New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
5.74K subscribers
2.58K photos
320 videos
36 files
1.01K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
Xabaringiz bor, talabalarimiz chuchuk suvni ichimlik suviga aylantirish texnologiyasi ustida ishlashmoqda

🔬 Kimyo muhandisligi va materiallar texnologiyalari yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar professor Malik Abdul Rehman hamrohligida ushbu texnologiyani takomillashtirish ustida eksperimentlar o'tkazishmoqda.

🧪Mazkur eksperimentlarni o'tkazish uchun hamkor Nazarboyev universitetining Ilg'or nanomateriallar laboratoriyasidan foydalanilmoqda.

🎗Tadqiqot bo'yicha nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etiladi. Talabalarimiz mazkur eksperimentlardan yuqori natija olishiga ishonamiz.

🔁 English

#experiment #lab #NU

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Timur Alixonov bilan ijodiy uchrashuv o'tkaziladi

Hozirda yoshlar orasida ancha faol bo'lgan va ko'plab kuzatuvchilarga ega Timur Alixonov bilan uchrashuvga barcha yoshlarimizni taklif qilamiz.

🌐 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o'tkazilib, unda yoshlar qiziqtirgan savollariga javob olishlari hamda marketing va media sohasida kerakli tavsiyalarga ega bo'lishlari mumkin.

🔁 English

#uchrashuv #ochiq_muloqot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

👩‍💻 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

💫 Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olingan bo‘lib, universitetdan 22 nafar qiz ishtirok etmoqda.

🛫 Unda eng faol qatnashgan qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!

Tanlov doirasida xorijiy va mahalliy spikerlar tomonidan mahorat darslari ham o'tkazilmoqda. Xususan:

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ta'lim sifati va akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i misrlik Islam Elhadary tomonidan “Ayollarning veb dizayn bilan shug‘ullanishi haqida 5 afsona” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🔁 English

#Raqamli_avlod_qizlari

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta'limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, maktablardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

🔁 English

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.