangan TO'LOV SHARTNOMA MIQDORI va tabaqalashtirilgan GRANT taqdim etish tartibi haqida quyidagi infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin!

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
#Samples_of_entrance_exam

To accommodate our applicants' request, we are sharing samples of entrance exams on the subjects of PHYSICS, MATHEMATICS and CHEMISTRY.🤗

We hope it will help all of YOU to prepare for your entrance exams better