New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.05K subscribers
2.7K photos
343 videos
36 files
1.07K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qo'yildi

Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.

Unda "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi.

Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.

🔁 English

#Mirziyoyev #yangi_kampus

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫 Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Toshkent hududida qurilish ishlari boshlab berilgan “Yangi O‘zbekiston” universitetining zamonaviy kampusi mazkur ko‘rinishda bo‘ladi.

The video shows the modern campus of the New Uzbekistan University, construction works of which have been initiated by the leader of our state in the New Tashkent area.

#Mirziyoyev #yangi_kampus

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli hamkasblar,

Avvalo, barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman hamda sizlarga mana shunday ulugʻ ayyom kunida oʻzimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda muborak Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik va mamnuniyat bilan oʻtkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik va ixlos bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan soʻrab, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

Oʻtayotgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish, koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga begʻaraz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.

Hurmatli ustozlar,

Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Germaniya bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

💫"Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan nemis oliy ta'lim muassasalari va sanoat korxonalari bilan aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida "Roadshow" dasturi va xalqaro simpozium o'tkazish rejalashtirilgan.

"Roadshow" dasturiga ko'ra "Yangi O'zbekiston" universiteti haqida taqdimotlar o'tkazilib, yangi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi.

☑️ Shuningdek, “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkaziladi.

➡️Simpoziumda Germaniyaning eng ilg'or universitetlari va yirik sanoat korxonalari hamda kompaniyalari ishtirok etadi.

🔁 English

#Germaniya #visit

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazildi.

💫 Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi. Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinatAJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMKAJ, “Navoiy KMK” AJO‘zcharmsanoatAJ, “O‘zkimyosanoatAJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishadi.

🏭 Unda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham ishtirok etadi.

🛄 Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.

🔁 English

#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Myunxen texnika universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazildi

💫"Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasi Germaniyaga tashrifi davomida Myunxen texnik universiteti professorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda universitetlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturini kengaytirish muhokama qilindi.

☑️ Uchrashuvda Myunxen texnika universiteti professorlarini "Yangi O'zbekiston" universitetiga jalb qilish masalasiga alohida to'xtalib o'tildi.

➡️Dunyo reytingida 30-o'rinda turuvchi nemis universiteti bilan hamkorlik universitetimizda sifatli ta'lim va yuqori natijalarni ta'minlaydi.

🔁 English

#simpozium #Germaniya #sanoat #ilm_fan

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti bilan anglashinuv memorandumi imzolandi

💫 "Yangi O'zbekiston" universiteti delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi davomida Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazilib, anglashinuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda ikkala universitet o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishga kelishib olindi.

☑️ Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti Bavariyadagi eng ilg'or universitetlardan hisoblanib, avtomobilsozlik sanoati bilan yaqin aloqalarga ega.

Kelishuvga ko'ra "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari Ingolshtadt amaliy fanlar universiteti universitetining yaqin hamkori hisoblanuvchi Audi va BMW kabi korxonalarida amaliyot o'tashlari mumkin bo'ladi.

🔁 English

#Memorandum #Ingolshtadt

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM