New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
7.36K subscribers
2.9K photos
357 videos
36 files
1.14K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarimiz Germaniyaning eng yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tashadi

💫 Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan 2021-yil Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan edik.

🌐 Shunda “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya bilan nafaqat ta’lim, balki ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniy sohalarda ham aloqalarni kuchaytiruvchi maskan bo‘lishi maqsad qilingan edi.

Oradan 3 yil o‘tib, maqsadlarimiz o‘z mevasini berayotganidan xursandman.

Xususan, Myunxen texnika universitetida Germaniyaning nufuzli universitetlari hamda nemis va o‘zbek sanoat korxonalarini birlashtiruvchi xalqaro simpozium o‘tkazildi.

Bunda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, mazkur tadbir doirasida Germaniyaning 5 ta ilg‘or universiteti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, mahalliy sanoat vakillarimiz nemis hamkasblari bilan birgalikda ta’lim borasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi.

Eng quvonarlisi, bu ishlarimiz yoshlarimizning “BMW“, ”Siemens”, “Deloitte”, “Linde”, “Airbus” kabi dunyoning eng rivojlangan sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash, mahalliy sanoat korxonalarimiz esa sohadagi ilmiy yondashuvni talab etadigan masalalarni ilg‘or tajriba asosida hal etish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Germaniyadagi eng yirik madaniy muassasalar va Bavariya parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ular bilan kelishib olingan hamkorlik yo‘nalishlari har tomonlama rivojlanishimizga yo‘l ochadi.

🎗 Ishonchim komil, bu ishlar o‘zining bundanda katta natijasini beradi.

#Germaniya #simpozium #tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Germaniya va Iordaniya universitetlari bilan hamkorlikda seminar-treninglar o'tkaziladi

💫 Xabaringiz bor, "Yangi O'zbekiston" universiteti DAAD loyihasida ishtirok etishi uchun $40,000 miqdorida grant yutib olingan edi.

💥 Loyihadan ko'zlangan maqsad yoshlarga tadbirkorlik bo'yicha eng zamonaviy bilimlarini amaliy tarzda yetkazish hisoblanadi.

🛫Hozirga qadar mashg'ulotlar Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan bo'lib, bu galgi treninglar "Yangi O'zbekiston" universitetida 22–30-aprel kunlari o'tkaziladi.

🤩 Unda Germaniyaning Dresden amaliy fanlar universiteti, Iordaniyaning Germaniya-Iordaniya universiteti va Myunxen texnika universitetining ham ishtirok etadi.

🎗 Barcha qiziquvchilarni, dunyoning eng salohiyatli mutaxassislari ishtirokida o'tkaziladigan seminar-treninglarga taklif qilamiz.

🔁 English

#seminar #Dresden #DAAD #Iordaniya

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti diplomi butun dunyoda tan olinadi!

Universitetimiz ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlaridan hisoblanuvchi Buyuk Britaniyaning “Quality Assurance Agency” (QAA) da a’zolikka kiritildi.

☑️ Ushbu agentlikka Kembridj va Edinburg kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari ham a’zo bo'lib, kelajakda ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bu orqali ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsad qilingan.

💥 Natijada ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘ladi.

🔁 English

#QAA #akkreditatsiya

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹xalqaro olimpiada g‘oliblari;
🔹ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshirish.

🔁 English

#qabul2024 #admission2024 #grantlar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Talabalarimiz Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda

Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari DAAD tomonidan Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.

💫 Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.

💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslariga taklif qilamiz!

💥 Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish istagida bo'lgan barcha OTM rahbarlari va professor-o‘qituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

📍 Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

Unda siz ta’lim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik o‘qitish metodikalari, mustaqil ta’limni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida o'z tajribangizni oshirishingiz mumkin.

🎗 Yana bir quvonarli tomoni mahorat darsida ishtirok etganlarga MIT tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

👉 Mahorat darslarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

❗️Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga ro'yxatdan o'tish tasdiqlangan haqida xabar yuboriladi.

🔁 English

#MIT #mahorat_darslari

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
DAAD loyihasi bo‘yicha seminar-treninglar davom etmoqda!

💫 “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Myunxen texnika universiteti, Dresden amaliy fanlar universiteti va Germaniya-Iordaniya universiteti ishtirokidagi seminarlarning ikkinchi kuni o‘tkazildi.

📚 Talabalar va professor-o‘qituvchilar bugun tadbikorlik ko‘nikmalarini oshirish hamda ushbu soha bo‘yicha magistratura mutaxassisligining innovatsion modulini yaratish ustida ishlarni davom ettirishmoqda.

🎗Yangi O‘zbekston” universiteti yoshlarga yangicha bilim va ko‘nikmalar ulashishda davom etadi.

🔁 English

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM