New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.05K subscribers
2.66K photos
337 videos
36 files
1.05K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Talabalar madaniy hordiq olishi uchun teatrga tashrif amalga oshirildi!

Universitet tomonidan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun "O'zbek davlat drama teatri" tomonidan taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishiga tashrif amalga oshirildi.

🎗Koʻpchilik talabalar spektakldan mamnun bo'lib, bu kabi tadbirlarni yanada oshirish tashabbusini bildirishdi.

🔁 English

#talabalik_hayoti #students_life #teatr

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya haqida Times Higher Education jurnalida maqola chop etildi!
#maqola

Xabaringiz bor, joriy yilning 3-6-iyul kunlari universitetda ICISCA 2023 xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur ilmiy konferensiya haqida Times Higher Education jurnalining 25-may kungi No. 2,535- sonida maqola chop etildi.

🔁 English

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda #article #times_higher_education

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
"Yangi O'zbekiston" universiteti talaba-yoshlari oʼrtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va boshqa tashkilot xodimlari universitet mutasaddilari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

☑️ Uchrashuv davomida, bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mafkuraviy tahdidlar va ularni oldini olish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Ma’naviy barkamollikka eltuvchi yo‘ldagi eng asosiy sifatlar va jihatlarga oid tajribaviy-tavsiyaviy xarakterdagi ma’lumotlar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.

📌 Tadbir so‘ngida, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi vakillar atroflicha javob berib, o‘z tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.

🔁 English

#jaholatga_qarshi_marifat #tadbir

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida talabalar bir semestr davomida nechta fanni o‘zlashtirishlari talab etiladi?

Universitetda talabalarga bir semestr davomida 5 tagacha asosiy fanlar o‘qitiladi. Bundan tashqari talabalar o‘z xohishlariga ko‘ra qo‘shimcha tanlov fanlarni ham o‘rganishlari mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quvnoq savol-javoblar

Talabalarning zukkoligini sinash maqsadida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

👉 Videoning davomi YouTube kanalimizda: https://youtu.be/5UfSIsCxbJY

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Ikkinchi imtihon natijalari e’lon qilindi

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 20-may kuni ikkinchi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini veb sahifamiz orqali bilib olishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi havola orqali kirib, pasport yoki ID kartangizning seriya va raqamini kiritishingiz kerak bo‘ladi.

🔗 Veb sahifadan natijalarni bilish: https://newuu.uz/exam-info

❗️Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qo‘shimcha xabar yuboriladi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, universitetga o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

#qabul_2023 #imtihon_natijalari #exam_results

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda GIZ mintaqaviy direktori Joachim Fritz ishtirok etib, quyidagi yo'nalishlardagi hamkorlik muhokama qilindi:

🔹qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
🔹malaka oshirish dasturlarini kengaytirish;
🔹bilim almashish dasturlarini yo'lga qo'yish;
🔹talabalar uchun amaliyot o'tashni tashkil etish.

🎗Qisqa muddatda tomonlar muhokama qilingan yo'nalishlar bo'yicha lohiyalarga start berishga kelishib oldi.

🔁 English

#uchrashuv #meeting #GIZ #Germany

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

👨‍👧‍👦 Bugun xalqaro miqyosda bolalarning beg'uborligi va quvonchini nishonlaydigan hamda ularning huquqlarini himoya qilib, yorqin kelajak ta'minlashimiz kerakligini yana bir bora esga oladigan kundir. #Tabriknoma

🎉 Ushbu quvonchli kun bilan, barcha bolalarni "Yangi O'zbekiston" universiteti jamoasi nomidan tabriklaymiz. Yuzingizdan kulgu, ko'nglingizdan beg'uborlik aslo tark etmasin.

🔁 English

#xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni #InternationalChildrensDay

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Huawei Uzbekistan kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarga “Seeds for the Future 2023” loyihasi uchun tanlov boshlanganini e’lon qiladi!

“Seeds for the Future” — Huawei kompaniyasining raqamli yechimlar va texnologiyalar sohasida mahalliy isteʼdodlarni rivojlantirishga qaratilgan global taʼlim dasturidir.

💥Mazkur tanlovga ”Yangi O‘zbekiston“ universiteti talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashish shartlari va ariza topshirish haqida batafsil havola orqali kirib, tanishib chiqishingiz mumkin.

🗓 Arizalar 15.06.2023 gacha qabul qilinadi.

🔁 English

#tanlov #Huawei

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yilning eng orziqib kutilgan IT tadbiriga taklif etamiz!

💥Yangi O‘zbekiston” universiteti “Google developer” talabalar klubi tomonidan “Google I/O Extended” IT tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda siz ITga doir yangi bilimlar olish hamda o‘z tajribangizni yanada oshirish imkoniga ega bo‘lasiz. Shuningdek, bu tadbirda qatnashish sizga tajribali soha vakillari bilan tanishish va fikr almashish imkoniyatini beradi.

🗓 Sana: 10.06.2023
Vaqti: 11:00 - 16:00
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti
👉 Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

🎗Shoshiling, birinchilardan bo‘lib ro‘yxatdan o‘ting. Joylar soni chegaralangan.

🔁 English

#Google #GDSC

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yangi O‘zbekiston” universitetida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi!

💥 Universitetga qiziqishi yuqori hamda yaqindan tanishish istagida bo‘lgan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etiladi.

“Ochiq eshiklar kuni”da kampus tur, taqdimotlar hamda klublar ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Vaqti: 10-iyun, 09:00-11:00.
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🎗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, joylar soni chegaralangan. Barchangizni “Ochiq eshiklar kuni”da kutib qolamiz!

🔁 English

#OchiqEshiklarKuni #OpenDoorsDay

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari jahonning eng qadimiy va tarixiy-me'moriy obidalarga boy go'zal shaharlaridan biri Buxoro shahriga sayohat qilishdi

Sayohat davomida talabalar "Yetti pir" ziyoratgohiga, Buxoro arkiga hamda boshqa tarixiy qadamjolarga tashrif buyurishdi.

🎗 Sayohat har bir talaba ko'nglida yuksak quvonch hissini uyg'otib, juda katta ma'naviy ozuqa baxsh etdi.

🔁 English

#sayohat #Buxoro

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook