New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
6.07K subscribers
2.68K photos
340 videos
36 files
1.06K links
The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz
Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity
Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity
Contact bot: @newuucontact_bot

Contact: 71 2024111
Download Telegram
Zakovat bilimdonlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida!

Bugungi Zakovat o‘yini
oldingilaridan ancha noodatiy tarzda boshlandi. Qiziqarli jihati shundaki, bugungi o‘yin barchamizga mashhur bo'lgan bilimdonlar Jobir Ahmedov hamda Saidkamol Abdurazakovlar tomonidan boshlab berildi.

☑️ Shuningdek, universitet prorektori Baxtiyor Yuldashev ham universitetdagi Zakovat klubi faoliyatini yuqori baholab, talabalarga kelgusi o‘yinlarda ham zukkolik va omad tiladi.

📌 Mazkur o‘yinda zukkolik ko‘rsatib, eng yuqori ball to‘plagan “Interstellar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va turli xil esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔁 English | Russian

#Zakovat #Bilimdonlar #Interstellar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Germaniyaning Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” universitetida

Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga o'qish, tadqiqotlar olib borish hamda ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish kabi ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari o'tkazilishi reja qilingan.

☑️ Shuningdek, tashrifda Myunxen texnika universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda, bunda talabalar kengashi hamda talabalar klublari faoliyati haqida fikr almashilmoqda.

📌 Delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetida 3 kun muddatda bo‘lishi hamda talabalar uchun ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#TUM #Workshops #Mahorat_darslari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from IT-Chempionat
#IT_chempionat

Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun IT chempionati o‘tkaziladi!

📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan tashkil etilayotgan IT chempionatiga barcha talabalarimizni taklif etamiz.
Chempionat universitet doirasida o‘tkazilib, uning har bir bosqichi koordinatorlar tomonidan xolisona nazorat qilib boriladi.

💻 Har bir bosqichda talabalar qo‘lga kiritgan ballari hisoblab borilib, chempionat so‘ngida yuqori eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar talaba qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Mazkur eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar talabaga:
🔹birinchi o‘rin uchun “Senior programmer maqomi hamda noutbuk;
🔹ikkinchi o‘rin uchun
Middle programmer maqomi va planshet;
🔹uchinchi o‘rin uchun
Junior programmer“ maqomi va “HDD” qattiq disk (2TB) topshiriladi.

👉Batafsil

❗️Chempionatda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

▶️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkazilgan Zakovat intellektual o‘yinidan videolavha

The video was shot from the Zakovat intellectual game held at New Uzbekistan University.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
Myunxen texnika universiteti vakillari tomonidan mahorat darslari davom etmoqda

Xabaringiz bor, hozirda Germaniyaning TUM universiteti vakillari “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga mahorat darslari o‘tish uchun kelishgan.

☑️ Talabalarga quyidagi mavzularda mahorat darslari tashkil etilmoqda:

🔹muvaffaqiyatli ta’lim olish qobiliyati,
🔹qanday o‘rganishni bilishning muhimligi,
🔹muammoni hal qilishda muloqotning ahamiyati.

🔁 English | Russian

#TUM #Workshops #Mahorat_darslari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook