New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
7.36K subscribers
2.9K photos
357 videos
36 files
1.14K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
"Yangi O'zbekiston" universitetida 2023/2024-o'quv yili uchun birinchi qabul imtihoni o'tkazildi

Abituriyentlar bir necha bosqichli tekshiruv jarayonlaridan o'tkazilib, imtihon xonalariga kiritildi. Talabgorlar ko'z o'ngida imtihon savollari joylangan qoplar ochilib, abituriyentlarga tarqatildi.

🎗Imtihon barcha abituriyentlar uchun qizg'in kechdi.

#Imtihon_2023 #exam_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan birinchi qabul imtihoni jarayonlaridan videolavha.

#Imtihon_2023 #exam_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
Germaniya va Iordaniya davlatlarida o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish uchun grant yutib olindi! TUM universitetining “Yangi O‘zbekiston” universitetida noyabr oyida o‘tkazgan o'rganishlariga ko‘ra universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari…
Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya va Iordaniya davlatlarida o‘tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish uchun grant yutib olinganligi haqida xabar bergan edik.

📣📣Ushbu seminarlarda qatnashish istagida bo'lgan “Yangi O‘zbekiston” universitetining barcha talabalari uchun tanlov e’lon qilinadi.

☑️ Tanlovda qatnashish uchun sizdan quyidagilar talab etiladi:
🔹Motivatsion xat yozish (Mavzu: Nega siz ushbu seminarlarda ishtirok etishni istaysiz va bu mahorat darslari sizda kelajakdagi kasbingizga qanchalik foyda beradi? (250-500 so'z))
🔹Akademik ko‘rsatgichlaringiz
🔹Turli startap loyihalari, hakatonlar va konferensiyalarda ishtirok etganligingizni tasdiqlovchi sertifikatlar
🔹Ingliz tilini bilish darajangizni baholovchi sertifikat
🔹Amalga oshirgan loyihalaringiz
🔹Tadbirkorlikni o‘qitishning innovatsion usullari bo‘yicha loyiha taklifi.

Barcha so‘ralgan hujjatlarni topshirish va ro'yxatdan o‘tish muddati 10-martgacha.

📮 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/yhaUj9uv4nnUk7Vt9

👉Batafsil: https://newuu.uz/en/student/icciee


#grant #Germaniya #Iordaniya #tanlov

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Press
#Infografika

📊 “Yangi O‘zbekiston” universitetida fevral oyi davomida o‘tkazilgan muhim voqealar hamda taqdim etilgan axborot.

Summary of events and news at New Uzbekistan University in February, 2023.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Muhandis-ximiklar – bir qator mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqishda ishtirok etadi. Bu sohadagi mutaxassislarning ishi moddaning kimyoviy, biokimyoviy va fizik holatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi, masalan, neftdan plastmassa yasash kabi.

Muhandis-materialshunoslar – ular sanoatning turli yo’nalishlarida ishlashi mumkin. Ushbu sohadagi mutaxassis turli xil materiallar, jumladan, keramika, plastmassa, polimerlar yoki sanoat minerallari bilan ishlashadi.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring:https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #Kimyo_va_materialshunoslik_muhandisligi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Yosh professorlarimiz maqolalari xalqaro jurnallarda chop etilmoqda

🏛 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Sanoat Boshqaruvi yo‘nalishi Professori Doctor Muzaffar Makhmudovning maqolasi Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Cincinnati Universiteti tomonidan chop etiladigan "International Journal of Industrial Engineering" jurnalida chop etildi.

Mazkur maqola “Yetkazib berish xizmatlarida vaqtinchalik hamkorlik uchun tarmoqli dizayn” (Network Design for the Temporal and Spatial Collaboration with Service Class in Delivery Services) sarlavhasi ostida chop etildi.

🎗Professorimiz ilmiy izlanishlarida omad tilab, bundanda yuqori natijalarni kutib qolamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyalik professor Gizem Uzuner bilan intervyu

Ikkinchi semestrdan "Yangi O'zbekiston" universiteti sanoat boshqaruvi yo'nalishi talabalariga biznes bo'yicha dars berishni boshlaydigan turkiyalik professorimiz Gizem Uzuner bilan tanishing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Birinchi imtihon natijalari e'lon qilindi

⚡️ "Yangi O'zbekiston" universitetiga 2023/2024 o'quv yili uchun o'qishga hujjat topshirib, 25-fevral kuni birinchi qabul imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e'lon qilindi.

Imtihon natijalarini veb sahifamiz orqali bilib olishingiz mumkin. Buning uchun siz ruxsatnomada ko'rsatilgan guruh hamda o'riningiz raqamini bilishingiz kerak bo'ladi.

🔗 Veb sahifadan natijalarni bilish: https://newuu.uz/admission/exam-results

📌 Shuningdek, natijalar talabgorlarning elektron pochta manziliga ham yuborildi.

❗️Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlarga o'qishga qabul qilish yuzasidan qo'shimcha xabar yuboriladi.

✔️ Eslatib o'tamiz, universitetga o'qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

#qabul_2023 #imtihon_natijalari #exam_results

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🌹Bayramingiz muborak aziz ayollar!

🌺 Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi begʼubor mushtipar ayol.
Boʼling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir xayol.

🎗 Aziz va mo'tabar ayollar! Sizlarni 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaymiz.

©️"Yangi O'zbekiston" universiteti jamoasi!