Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.13K subscribers
5.02K photos
493 videos
14 files
1.57K links
Download Telegram
🌳 Prezident maktabida ham “Yashil makon” loyihasi davom etdi...

Navoiy shahridagi Prezident maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘quvchi yoshlar tomonidan nek niyat va pok umidlar bilan daraxtlar ko‘chatlarini ekishga alohida e'tibor qaratildi va bu jarayon ko‘pchilikning e'tiborini tortdi.
Negaki, maktabning har bir o‘quvchisi o‘z qo‘llari bilan bilan o‘z daraxtini belgilangan yerlarga o‘tqazar ekan, ushbu nihollarni doimiy ravishda parvarishlashni ham o‘z zimmalariga oldilar.
Umid qilamizki, bugun mana shunday muqaddas ilm dargohida o‘qish baxtiga muyassar bo‘lgan aziz farzandlarimiz kelgusida albatta ulkan chinorlar bo‘lib voyaga yetajaklar!

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👲🏼 Navoiy shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan yoshlar uchun sportning bir qator turlari bo'yicha tadbirlar tashkil etildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
🔰 PREZIDENT MAKTABIDA KREATIV LOYIHALAR
TAQDIMOTI START OLDI

⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida o'quvchi yoshlar tomonidan kreativ loyihalar ilgari surilmoqda. Jumladan, "Student Union" lideri, mavjud 4 partiyaning maktab Kengashi, maktab yoshlar Prezidenti “lavozimi”ni tashkil etish yuzasidan tashabbuskor, ilg'or o'quvchi-yoshlar o'z tavsiyalarini maktab jamoasi bilan o'rtoqlashdilar. Loyiha doirasida joriy o'quv yili uchun "Student Union" liderligi hamda maktab yoshlar Prezidentligiga 4 ta partiyaning “maktab Kengashi”dan ko'rsatilgan 4 nafar nomzodlar o'z dasturlarini maktab ustozlari va o'quvchilariga taqdim etdilar.
Partiyalarning “Maktab Kengash”laridan Maktab yoshlari Prezidentligiga ko'rsatilgan nomzodlar saylovoldi dasturlari targ'ibot-tashviqot ishlari juda qizg'in start oldi. Nomzodlarning dasturlaridan o'quvchi yoshlarning muammolarini, talab va takliflarini, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash kabi masalalar asos oldi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi

🇺🇿 18 noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun.

🗣 Navoiy Prezident maktabida tonggi "Speech-time" jarayoni, O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan, “Bayrog'im–iftixorim” nomli rasmiy-badiiy tadbir bilan boshlandi. Tadbir boshida yangragan madhiyamiz jarangi ishtirokchilarning yuraklarida uyg'ongan faxr, shukronalik kayfiyatiga ulanib ketdi. Maktab direktori D.T.Tuxfatullinaning kirish va tabrik so'zlari, o'qituvchi va o'qituvchilarning bayrog'imiz haqidagi go'zal she'rlari tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram|Facebook