New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
7.08K subscribers
2.85K photos
353 videos
36 files
1.13K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazildi.

💫 Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi. Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinatAJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMKAJ, “Navoiy KMK” AJO‘zcharmsanoatAJ, “O‘zkimyosanoatAJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishadi.

🏭 Unda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham ishtirok etadi.

🛄 Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.

🔁 English

#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Myunxen texnika universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi

💫"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi davomida Myunxen texnik universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturini kengaytirish muhokama qilindi.

☑️ Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti professorlarini "Yangi O'zbekiston" universitetiga jalb qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi.

➡️Dunyo reytingida 30-o'rinda turuvchi nemis universiteti bilan hamkorlik universitetimizda sifatli ta'lim va yuqori natijalarni ta'minlaydi.

🔁 English

#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi

💫 "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazilib, anglashinuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda ikkala universitet o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishga kelishib olindi.

☑️ Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti Bavariyadagi eng ilg'or universitetlardan hisoblanib, avtomobilsozlik sanoati bilan yaqin aloqalarga ega.

Kelishuvga ko'ra "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot o'tashlari mumkin bo'ladi.

🔁 English

#Memorandum #Ingolshtadt

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mitvayda amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan kelishuv va memorandum imzolandi

🌐 "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyask Mitvayda amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki diplomli magistratura dasturini tashkil etish bo'yicha anglashinuv memorandumi imzoladi.

Unga ko'ra Sanoat boshqaruvi - innovatsiya va biznesni rivojlantirish dasturida talabalar ikkinchi semestrni Germaniyada davom ettiradi.

☑️ Shuningdek, uchrashuvda talabalarga yaratib beriladigan sharoitlar bo'yicha kelishuv imzolanib, ikki diplomli yangi ta'lim dasturlari tashkil etish masalasi muhokama etildi.

🎗 Bo'lajak magistrlarimiz uchun bu kelishuv juda katta imkoniyatlarni ochib berishiga ishonamiz.

🔁 English

#Memorandum #Mitvayda #magistratura

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook