New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
7.2K subscribers
2.89K photos
355 videos
36 files
1.14K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Amerikaning Dallasdagi Texas universiteti professorlari bilan tanishuv!

🌐 “Yangi O‘zbekiston” universitetidan Amerikaning Dallasdagi Texas universitetiga qisqa muddatli amaliyotgan yuborilgan talabalar materialshunoslik va muhandislik yo‘nalishi tadqiqotchi olimlari va professorlari bilan tanishtirildi.

Talabalarimiz amaliyot davomida o‘zlariga biriktirilgan professorlar bilan turli laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tish va o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar olib borish imkoniga ega bo‘lishadi.

🎗Ushbu amaliyot talabalarimizga juda katta tajriba bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

🔁 English

#amaliyot #USA #Texas

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universiteti professori Germaniyadagi ilmiy simpoziumda!

🌐 Universitetning Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishi professori Clemens Woywod Germaniyaning Myunxen texnika universiteti (TUM)da “Zichlik funksional nazariyasi, sorbsiya va kataliz” nomli simpoziumda ishtirok etdi.

Mazkur simpozium TUM universiteti ximik professori Notker Roeschning 80 yillik xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan bo‘lib, kimyo sohasidagi yangiliklar muhokama qilindi.

🎗 Professorimizning ilmiy faoliyatida omad tilaymiz!

🔁 English

#simpozium #Germany #TUM

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston“ universiteti vakillari Xitoyda!

🌐 Mexanika muhandisligi talabasi Azat Ktaybekov va universitet vakillari “Lazerli texnologiya va uni rivojlanayotgan davlatlar sanoatida joriy etish” mavzusida tashkil etilgan seminarda ishtirok etishdi!

Seminar davomida lazerli texnologiyalarning sanoatdagi ahamiyati, undan to‘g‘ri foydalanish va samarali jihatlari haqida yig‘ilganlarga amaliy misollar bilan tushuntirishlar o‘tkazildi.

💥 Shuningdek, seminarda har bir davlat vakillari o‘z yurtida lazerli moslamalardan foydalanish bo‘yicha tanishtiruv taqdimoti tayyorlab, yig‘ilganlarga namoyish etishdi.

🎗 Mazkur seminar talabamiz va universitetimiz vakillari uchun juda katta tajriba bo‘lib xizmat qiladi.

🔁 English

#seminar #Xitoy #lazerli_texnologiyalar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari “Huawei Connect 2023” dasturida ishtirok etishmoqda!

🌐 Xitoyning Huawei kompaniyasi axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni namoyish etish maqsadida “Huawei connect 2023” tadbirini tashkil etdi.

🤖Tadbirda biznes modellar ko‘rgazmasi, sun'iy intellektdan foydalanish, ta'lim sohasida qo'llanadigan zamonaviy texnologiyalar hamda aloqa vositalaridagi yangiliklar muhokama etildi.

🎗Tadbir universitetimiz vakillari uchun tajriba almashish va yangi hamkorlik aloqalari o'rnatish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

🔁 English

#event #Xitoy #Huawei

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida tanishtiruv haftaligi!

🏛 Birinchi kursga o‘qishga qabul qilingan barcha talabalar uchun 3-oktabr kunidan tanishtiruv haftaligi boshlanadi.

✔️ Universitet an’analariga ko‘ra birinchi va yuqori kurs talabalari bilan hamkorlikda o‘quv yili boshlanishidan avval bir hafta davomida tanishtiruv haftaligi tashkil etiladi.

Mazkur haftalikda:

🔹Talabalar kengashi bilan tanishuv;
🔹universitet binosiga sayohat;
🔹professor-o'qituvchilar bilan tanishuv;
🔹intellektual o'yinlar;
🔹sport musobaqalari;
🔹psixologik treninglar;
🔹bayram tadbiri bo'lib o'tadi.

📍Manzil: Mustaqillik shoh ko'chasi, 54-uy.

🎗Yangi O‘zbekiston” universitetining barcha talabalarini ushbu haftalikda ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

🔁 English

#Tanishtiruv_haftaligi_2023 #orientation_week_2023

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga birinchi kursga o'qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

Barcha birinchi bosqich talabalari universitet rasmiy saytiga kirib, shartnoma bilan tanishib chiqishi, uni onlayn imzolashi va yuklab olishi mumkin.

Buning uchun siz:

🔹havola orqali kirishingiz (havola so'zi ustiga bosing)
🔹pasport yoki ID kartangiz seriya va raqamini kiritishingiz
🔹shaxsiy ma'lumotlaringizni to'ldirishingiz
🔹JShShIR (PINFL) ni terib kontrakt bilan tanishishingiz
🔹shartnomangizni yuklab olishingiz mumkin.

📌 Eslatib o'tamiz, barcha birinchi kurslar uchun tanishtiruv haftaligi 3-oktabrdan boshlanadi.

🔁 English

#shartnoma

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi!

Universitet ayol-qizlari bugun milliyligimiz namunasi, o‘zbek ayolining ko‘rki hisoblangan xonatlas matosidan tayyorlangan go‘zal liboslarda universitetga kelishdi. Festivalda respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ham ishtirok etdi.

❇️ “Xon atlas” festivali universitetimiz professor-o‘qituvchilari, talaba va xodimlar uchun tashkil etilgan turli chellenjlar va ko‘tarinki ruhdagi bayramga ulanib ketdi.

🎗 Bu kabi festivallar ayol-qizlarimiz orasida milliylik ruhini yanada orttirishga xizmat qiladi.

🔁 English

#festival #xonatlas

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook