New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.66K photos
335 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida – SAT mock testlari!

Mart oyida SAT imtihonini topshirishni rejalashtiryapsizmi?
O‘z bilimlaringizni sinab ko‘rib, haqiqiy SAT imtihoniga tayyor ekanligingizni tekshirib olishni xohlaysizmi?

💥 Endi bu imkoniyat sizda bor! “Yangi O‘zbekiston” universiteti Islomxon Saidov jamoasi bilan birgalikda har hafta haqiqiy SAT imtihoni formatiga mos oflayn MOCK TESTlar o‘tkazmoqda.

📋 Mock test yakunida esa Islomxon Saidov va SAT English ustozlarimiz tomonidan test tahlillari ham bo'lib o'tadi.

Shuningdek, "Yangi O'zbekiston" universiteti SAT imtihonlarini o'tkazadigan rasmiy tan olingan markaz ham hisoblanadi, bu esa sizga haqiqiy jarayonda barchasi qanday bo'lishini his qilish imkonini beradi.

♻️ Mock Test tafsilotlari:

Sana: 12.01.2025
Vaqti: 11:00
Manzil: Toshkent shahar, M.Ulugʻbek tumani, Movarounnahr 1, Yangi Oʻzbekiston Universiteti

🆙 Mock testlar Bluebook dasturiga mos ravishda, haqiqiy SAT formatida o‘tkaziladi.

🔏 O‘z ustingizda ishlab, imtihon oldidan bilimlaringizni baholab, kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlab olasiz.

Roʻyxatdan oʻtish uchun ➡️ shu yerni ⬅️ bosing.

Joylar soni cheklangan, shoshiling va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon!” shiori ostidagi bayram tadbiri oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan 16-yanvar kuni oʻtkaziladigan ushbu tadbirga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

☑️ Tadbir maqsadi yosh harbiy olimlar tomonidan yaratilgan innovatsion kashfiyotlarni keng ommaga targ‘ib etish hamda yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlarining mazmun va mohiyatini ochib berishdan iborat.

🗓️Tadbir sanasi: 16.01.2025
Vaqti: 10:00-15:00

🎗️ Tadbirda qatnashchilar havo sharida yuqoriga ko'tarilish va harbiy texnikalardan bevosita foydalanib ko'rish imkoniga ega boʻladilar.

🔁 English

#vatanhimoyachilari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetida hafta davomida o'tkazilgan uchrashuv va muhim tadbirlar

🔹Koreys tili oʻqituvchilari uchun qayta tayyorlov kurslari tashkil etildi.

🔹Germaniyaning Deutsche Bahn AG (DB) kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Xitoy energetika kengashi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

🔁 English

#haftalikyangiliklar #weeklynews

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.

Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.

Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semester mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta`minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
Xalq va armiya – bir tanu bir jon: “Yangi O‘zbekiston” universitetida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

💥O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Xalq va armiya – bir tanu bir jon" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qatnashchilar uchun:
🔹orkestr, harbiy qo‘l jangi jamoalarining chiqishlari;
🔹harbiy texnika, qo‘l jihozlari va desantchilar tayyorgarlik uskunalari ko‘rgazmasi;
🔹kamondan otish, ot sporti, karting, motokross, triatlon, aviamodel va raketa modellari sport seksiyalari namoyishi;
🔹"Yangi asr avlodi" badiiy kitoblar yarmarkasi;
🔹havo sharida ko'tarilish tashkil etildi.

⚡️ Shuningdek, universitetning faol talabalaridan tuzilgan "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolariga xizmat guvohnomasi topshirildi.

🔁 English

#vatanhimoyachilari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NewUUda talabalik hayoti qanday?

💥 “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 4 yil tahsil olgan va ilk bitiruvchi bosqich talabalarimizdan biri Qurbon Abduxakimov talabalik hayoti qanday o'tgani haqida gapirib berdi.

👍 To'liq video: https://youtu.be/NBbCyNcY8R0

⚡️ Top-10 bitiruvchilar loyihasiga bitiruvchi bosqich talabalarimizni yanada faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

🔁 English

#top10 #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taqdirlash va yil sarhisobiga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi

Bugun “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tashkil etilgandan buyon amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, universitet hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh xodim hamda professor-oʻqituvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

🚛 Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va universitetning bir guruh talaba, xodim va professor-oʻqituvchilariga turli esdalik sovgʻalari topshirdi.

💥 Shuningdek, universitetimizning eng faol 4 nafar vakili Xalq ta'limi a'lochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

⚡️ Universitet bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelayotgan Huawei kompaniyasi vakillari ham taqdirlanib, universitetda Huawei ICT akademiyasi ochilish marosimi oʻtkazildi.

🔁 English

#taqdirlash #sarhisob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM